Эркин иқтисодий ҳудудлар



Yüklə 5,21 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə236/281
tarix15.07.2023
ölçüsü5,21 Mb.
#136620
1   ...   232   233   234   235   236   237   238   239   ...   281
ERKINIQTISODIYHUDUDLAR


Lizing
(ingl. lease foydalanish) – 1) mashina, asbob-uskuna, transport 
vositalari, ishlab chiqarish inshootlarini uzoq muddatli ijaraga olish; uzoq muddatli 
foydalaniladigan tovarlar eksportini kreditlashning shakllaridan biri; 2) ijara 
munosabatlarining alohida turi bo„lib, unda bir taraf (lizing beruvchi) ikkinchi 
tarafning (lizing oluvchining) topshirig„iga binoan uchinchi tarafdan (sotuvchidan) 
lizing shartnomasida shartlashilgan mol-mulkni (lizing obyektini) mulk qilib sotib 
oladi va uni shu shartnomada belgilangan shartlarda haq evaziga egalik qilish va 


367 
foydalanish uchun lizing oluvchiga o„n ikki oydan ortiq muddatga beradi. 
Lizing to„lovlari 
– lizing beruvchining lizing obyektini olish uchun qilgan 
xarajatlarining hammasi yoki ko„p qismi, shuningdek, lizing obyektini yetkazib 
berish va belgilangan maqsadda foydalanish uchun uni yaroqli holga keltirish bilan 
bog„liq bo„lgan boshqa xarajatlari lizing oluvchi tomonidan qoplanishi hamda lizing 
beruvchining daromadi. Lizing to„lovlari shartnomaning butun amal qilish muddatiga 
taqsimlanadi va bo„lib-bo„lib to„lanadi. Lizing to„lovlarining miqdorlari va davriyligi 
lizing shartnomasi bilan belgilanadi. 
Lizing obyektlari 
– tadbirkorlik faoliyati uchun foydalaniladigan iste‟mol 
qilinmaydigan har qanday ashyolar, shu jumladan, korxonalar, mulkiy komplekslar, 
binolar, inshootlar, uskunalar, transport vositalari hamda boshqa ko„char va ko„chmas 
mulklar. 
Litsenziya 
– u yoki bu mahsulotni tayyorlash, xo„jalik ishlab chiqarish va ilmiy 
faoliyatning turini amalga oshirish, mahsulotning ma‟lum bir turi va miqdorini 
eksport yoki import qilishga davlat yoki boshqaruv mahalliy organlarining rasmiy 
ruxsati. 

Markaziy bank
– mamlakatning pul belgilarini emissiya qilish (pul bosib 
chiqarish) va tijorat banklari faoliyatini nazorat qilish huquqi berilgan bosh davlat 
banki. Markaziy bank «banklarning banki» bo„lib, pul muomalasini tartibga solishda 
va budjetni boshqarishda davlatga va hukumatga yordam beradigan organ 
hisoblanadi. 

Yüklə 5,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   232   233   234   235   236   237   238   239   ...   281




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin