317
mamlakatlar uchun qo„shimcha foyda xorijiy sarmoyalarni jalb qilish,
daromadlarni
oshirish, yangi ish joylarini yaratishdir, bu esa, umuman olganda, milliy
iqtisodiyotning rivojlanishiga
yordam beradi
98
.
Jahon amaliyotida offshor hududlarning quyidagi turlari amal qiladi:
1. Klassik offshor hududlar. Bu hududlarda korxonalar soliqlar va moliyaviy
hisobotlardan ozod etilgan bo„ladi.
2. Soliq yuki past bo„lgan offshor hududlar.
3. Korxonalarni ro„yxatdan o„tkazish, biznesni yuritish va soliq to„lovi bo„yicha
ayrim imtiyozlarga ega offshor hududlar.
Klassik offshor hududlar va soliq yuki past bo„lgan offshor hududlarga
investorlar va tadbirkorlar intilishi nisbatan kuchli hisoblanadi, biroq, klassik offshor
hududlar ular ichida eng jozibalisi hisoblanadi.
Masalan, klassik offshor hududlarga Bagama, Panama, Virgin orollari va boshqa
offshor zonalarni misol qilib keltirish mumkin.
Quyida eng rivojlangan offshor hududlar va ular tarkibidagi klassik offshor
hududlar to„g„risidagi ma‟lumotlar keltirilgan:
Izoh:
(OFF)
– bu belgi bilan klassik offshor hududlar belgilangan.
Soliq yuki past bo„lgan offshor hududlarga Vengriya, Kipr va shu kabi offshor
hududlarni misol qilib keltirish mumkin.
98
http://deduhova.ru/blog/wp-content/uploads/2016/07/Offshors2.jpg
Avstriya
Angliya (OFF)
Bagam orollari (OFF)
Beliz (OFF)
Belgiya
Britanskie Virginskie ostrova (OFF)
Buyuk Britaniya
Vengriya
Germaniya
Gibraltar
Gollandiya
Gonkong
Daniya
Dominika (OFF)
Irlandiya
Kipr
Latviya
Lixtenshteyn
Lyuksemburg
Mavrikiy (OFF)
Madeyra
Malta
Marshall orollari
Yangi Zelandiya
OAE
Ostrov Djersi (OFF)
Ostrov Men (OFF)
Ostrov Nevis (OFF)
Terks i Kaykos oroli (OFF)
Panama (OFF)
Samoa (OFF)
Seyshel oroli (OFF)
Shveytsariya
Urugvay
Estoniya
318
Offshor hududda ro„yxatga olingan, soliq va boshqa imtiyozlar olishga nomzod
bo„lgan kompaniyalarga qo„yiladigan asosiy talab –
offshor markaz joylashgan
davlatning rezidenti bo„lmaslik va bu davlat hududida daromad olmaslikdir. Soliq
gavanlarining offshor hududlardan farqi shundaki, u yerda barcha firmalar (xorijiy
firmalar ham, mahalliy firmalar ham) faoliyatning barcha turlari yoki ba‟zi turlari
bilan shug„ullanishda imtiyozlarga ega bo„ladilar. Hozirgi paytda jahonda 300 dan
ortiq offshor markazlar mavjud. Ulardan 70 tasi soliq gavanlari hisoblanadi.
Offshor hududlari offshor kompaniyalarning ma‟muriy
sharoitlarida, talablarga
javob berishda, soliqlarga va boshqalarga juda katta ta‟sir ko„rsatishi mumkin.
Shuning uchun, offshor kompaniya tomonidan offshor hududi ro„yxatga olish uchun,
muayyan turdagi biznes uchun, alohida offshor sxemasi uchun va ba‟zan,
muayyan
moliyaviy operatsiyalar uchun tanlangan.
Offshor hududni tashkil etgan davlat uchun offshor hududlarning qiymati juda
katta. Davlatlar boshqa mamlakatlarning aholisi tomonidan qo„shimcha moliyaviy
daromad olishadi, ya‟ni aslida ular
hech qanday foyda keltirmaydi, chunki, offshor
tuzilmalar o„z faoliyatini xorijiy manbalardan moliyalashtiradi, chet elda ishlaydilar,
biroq, ayni paytda ular kapitalini offshor yurisdiktsiyalarga jamlaydi, kichik hajmda
bo„lishiga qaramasdan, ichki infratuzilmani rivojlantirish, aholi bandligini ta‟minlash,
offshor hudud iqtisodiyoti rivojiga ta‟sir ko„rsatishga qodir hamda o„z biznesini
rivojlantirish va himoyalashga erishadilar.
Dostları ilə paylaş: