Diqqat savol: Ikkinchi sababini ANIQ yozib bering.
Javob: Ovqatning aynigan-aynimaganligini bilish mumkin bo’lgan.
Hisob: Barglarga qarab ovqatning holatini aniqlashgan; ovqat ayniganligining indikatori bo’lgan.
Muallif: Bobur Maksimov
4-savol. Tarqatma material. Duplet:
Birinchi savol: Mazkur jumla ingliz tilida so’zlashuvchi mamlakatlardagi ta’lim muassasalarida ULARNING 15 tasini yodlab qolish maqsadida ishlatilar ekan. Diqqat savol: ULAR nima ekanligini ANIQ yozib bering.
Diqqat, ikkinchi savol: Gap kim haqida bormoqda?
Javob(lar): 1. Pi sonidagi raqamlar
2. Fibonachchi
Hisob: 1. Pi raqamlari
2. Pizalik Leonardo; Леонардо Пизанский; Leonardus Pisanus; Leonardo Pisano
Izoh: 1. Gapdagi so’zlarning harflarini sanasangiz Pi sonidagi raqamlar ketma-ketligi kelib chiqadi.
2. Matndagi so’zlar bo’g’inlarini sanasangiz Fibonachchi sonlarini beradi ya’ni 1, 1, 2, 3, 5 va 8.
Muallif: Bobur Maksimov va Suhrob Sharipov
5-savol. 2010-yilda XIX asrga oid roman asosida su’ratga olingan filmning dastlabki ishchi versiyasi 100 daqiqadan oshiq edi. Film tayyor bo’lgach, uning davomiyligi rasman 98 daqiqa bo’lgan. Rus tilidagi dublyajdan so’ng 97 daqiqa, o’zbek tilidagi dublyajda esa 90 daqiqa davomiylikka ega.
Diqqat savol:Film qaysi roman asosida sur’atga olingan?
Javob: “Sag’ri teri tilsimi”
Qabul: “Sag’ri teri”; «Шагреневая кожа» (fr. «La Peau de Chagrin»)
Izoh: Asarda har bir tilakdan so’ng, sag’ri teri qisqarib borgani kabi, bosh qahramon – Rafaelning umr soatlari ham qisqarib boraveradi. Ko’rib turganingizdek, film xronometraji ham shunday qismatga duchor bo’lgan.
Muallif: Suhrob Sharipov
6-savol. Tarqatma material. T arixdan ma’lumki, 1792-yilda Xamad ibn Saidning o’limidan so’ng boshlangan taxt uchun qonli kurash, oxir oqibat BU HODISA bilan yakunlangan. Daryo.uz sayti 2018-yil 7-avgustda BU HODISA yuz berganligi haqida maqola chop etgan.