Эркин иқтисодий ҳудудлар



Yüklə 5,21 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə208/281
tarix15.07.2023
ölçüsü5,21 Mb.
#136620
1   ...   204   205   206   207   208   209   210   211   ...   281
ERKINIQTISODIYHUDUDLAR

Tayanch iboralar: 
Erkin iqtisodiy hududlar, offshor hududlar, offshor markazlari, investor, soliq 
rejimi, aktiv, sug„urta, bank, pul, eksport, import. 
Mazkur paragraf bo„yicha umumiy xulosalar: 
1.
Offshor hududlar o„zida dunyo moliyaviy operatsiyalarining yarmidan ortig„ini, 
katta investitsiya, bank aktivlarini jamlaganligi bilan ajralib turadi. Bugungi kunda 
bunday offshor hududlar G„arbiy Yevropada keng tarqalgan. Ular xorij tadbirkorlarini 
o„zining qulay valyuta-moliyaviy qonunchiligi, soliqqa tortishning imtiyozli xarakteri
bank va tijorat sirlarining yuqori darajadaligi bilan o„ziga jalb qiladi. 
2.
Xalqaro offshor biznesini yurituvchi yetakchilarga Men, Buyuk Britaniyadagi 
Gernsi va Djersi, Vengriya, Irlandiya, Kipr, Lixtenshteyn, Lyuksemburg, Malta, 
106
Логинов Б.Б. Международный банковский бизнес. Мировая экономика и международный бизнес. – М.: 2005. 
– 504 с. 


332 
Monako, Shveytsariya va boshqalar kiradi. Dunyodagi eng mashhur 34 ta offshor 
hududlarda 32 trln. AQSh dollariga teng aktivlar joylashtirilgan. Bu esa ularning 
qanchalik katta moliyaviy-iqtisodiy salohiyatga ega ekanligini ko„rsatadi. 
3.
Offshor hududlar yuridik va jismoniy shaxslar kapitalini qanchalik o„ziga 
jalb etmasin, uning ijobiy tomonlari bilan birga salbiy jihatlari ham mavjudligini 
unutmaslik lozim. Masalan, yashirin iqtisodiyotni qo„llab-quvvatlashi, kapitalning
eng avvalambor, chayqovchilik kapitalining katta hajmda to„planib qolishligi, alohida 
kompaniyalarga oqlanmagan raqobat ustunliklarini berish shular jumlasidandir. 
Nazorat uchun savollar: 
1.
Offshor hududlarning afzalliklari nimalardan iborat? 
2.
Offshor hududlarning salbiy jihatalari nimalardan iborat? 
3.
Offshor hududlarning turli xizmatlar, aktivlar va investitsiyalarni o„zida 
jamlashida nimalar sabab bo„ladi? 
4.
Dunyodagi eng yetakchi offshor hududlar sifatida qaysi hududlarni keltira 
olasiz? 
5.
Offshor hududlar bilan bog„liq turli yo„qotishlar haqida qanday fikrdasiz? 
6.
O„zbekistonda offshor hududini tashkil etish masalasiga qanday qaraysiz? 

Yüklə 5,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   204   205   206   207   208   209   210   211   ...   281




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin