Bolalar bilimlarini mustahkamlash uchun savollar:
O‘zbekiston qanday timsollari bor?
Ular haqida she’rni ayting.
Xumo qushi haqida qanday rivoyat eshitdingiz?
Rivoyat sizga yoqdimi?
Mavzu. «8-dekabr Konstitutsiya kuni» mavzusida suhbat Suhbat maqsadi: Bolalarga O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining “O‘zbekiston-suveren demokratik respublika. Davlatning “O‘zbekiston Respublikasi” va “O‘zbekiston” degan nomlari bir ma’noni anglatadi” mazmunidagi 1-moddasi asosida suhbat o‘tkazish. Suhbat orqali bolalarga tug‘ilib o‘sgan joyi haqida so‘zlab, ona-Vatanga nisbatan muhabbat uyg‘otish Ona yurtga, Qomusga muhabbat uyg‘otish, o‘z haq-huquqlarini himoya eta olishga o‘rgatish.
Konstitutsiya moddalari haqidagi tushunchalarni mustahkamlash.
Kutilayotgan natija:Bolalar «8-dekabr Konstitutsiya kuni» ekanini eslab qoladilar, Konstitutsiyamizdagi ayrim moddalarni eslab, har bir bolaning xuquqi, burchlari haqidagi tushunchalari mustahkamlanadi.
Suhbatning borishi: Suhbat O‘zbekiston madhiyasini ijro etish bilan boshlanadi.
Tarbiyachi: Bolalar, Mustaqil davlatimiz o‘z Konstitutsiyasini qabul qilgan 8-dekabr kuni biz uchun muqaddas tarixiy qun bo‘lib qoladi. Konstitutsiya davlatimiz mustaqilligining ramzi va ifodasi, xalq hurligi va ozodlik timsolidir. Konstitutsiyada insonning hayoti, erki, sha’ni, qadr-qimmati, huquqlari va burchlari muqaddas sanalib, ular huquqiy jihatdan kafolatlangan. Aziz bolalar, endi Konstitutsiyamizdagi ayrim moddalarni eslab o‘taylik.
1-bola: 1-modda. O‘zbekiston Mustaqil Respublika.
2-bola: 4-modda. O‘zbekiston Respublikasining davlat tili — O‘zbek tilidir.
3-bola: 5-modda. O‘zbekiston Respublikasi Qonun bilan tasdiqlangan o‘z davlat ramzlari — bayroq, gerb, madhiyasiga ega.
4-bola: Oila kodeksining 65-moddasi: Har bir bola oilada yashash va tarbiyalanish, o‘z ota-onasini bilishi, ularning g‘amxo‘rligidan foydalanish, ular bilan birga yashash huquqiga ega.
5-bola: 69-modda. Bola ismi, ota ismi, familiya olish xuquqiga ega. Bolaga ism ota-onaning kelishuviga binoan qo‘yiladi.
6-bola: 68-modda. Bola o‘z fikrini ifoda etish huquqiga ega. Oilada bola manfaatiga taalluqli har qanday masala hal qilinganda bola o‘z fikrini aytishga haqli.
7-bola: 41-modda: Har kim bilim olish xuquqiga ega. Bepul umumiy ta’lim olish davlat tomonidan kafolatlanadi. Maktab ishlari davlat nazoratidadir. Siz bu yil maktabga o‘qishga borasiz. Respublikamizda bilim olishda teng huquq kafolatlanadi. Bolajonlar, o‘qishlaringizda yutuqlar tilayman. Aziz bolalar, biz o‘z Konstitutsiyamizga, madhiyamizga, bayrog‘imizga, gerbimizga, milliy valyutamizga, milliy urf-odatlarimizga egamiz, Mustaqil O‘zbekiston farzandimiz! Shunday ekan, o‘lkamizga mos farzandlar bo‘laylik. Hozir esa Vatan haqidagi she’r, qo‘shiqlarimizni kuylaymiz.