Erkin kurash federatsiyasi


ERKIN KURASH MUSOBAQALAR O’TKAZISH TARTIBI VA NATIJALARI



Yüklə 264,9 Kb.
səhifə3/6
tarix22.12.2022
ölçüsü264,9 Kb.
#77366
1   2   3   4   5   6
kurash

1.2. ERKIN KURASH MUSOBAQALAR O’TKAZISH TARTIBI VA NATIJALARI
Erkin kurash 1904 yilda amerika shahri Sent–Luisda o’tkazilgan 3-Olimpiya o’yinlari dasturiga kiritilganidan keyin xalqaro sahnaga chiqdi. Bu AQSh kollejlari va universitetlarining yoshlari o’rtasida keng tarqalgan amerika erkin kurashi edi. O’sha davrda xalqaro musobaqalar Xalqaro Olipiya qo’mitasi, hamda mestenatlar yordamida o’tkazilgan, chunki turli mamlakatlar kurashchilarini birlashtiradigan yagona tashkilot yo’q edi. 1912 yilda Italiya, Shvestiya va Shveystariya tashabbusi bilan Havaskorlar o’rtasida kurash bo’yicha musobaqalar o’tkazish xalqaro qo’mitasi tashkil etildi. Bu qo’mita 1921 yilda Kurash havaskorlari Xalqaro federastiyasiga (FILA) aylantirildi.
FILA faoliyati davomida uning prezidentlari bo’lganlar:

2013 yildan FILA faoliyatini xalqaro sport harakatining vakili Nenad Lalovich boshqargan (Serbiya). Hozirgi vaqtda FILA boshchiligida quyidagi musobaqalar o’tkaziladi:


1. Olimpiya o’yinlari.
2. Jahon chempionatlari:
a) kadetlar o’rtasida;
b) o’smirlar o’rtasida;
v) yoshi katta faxriylar o’rtasida;
g) ayollar o’rtasida;

3. Evropa chempionatlari:


a) o’smirlar o’rtasida;
b) qizlar o’rtasida;
v) kattalar o’rtasida;
4. Jahon kubogi.
5. Evropa chempionlar kubogi.
6. Chempionatlar:
a) Osiyo mamlakatlari;
b) Panamerika o’yinlari;
v) Afrika mamlakatlari;
g) Okeaniya davlatlari;
7. Jahon yulduzlari matchi.
8. Butunjahon talabalar o’yinlari.
9. Xalqaro turnirlar Gran-pri 8ta davlatlarda.
10. Xalqaro turnirlar:
a) ayollar o’rtasida-3;
b) kadetlar o’rtasida-2;
v) o’smirlar o’rtasida-3;
g) kattalar o’rtasida-22;
Xozirgi vaqtda FILA a’zoligida 135 davlat va xududlarning milliy federastiyalari. FILAning rasmiy tillari: ingliz va franstuz tillari. FILA Xalqaro Olimpiya qo’mitasi, Jismoniy tarbiya va sport xalqaro kengashi bilan doimiy hamkorlikda.
Federastiya maqsadlari: kurashning barcha usullarini dunyo mamlakatlarida rivojlanishini rag’batlantirish, qo’shilgan assostiatsiyalarda xavaskor kurashni nazorat qilish, Olimpiya o’yinlari, jahon chempionatlari, qit’alar va mamlakatlar o’rtasidagi musobaqalarda qoidalar va nizomga rioya qilish ustidan nazorat, Xalqaro Olimpiya qo’mitasida xavaskor kurash vakilligini amalga oshirish va uning manfaatlarini himoya qilish. FILAning oliy organi – bu kongress, ikki yilda bir marta o’tkaziladi. Kongressda byuro a’zolari saylanadi, FILA nizomi va qoidalari tasdiqlanadi, hamda byuroning qarorlari qabul qilinadi. Shu bilan birga jahon chempionati, qit’a va mamlakatlararo musobaqalarning o’tkazish joyi aniqlanadi, xalqaro hakamlar ro’yxatlari tasdiqlanadi. Kongresslar o’rtasidagi davrda FILA rahbariyati yiliga bir marta chaqiriladigan byuro faoliyatini amalga oshiradi.
Federastiya har qanday siyosiy, irqiy va diniy diskriminastiyaga qarshi chiqadi. Kurash qoidalarini modernizastiya va mukammalashtirishga FILA katta e’tibor qaratadi, chunki qoidalar kurash xarakterini, uning intensivligini belgilaydi, taktik va texnik yo’naltirilganini ta’kidlaydi.
Erkin kurash zamonaviy Olimpiya o’yinlarining dasturiga birdan kirib kelmagan. 1896-1900 yy. Olimpiya turnirlarida faqat klassik usul kurashchilari qatnashib kelaganlar, 1904 yilda – erkin usul kurashchilari, 1908 yilda ikkala usul kurashchilari, 1912 yilda yana faqat “klassiklar”, 1920 yildan boshlab kurashning ikkala turi ham Olipiadalar dasturiga doimiy kirib kelgan.
Erkin kurash vakillari qatnashadigan vazn toifalari miqdori ham birdaniga belgilanmagan. Sent –Luisda (1904y.) chempionlar unvoni 7 ta vazn toifasida o’ynalgan, Londonda (1908y.) – 8ta, Antverpenda (1920y.) – 5 ta, qolgan urushgacha bo’lib o’tgan Olimpiadalarda – 7 ta vazn toifalarida, 1948 yidan -1968 yilgacha – 8ta vazn toifalarida, undan keyingilarida -10 ta vazn toifalarida.
1948 yil Olimpiadasida sovet kurashchilari qatnashmaganlar. 1941-1945 yy. Ulug’ Vatan urushidan keyingi davrda mamlakatning ko’pchilik mashhur kurashchilari halok bo’lganlar yoki og’ir jarohat olganlar. SSRI MOQsi yirik musobaqalarda qatnashmaslikka qaror qabul qilgan.
1952 yili 20-23 iyunda o’tkazilgan 15 Olimpiya o’yinlari dasturida erkin kurash musobaqalarida sovet kurashchilari ilk bor qatnashgan edilar. Ushbu musobaqalarda 30ta davlatdan 143 nafar kurashchi qatnashgan edi. Sportchilarning to’liq jamoasi bilan 7ta davlat qatnashgan: SSRI, AQSh, Turkiya, Finlyandiya, Shvestiya, GFR va Eron. Sovet jamoasi tarkibida o’sha davrning eng zo’r sportchilari qatnashgan, ularning asosiy qismi milliy kurash turlari bilan shug’ullanganlar edi.
1951 yilgacha erkin kurash bo’yicha turli davlatlar uchrashadigan yagona rasmiy turniri – Olimpiya o’yinlari bo’lgan. Urushdan keyingi davrda erkin kurash geografiyasi kengayishi munosabati va uning nufuzi oshishi bilan milliy federastiyalar FILAga jahon chempionatlari o’tkazish iltimosi bilan murojaat qilganlar, chunki Olimpiya o’yinlari 4 yilda bir marta o’tkazilgan.
1951 yilda Xelsinki shahrida birinchi jahon chempionati o’tkazildi, u erda sovet kurashchilari qatnashmagan. Biroq 1954 yilda Olimpiya o’yinlarida muvaffaqiyatli ishtirokidan keyin SSRI terma jamoasi Tokio shahriga jahon chempionatiga yo’l olganlar. Qattiq kurashda Turkiya jamoasiga 1 ochko ustunlik berib, sovet jamosi 2- o’rinni egalladi. Oltin medallarni 73 kg vaznda – V. Balavadze, 87kg vaznda - A. Englas, va 87kgdan ortiq vaznda A. Mekokishvili qo’lga kiritganlar. Bronza medallarini: 52 kg vaznda M. Stalkalmanidza, 67kg vaznda - S. Gabaraev, 62kg vaznda - N. Muzashvili qo’lga kiritganlar, V.Gigiadzeto’rtinchi va G. Kaartoziya-beshinchi bo’lganlar.
Erkin kurash bo’yicha ba’zi bir ma’lumotlarni yig’uvchilar 1928-1965 yiillargacha o’tkazilgan turnirlarni Evropa chempionatlari ro’yxatiga kiritmaydilar. Biroq FILA nashr etgan rasmiy adabiyotlarda ular o’z aksini topgan, ammo ularga ro’yxat raqami berilmagan. Evropa davlatlarida erkin kurashning etarlicha mashhur emasligi Evropa chempionatining rasmiy ta’sis etilishining nisbatan kechga qolganligini izohlab beradi.
Turnirning taqdiri 60chi yillarning o’rtasida hal qilindi, bundan keyin Evropa chempionatlari har yili o’tkaziladigan bo’ldi. O’z vaqtida Evropa chempionatlari o’tkazilishi tashabbuskori bo’lib Franstiya kurash federastiyasi chiqgan. Franstida 20chi yillarda Evropaning boshqa davlatlariga nisbatan erkin kurash anchagina mashhur bo’lgan va franstuz kurashchilari etakchi xisoblangan. Keyinchalik Belgiya, Vengriya, Shveystariya, Shvestiiya va Finlyandiya kurashchilari muvafaqiyatli chiqishlar qilgan, bulardan keyin Turkiya va Sovet Ittifoqi kurashchilari ham nomdor bo’lgan edilar.


Yüklə 264,9 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin