Ertalabki suhbatlar


Bolalar bilimlarini mustahkamlash uchun savollar



Yüklə 322,08 Kb.
səhifə30/39
tarix20.11.2023
ölçüsü322,08 Kb.
#162886
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   39
ЭРТАЛАБКИ СУҲБАТ КАРТОТЕКАСИ

Bolalar bilimlarini mustahkamlash uchun savollar:
Bolalarning huquqlari nimadan iborat?
Bolalarning burchlari nimadan iborat?
Yaxshi tarbiyali bolalar qanday bo‘ladilar?


Mavzu: «Matonatli kasb egalari» suhbat.


Suhbatning maqsadi: Bolalarni yong‘in xavfsizligi qoidalari, odamlarni xavf-xatardan muhofaza qilayotgan tashkilotlar ishlari bilan tanishtirish. Kishilarning mol-mulklari va hayotlarini xavf ostida qolishiga nimalar sabab bo‘lishi haqida tushunchalarga ega bo‘lishlariga erishish.
Kutilayotgan natija:Bolalar yong‘in xavfsizligi qoidalari bilan tanishadilar. O‘t o‘chirish xodimlarining mehnatlari haqida tushunchaga ega bo‘ladilar.
Bolalarda gugurt o‘ynamaslik, olov yoniga bormaslik, yong‘in ko‘rsa darrov yordamga chaqirish kabi tushunchalar shakllanadi.
Suhbatning borishi: Tarbiyachi: Bolalar, olov deganda nimani tushunasiz? To‘g‘ri, olov-issiqlik, yorug‘lik. Shu bilan halokat, kulfat hamdir. Ota-bobolarimiz olovdan ehtiyotkorlik bilan oqilona foydalanishga intilib kelganlar. Lekin olov har doim xam insonlarga itoat qilmagan, ularning boshiga beadad kulfatlar solgan. Ilgari zamonda ro‘y bergan yong‘inlarni odamlar hashar yo‘li bilan o‘chirganlar. Keyinchalik yong‘indan saqlash xizmati tashkil qilina boshlandi. O‘t o‘chirish xizmati uchun «10-01» telefoni joriy qilindi. Yillar o‘tib, o‘t o‘chirish xizmatining texnikasi ham rivojlanib bormoqda. Hozirda zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlangan (suratlar ko‘rsatadi).
Yong‘in chiqqanda tezroq o‘chirib, avvalo insonlarning hayotini saqlab qolish, moddiy talafotning oldini olish asosiy vazifasi bo‘lgan o‘t o‘chirish xodimlari kechayu-kunduz o‘z burchlarini sidqidildan bajarish uchun shaydirlar.
Tobora lovillab boradigan olovga qarshi dadil borish har bir o‘t o‘chiruvchidan dadillikni talab etadi. Yigitlarimiz jonlarini garovga qo‘yib, ana shu yong‘inning ichiga kiradilar. O‘t ichida qolgan insonlarni, moddiy boyliklarni qutqaradilar.
Siz nima deb o‘ylaysiz? Nima uchun yong‘in sodir bo‘ladi? (bolalar gugurt o‘ynashlari, kattalar elektr asboblarini yoqilgan holda qoldirishlari, gaz asboblaridan noto‘g‘ri foydalanishdan).
Tarbiyachi: bolalar har qanday yong‘in bu yo‘qotishdir. Shuning uchun bor imkoniyatni ishga solib yong‘in chiqishining oldini olaylik.
Tarbiyachi «o‘t o‘chiruvchilar mashqda» harakatli o‘yinni taklif etadi.
Suhbat natijasida bolalarda olovdan ehtiyot bo‘lib foydalanish, gugurt o‘ynamaslik, olov yoniga bormaslik, yong‘in ko‘rsa darrov yordamga chaqirish kabi ko‘nikmalar hosil bo‘ladi.

Yüklə 322,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin