Diqqat savol: IKS o’rnidagi familiyani yozib bering.
Javob: Lyuter. Hisob:Martin Lyuter
Izoh: Martin Lyuter ham Bibliyani nemis tiliga tarjima qilgani va reformator ekani bilan mashxur. Kartinada u o`zining 95-tezisini tutgancha universitet eshigiga qoqib qo`yayotgan holati tasvirlangan.
Muallif: Bobur Maksimov
22-savol.O’zbek tiliga tarjima qilingan bu asarning nomidagi oxirgi 3-so’zni savol muallifi “daf etish” so’zlariga almashtirishni mantiqan to’g’ri hisoblaydi.
Diqqat savol: Asarning original nomini yozib bering.
Javob: “Alifbo bo’yicha qotillik". Hisob: Aniq javob.
Izoh: Shunda asar nomi ham o’zbek alifbosi bo’yicha (A-B-D-E) bo’ladi. Bilasizki asar alifbo ketma-ketligiga asoslangan.
Muallif: Suhrob Sharipov
23-savol. Ish topa olmagan Karl Deyn 1916-yilda AQShga yo’l oladi va tez orada u yoqda bir kasb egasi bo’lib ancha mashxur bo’lib ketadi. Ammo 1934-yil 14-aprelda o’z joniga qasd qiladi. Ayrim mutaxassislarning aytishicha bunga uning aksenti sabab bo’lgan ekan.
Diqqat savol: U joniga qasd qilishiga nima sabab bo’lganini 2 so’zda yozib bering.
Javob: Ovozli kino
Izoh: Amerikada ovozsiz kino davrida juda ham mashxur bo’lgan Deyn ko’plab mashxur aktyorlar singari yangi davrga moslasha olmagan hamda bor budidan ayrilib, o’z joniga qasd qilgan
Muallif: Bobur Maksimov
24-savol. Qirol Rama I Tailand tarixida o’chmas iz qoldirgan hukmdor hisoblanadi va uning hayoti haqidagi ma’lumotlarni bilish har bir tailandlikning burchi. Shu tufayli bo’lsa kerak, uning faoliyati bilan bog’liq sanalar Tailanddagi ayrim restoranlarda U sifatida ishlatiladi.
Diqqat savol: Uni 2 so`z bilan yozib bering.
Javob: Wi-fi kodi. Hisob:Wi-fi paroli
Izoh: Wi-fi kodlari odatda 8 ta raqamli bo`ladi. 1737-1809-qirolning tug’ilgan va vafot etgan sanalari
Muallif: Bobur Maksimov