Javob. X. Hisob: X harfi, IKS harfi
Izoh: Ziyodulla Butaxonov o’zi yaratgan mini sputnik yordamida bayroqni stratosferaga olib chiqqan. Keyinchalik u mashxur olim Ilon Maskning "SpaceX" loyihasiga o’xshash "NazarX" loyihasiga asos solgan.
Muallif: Bobur Maksimov
113-savol. 2018-yilda "Летние дожди" qo’shig’i klipi uchun Shahlo Ahmedovaning litsenziyasi olib qo’yilgani haqida xabarlar keng tarqaladi. Bu haqida gapirarkan, davletovuz telegram kanalida boshqa bir amerikalik qo’shiqchining ism-familiyasi eslab o’tilgan.
Diqqat savol: Ushbu ism va familiyani yozib bering.
Javob. Barbra Streyzand
Izoh: Shahlo Ahmedovaning ushbu klipi ma’naviy ta’qiqqa uchrashi klipga qiziquvchilar sonini yanada oshirib yuboradi. Natijada o’ziga xos Barbara Streyzend effekti yuzaga keladi.
Muallif: Bobur Maksimov
114-savol. 2014-yilda chiqgan biografik filmning o’zbekcha dublyajida filmning yarmigacha Bosh qahramonga Sanjar Sa’dullayev ovoz bergan. Filmning davomida ovoz berish ishlari ancha kam bo’lgan. Film yakunida esa audio effektlarga murojaat qilingan.
Diqqat savol: Ushbu film kim haqida edi?
Javob. [Stiven Uilliam] Hoking
Izoh:Bilamizki, Hoking gapirish qobiliyatini yo’qotgach, unga maxsus robot-ovoz orqali fikrini ifodalovchi qurilma yordam beradi. Film - “Stiven Hoking koinoti”.
Muallif: Suhrob Sharipov
115-savol. Amir Temurning nabirasi Halil Sulton, hunarmandning farzandi Shodmulkni bir ko’rishda sevib qolgan va unga uylangan. Ziyo.uz saytidagi Shodmulk Xotun haqidagi maqolada bu holat IKS deb ta’riflangan.
Diqqat savol: 1862-yilda boshqa “IKS”ni kim yaratgan?
Javob. [Vasiliy] Pukirev
Izoh: Maqolada ushbu holat "noteng nikoh" deb ta’riflangan. Rassom Vasiliy Pukirev 1862-yilda o’zining mashhur kartinasini yaratgan.
Muallif: Bobur Maksimov