Эркин иқтисодий ҳудудлар



Yüklə 5,21 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə43/281
tarix15.07.2023
ölçüsü5,21 Mb.
#136620
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   281
ERKINIQTISODIYHUDUDLAR

2.2-jadval. 
O„zbekistonda hududlarning yetakchi tarmoqlari va potensial investitsiya 
 takliflari
32
Hududlar 
Mavjud yetakchi va ilg„or 
tarmoqlar 
Xorijiy investitsiya 
kiritilishi mo„ljallangan 
ustuvor tarmoqlar 
Andijon 
Qishloq xo„jaligi, avtomobil sanoati, 
mashinasozlik, to„qimachilik, turizm 
To„qimachilik, ipakchilik, 
kimyo, bog„dorchilik 
Buxoro 
Neft va gaz, to„qimachilik, qurilish 
materiallari, turizm 
To„qimachilik, qurilish 
materiallari, chorvachilik 
Farg„ona 
Qishloq xo„jaligi, neft-gaz, kimyo 
(neft kimyosi), to„qimachilik, 
mashinasozlik, oziq -ovqat, qurilish 
materiallari, turizm 
To„qimachilik, ipakchilik, 
oziq-ovqat, bog„dorchilik 
Jizzax 
Qishloq xo„jaligi, kimyo, 
mashinasozlik 
Qurilik materialallari, oziq-
ovqat, kimyo, 
bog„dorchilik, baliqchilik 
Qoraqalpo-
g„iston 
Respubli-
kasi 
Energetika, neft kimyosi, kimyo, kon-
metallurgiya 
To„qimachilik, baliqchilik 
Xorazm 
Qishloq xo„jaligi, yengil sanoat, oziq-
ovqat, qurilish materiallari, 
mashinasozlik, turizm 
To„qimachilik, gilamchilik, 
baliqchilik 
Namangan 
Qishloq xo„jaligi, yengil sanoat, 
to„qimachilik, mashinasozlik 
To„qimachilik, ipakchilik, 
qurilish materiallari, oziq-
ovqat 
Navoiy 
Kon-metallurgiya, kimyo, qurilish 
materiallari, mashinasozlik, 
to„qimachilik 
Kimyo, qurilish 
materiallari, energetika, 
to„qimachilik 
32
O„zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo„mitasi ma‟lumotlari asosida ishlab chiqildi. 


64 
Samarqand 
Qishloq xo„jaligi, xalq iste‟mol 
tovarlar ishlab chiqarish, 
to„qimachilik, mashinasozlik, qurilish 
materiallari, kimyo, elektrotexnika, 
turizm 
To„qimachilik, oziq-ovqat, 
kimyo, bog„dorchilik 
Sirdaryo 
Qishloq xo„jaligi, oziq-ovqat, 
to„qimachilik, yengil sanoat, turizm 
To„qimachilik, mebelsozlik, 
farmasevtika, energetika 
Surxondaryo 
Qishloq xo„jaligi, neft va gaz, qurilish 
materiallari, yengil sanoat, oziq-ovqat, 
mashinasozlik, turizm 
To„qimachilik, oziq-ovqat, 
tog„-kon sanoati 
Toshkent 
shahri 
To„qimachilik, yengil sanoat, kimyo, 
farmasevtika, qurilish materiallari, 
turizm, oziq-ovqat, mashinasozlik 
Elektrotexnika, 
mashinasozlik, 
to„qimachilik, qurilish 
materiallari, kimyo, 
farmasevtika 
Toshkent 
viloyati 
Yengil sanoat, rangli metallar, qurilish 
materiallari, kimyo, yoqilg„i-
energetika 
Oziq-ovqat, kimyo, rangli 
metallurgiya, tog„-kon, 
energetika, farmasevtika 
Qashqadaryo 
Qishloq xo„jaligi, to„qimachilik, neft-
gaz, qurilish materiallari, 
mashinasozlik, yengil sanoat, oziq-
ovqat 
To„qimachilik, oziq-ovqat, 
tog„-kon sanoati, 
parrandachilik 
O„zbekistonda EIHlarni rivojlantirishda chet el investitsiyalarni ushbu jarayonga 
faol jalb qilishga ustuvor ahamiyat berilmog„i lozim. EIHlarning mamlakatning 
iqtisodiy o„sishiga erishishidagi ishtirokini oshirishda, ish bilan bandlik, mahalliy 
xomashyolarga tayangan holda tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish va xorijga eksport 
qilish, mamlakatning valyuta va to„lov balansini mustahkamlash, tashqi savdo, 
innovatsion texnologiyalar bo„yicha aloqalarini rivojlantirishda xorijiy investitsiyalar, 
jumladan, to„g„ridan-to„g„ri xorijiy investitsiyalarni EIHlarga jalb etish hajmini 
yanada ko„paytirish, ular yo„nalishini va tuzilmasini to„g„ri tanlash ham muhim 
ahamiyat kasb etadi. Investitsiyalash uchun taklif etilayotgan loyihalar, shunday 
ishlab chiqarish turlari va korxonalari tezda o„zini qoplab, yuqori darajada iqtisodiy 
va texnologik samara keltirishiga erishish lozim. Bunday holatda investitsiyaning 
tezda qaytarilishi va qanchalik samaradorligi muhim ahamiyat kasb etadi. Bu 
investistion jarayonni jonlantirish uchun turtki berish, keyinchalik esa investitsiyalash 
uchun afzal tarmoqlar va xo„jalik yuritish subyektlarini tanlashga imkoniyat yaratish 
mumkin. 
 
O„zbekistonda bozor iqtisodiyotining shakllanishi hududlarda qulay investitsiya 
muhitini, bir qator makroiqtisodiy omillarini keskin darajada kuchaytirilishini taqozo 
etadi. Bu sohada ro„y berayotgan jarayonlar voqealarning shiddatli almashinuvi bilan 
izohlanadi. Hududlarning iqtisodiy o„sishini va qulay investistion muhitni yaratish va 
qo„llab-quvvatlash, jadallashtirishda hal qiluvchi rolni ishlab chiqarish investitsiyalari 
o„ynashi kerak.


65 
EIHlar hududlarning mavjud imkoniyatlaridan samarali foydalangan holda uni 
yanada rivojlantirishga xizmat qilmog„i lozim. Faqat investitsiyalar bazasidagina 
asosiy kapitalni yangilash hamda shu asosda ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish 
va sifatini yaxshilash evaziga mahsulotning raqobatbardoshligini oshirish mumkin. 
Bunda EIHlar muhim omil bo„lib xizmat qiladi. 

Yüklə 5,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   281




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin