16-savol. Tarqatma material. BLAVOD Diqqat, savolda ikkita so’z boshqa ikkita so’zga almashtirilgan! Birinchi bo’lib TOZA AZOT ishlab chiqarishni marketolog Mark Dorman o’ylab topgan va 1996-yilda o’z hamkori bilan TOZA AZOT ishlab chiqaruvchi kompaniyaga asos soladi. O’z maxsulotini Mark Dorman "Blavod" deb nomlagan.
Diqqat savol: Almashtirilgan ikkita so’zni yozib bering.
Javob: Qora aroq. Hisob: Aniq javob.
Izoh: "Blavod" so’zi "black" ya’ni “qora” va "vodka" – “aroq” so’zlaridan hosil bo’lgan akronim hisoblanadi. Savol matnida palindrom bo’lgan "qora aroq" so’zlari, "toza azot" so’zlariga almashtirilgan edi.
Muallif: Sardor Ahmedov
17-savol. Tarqatma material. B u kabi eshiklar Zanzibar orolidagi Stoun Town shaxrida keng tarqalgan bo’lib, ularning tashqi ko’rinishi bu yerga bir necha asr oldin ko’chib kelgan bir millat vakillari bilan bog’lanadi. O’sha millat vakillari bunday eshiklarni o’z yurtlarida bir maqsadda o’rnatishgan, ammo bunday holat Zanzibarda yuz berishi amri mahol bo’lgan. Shunday bo’lsada eshiklarning shakli saqlanib qolgan.
Diqqat savol: Qadimda o’sha millat vakillariga bunday eshiklar nima maqsadda kerak bo’lgan?
Javob: [Jangari] fillardan himoya maqsadida.
Izoh: Zanzibar arxipelagi Afrikaning sharqiy qismida, Hind okeanida joylashgan, unga asrlar davomida hindlar va arablar ko’chib kelishgan. Aynan hindlar bunday eshiklar paydo bo’lishining asosiy sababchilari sanaladi.
Muallif: Sardor Ahmedov 1 8-savol. Tarqatma material. Ushbu su’ratda ALFA ni ko’rishingiz mumkin. ALFA va uning "otasiga" Lion shaxrida haykal o’rnatilgan.