346
Mazkur paragraf bo„yicha umumiy xulosalar:
1.
O„zbekistonda dastlabki vaqtlardan (2008-2013 yillarda) 3 ta EIH “Navoiy”,
Angren” va “Jizzax” EIHlari tashkil etilib, ularni rivojlantirish bo„yicha ma‟lum
sinov, tajriba va yutuqlar qo„lga kiritildi. Ushbu har bir EIHni tashkil etishning o„ziga
xos
asoslari, shart-sharoitlari, imkoniyatlari va ehtiyojlari mavjud bo„lib, bularning
barchasi mazkur EIHlarning rivojlanishida kompleks ta‟sir kzrsatish imkoniga ega.
2.
O„zbekistonda tashkil etilgan “Navoiy”, Angren” va “Jizzax” EIHlarida
xorijiy investitsiyalarni
faol jalb etish, yangi ish o„rinlarini yaratish, hudud ishlab
chiqarish va eksport salohiyatini oshirish maqsadida
bir qator soliq va bojxona
imtiyozlari taqdim etildi. Biroq, amalda yaratilgan qulaylik va imtiyozlarga qaramay
mazkur EIHlarga investitsiyalarni jalb etish, ish o„rinlarini yaratish, ishlab chiqarish
va eksport hajmini oshirish talab darajasida bo„lmadi. Ayrimlari, hatto, importga
bog„liq loyihalarga suyanib qoldi.
3.
O„zbekistonda tashkil etilgan “Navoiy”, Angren” va “Jizzax”
EIHlari bir
qator davlatlar tajribalarini o„rganish asosida tashkil etilgan bo„lsa-da, ulardagi
mavjud muammolar bir qator masalalarning hal etilishi bilan bog„liq holda ko„zga
tashlanib qoldi. Jumladan,
qulay infratuzilmaning, xorijga chiqish-kirish viza rejimi
zarurligi, ma‟muriy va bosqa to„siqlarni bartaraf etish,
tashqi iqtisodiy faoliyat
erkinligining huquqiy asoslarini takomillashtirish eng muhim masalalardan
hisoblanadi.
Nazorat uchun savollar:
1.
O„zbekistonda “Navoiy”, Angren” va “Jizzax” EIHlari qachon va nima
maqsadlarda tashkil etildi?
2.
O„zbekistonda tashkil etilgan “Navoiy”, Angren” va “Jizzax” EIHlarining
faoliyat yo„nalishlari nimalardan iborat?
3.
O„zbekistonda tashkil etilgan “Navoiy”, Angren” va “Jizzax” EIHlarida
qanday soliq, bojxona va ma‟muriy imtiyozlar berilgan?
4.
O„zbekistonda tashkil etilgan “Navoiy”, Angren” va “Jizzax” EIHlari
faoliyatida qanday muammolar kuzatildi?
5.
O„zbekistonda tashkil etilgan “Navoiy”, Angren” va “Jizzax” EIHlari
faoliyatini takomillashtirish bo„yicha qanday chora-tadbirlar amalga oshirildi?
6.
O„zbekiston
Respublikasi
Davlat
investitsiya
dasturida
EIHlarni
rivojlantirishga doir qanday loyihalar amalga oshirilmoqda?
Dostları ilə paylaş: