Erkin kurash federatsiyasi



Yüklə 264,9 Kb.
səhifə2/6
tarix22.12.2022
ölçüsü264,9 Kb.
#77366
1   2   3   4   5   6
kurash

I BOB. KURASH TARIXI
1.1 ERKIN KURASHNING PAYDO BO’LISHI VA RIVOJLANISH

Shubhasiz, kurash – bu XX asrda sayyoramiz sport hayotidagi o’ziga xos va ajoyib xodisalaridan biri. Bu haqida kurash turlarining xilma-xilligi va butun dunyoda mislsiz mashhurligi dalolat beradi. Kurash alohida fenomen sifatida bir qator fanlarning e’tiborini o’ziga qaratgan, bular qatorida tibbiyot, pedagogika, psixologiya, biologiya, anatomiya, falsafa, sostiologiya va tarix.


Zamonaviy kurash tarixiy ildizlarining tahlilida ushbu sohaning etakchi mutaxassislari (N.M. Galkovskiy, A.Z. Katulin, N.G. Chionov, N.N. Sorokin,R. Petrov; o’zbek olimlari: A.K.Atoev, F.A.Kerimov, N.A.Tastanov, R.S.Salomov, R.D.Xolmuxamedov) kurash ibtidoiy-jamoa tizimi davrida yashash uchun kurash vositasi sifatida paydo bo’lgan deb ta’kidlaydilar. Mehnat qurollari paydo bo’lishi va ularning murakkablashib borishi jamiyatning har bir a’zosiga yangi talablar qo’yib kelgan. Yangi harakatlarni mukammal o’rganishi uchun inson o’z tanasini maxsus tayyorlash zaruriyati paydo bo’ldi. Epchillik, kuch va boshqa jismoniy fazilatlarini sinash uchun o’yinlar va yakkakurashlar uyushtirilgan.
Arxeologik qazilmalar, adabiy manbalar dalolat berishicha, stivilizastiya rivojlanish davrida kurash etakchi o’rinni egalladi. Uning geografik tarqalishi ko’zga ko’rinarli bo’lib, Ximalay tog’larining g’arb tomonidan sharqiy O’rta er dengizi xududlarigacha, Qadimiy Grestiyadan Afrika qit’asigacha cho’zilgan.
Tarixiy manbalarda kurash haqida birinchi aniq ma’lumot m.a. 3 asrga tegishli. Qadimiy Misrda Beni Xasan dahmasida (ma. 2600 y.) kurashning zamonaviy sport texnikasiga o’xshash kurash usullarini tasvirlovchi 400 tadan ortiq rasmlar topilgan. Kurashning haqiqiy rivojlanishi Qadimiy Grestiya davriga tegishli Palestra deb nomlangan maxsus maktablarda o’g’il bolalar va o’smirlar tajribali murabbiylar rahbarligida kurashning turli usullarini o’rganganlar. Ilk davrda grek kurashi kuch xarakteriga ega bo’lgan, bellashuvlar uzoq vaqt davom etgan. Ilk bor kurash bo’yicha musobaqalar qoidalari Afina shahrining asoschisi Tezey

tomonidan sharhlangan. Qoidalarga muvofiq kurash faqat tik oyoqda o’tkazilgan; g’olib kurashchi o’z raqibini erga 3 marta qulatishi kerak edi; vazn bo’yicha tabaqalanish bo’lmagan.


Grek madaniyatining inqiroz davrida va rim hokimligi davrida kurash Italiya va Franstiyada saqlanib kolgan, u erda kurashni keltlar o’zlashtirib, Evropaga keng tarqatgan. 18 asr oxiri-19 asrning boshida Evropada zamonaviy klassik kurash shakllana boshladi. Uning asosiy tamoyillari Franstiyada shakllangan, u erda kurash texnikasini o’rganish bo’yicha birinchi qo’llanmalr nashr etilgan va musobaqalarning ma’lum qoidalari qabul qilingan. 19 asrning o’rtasida klassik kurash Amerikaga olib kelingan va u erda yangi yo’nalishda rivojlana boshlagan: yangi usullar ishlab chiqilgan, ularda oyoqlarni qo’llar bilan ushlash, oyoqdan chalishni qo’llash, siltab tortish va oyoq bilan boshqa harakatlar ruxsat etilgan. Sport kurashining ushbu turi “erkin amerika kurashi” deb nomlangan. Kurashning ushbu turi ko’pgina tarafdorlarga ega bo’lib, 1904 yilda Olimpiya o’yinlari dasturiga kiritilgan.
Erkin amerika kurashi Olimpiya o’yinlarida o’z nufuzi va o’rniga ega bo’lganligi sababli, 1944 yilda Tbilisi shahrida eng yaxshi sovet murabbiylari va sportchilari to’planganlar, ular oldida ushbu kurash turini egallash maqsad qilib qo’yilgan edi. 1945 yilda terma jamoani tuzish va Olimpiya o’yinlariga tayyorgarlik maqsadida ilk bor sobiq ittifoq chempionati o’tkazildi. O’sha yildan boshlab, doimiy tarzda erkin kurash bo’yicha umumittifoq musobaqalari o’tkaziladi: 1953 yildan – o’smir o’g’il bolalar o’rtasida umumittifoq musobaqalari:1955 yildan – qishloq sportchilari o’rtasida musobaqalar. 1956 yildan erkin kurash sobiq ittifoq halqlar spartakiadasi dasturiga kiritilgan, keyinchalik Umumittifoq yoshlar o’yinlari va Umumittifoq maktab bolalar spartakiadasi dasturiga kiritilgan.
Qadimgi dunyo haykaltaroshlari kurash bellashuvlaridan parchalarni tasvirlaganlar. Bu bellashuvlarda kurashchilar oyoqlardan ushlashlar bilan bir qatorda oyoqlar yordamida bajariladigan harakatlardan foydalanganlar.
Zamonaviy erkin kurash, mutaxassislarning fikricha, Angliyada shakllangan. XVIII asrdanoq bu erda shunday kurash varianti mavjud bo'lganki, bunda kurashchilarga hujum vositalarini tanlashda keng imkoniyat berilgan.
XIX asr Evropada professional kurashning jadal rivojlanish asriga aylandi. Sportdagi professionalizm Amerikani ham egalladi. Kurash serdaromad mashg'ulotga aylandi. SHimoliy Amerikada erkin kurashni targ'ib qiluvchi yoshlar sport to'garaklari paydo bo'la boshladi. Kurash insonni har tomonlama rivojlantiruvchi hamda qiziqarli va tomoshabop sport turiga aylandi.
1904 yilda AQSHda o'tkazilgan uchinchi Olimpiya o'yinlarida amerikaliklar mezbon sifatida o'z huquqlaridan foydalanib, birinchi bor olimpiya dasturiga yunon-rum kurashi o'rniga erkin kurash musobaqalarini kiritdilar. Biroq boshqa davlatlar vakillari bu musobaqalarda ishtirok etmadilar, chunki hamma ishtirokchilar bitta mamlakat - AQSH vakillari edi. Keyingi Olimpiya o'yinlari (1908 y.) dasturida ikkita kurash turi bor edi. Biroq V Olimpiya o'yinlarida (SHveciya, 1912 y.) tashkilotchilar erkin kurashni Olimpiya dasturiga kiritmadilar va sportchilar yunon-rum kurashi musobaqalarida qatnashdilar.




Yüklə 264,9 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin