Javob: Bag’dodda hammayoq notinch.
Izoh: Yuqoridagi barcha jinoyat va huquqbuzarliklar Farg’ona viloyatining Bag’dod tumanida sodir bo’lgan. Mahalliy gazeta esa hududda sodir etilayotgan huquqbuzarliklar tahlili haqidagi maqolani 1966-yildagi "Oloviddin" filmi orqali sizu bizga yaxshigina tanish bo’lgan yuqoridagi mashxur jumlani biroz o’zgartirib nomlab qo’ya qolgan.
Muallif: Bobur Maksimov
9-savol. (Ushbu savol birinchi tur birinchi savoli bo’lgan) “Cheers” brendi, o’z mahsulotining sifatini bildirish maqsadida, reklama sloganini “SHUNDAY chipslar” deya tanlagan. Buni televizorda eshitgan, savol muallifining ko’p qavatli uyda yashovchi jiyani, onasidan hovli uyga ko’chishni iltimos qiladi.
Diqqat savol:SHUNDAY o’rnidagi ikki so’zni yozib bering.
Javob: Tandirdan uzilgan.
Hisob: Aniq javob.
Izoh:Bilamizki, ko’p qavatli uyda tandir bo’lmaydi, shu sababdan savol muallifining jiyani har kuni shunday chipslardan baxramand bolish uchun hovliga ko’chishni so’ragan.
Ushbu o’yinimizda ham sizlarni tandirdan uzilgan savollar bilan siylashga harakat qilamiz! Muallif: Suhrob Sharipov
1 0-savol. Tarqatma material. Tayvanlik Allen Chen o’z san’at asarlarini ijtimoiy tarmoqlarga yuklab hozirda katta mashxurlikka erishdi.
Diqqat savol: Allen Chenning asl kasbi nima?
Javob:Sartarosh
Hisob: Parikmaxer; Barber
Izoh: U polga tushgan sochlarni shunday joylashtiradiki, bundan biron tasvir hosil bo’ladi..
Muallif: Sardor Ahmedov
11-savol.Lev Kassilning “Konduit va Shvambriya” asarida, oqqushlarni ko’paytirish bilan shug’ullanadigan o’qituvchi tilga olinadi. Aslida u oqqush boqmas edi.
Diqqat savol: Nima sababdan o’qituvchiga shunday ta’rif berilgan?