81
25-r a s m.
Y — xromosomaga birikkan belgining irsiylanishi.
26-r a s m.
Sitoplazmatik irsiylanish.
4. Dori preparatlarining samaradorligini aniqlashda foydalani-
ladi.
Egizaklar usulini qo‘llashdan oldin ularning mono yoki dizi-
gotaligi aniqlanadi. Buning uchun quyidagi tekshirishlardan o ‘tkazi-
ladi: 1. Morfologik va fiziologik
belgilarni solishtirish
(27-rasm).
Buning uchun
konkordantlik
va
diskordantlik
tushunchalari keng
qo‘llaniladi. Agar belgi egizaklarning har ikkalasida uchrasa konko
rdantlik, egizaklarning faqat bittasida uchrasa diskordantlik deyila
di. Konkordantlik qancha yuqori bo‘lsa, belgining rivojlanishida
82
Genetika
27-r a s m.
Monozigotali egizaklar.
irsiyatning ahamiyati shuncha yuqori bo‘ladi. Konkordantlik va
diskordantlik ko‘rsatkichlari qanchalik bir-biriga yaqin bo ‘lsa, bu
belgining rivojlanishida muhitning
ahamiyati shunchalik katta
bo‘ladi (masalan, yuqumli kasalliklar). 2. Immunogenetika usuli —
eritrotsitlar antigenlarini (IA, IB, M, N, Rh), qon zardobi oqsillarini,
HLA antigenlarini aniqlashga asoslangan. 3. Dermatoglifika tek-
shirishlari. 4. Feniltiokarbamidga sezuvchanligini aniqlash. 5. Teri
transplantatsiyasi — eng ishonchli usul.
Belgining irsiy ahamiyatini aniqlashda
quyidagi Xolsinger
tenglamalardan foydalaniladi:
Dostları ilə paylaş: