2 5-savol. Tarqatma material. BU ISHni qilish uchun odatda qog’oz yoki ozgina suvdan foydalaniladi. Tarqatmada tushirib qoldirilgan 2 so’zni joyiga qo’ya olsangiz va bu sizga ochko keltirsa, demak siz ham BU ISHni qilgan bo’lasiz.
Diqqat savol: BU ISH ni qilish deganda qaysi 3 so’z nazarda tutilmoqda?
Javob: Kalavaning uchini topish.
Izoh: Tarqatmada berkitilgan 2 so’z - "kalavaning uchi" edi. Siz esa uni topdingiz.
Muallif: Suhrob Sharipov
26-savol. Tarqatma material. S avol muallifining tanishi, bir safar krosvord ishlash jarayonida beixtiyor BU ISH ni qiladi.
Diqqat savol: Qaysi 2 so’zni biz BU ISH ni qilish so’zlariga almashtirdik?
Javob: Gerostratni unutish.
Hisob: Gerostratni eslamaslik, eslolmaslik vas shu mazmundagi 2 so’zdan iborat javoblar
Izoh: Tarixdan bilamizki, Artemida ibodatxonasini yoqib yuborgani uchun Gerostrat nomi abadiy unutilishga mahkum etiladi. Hozirda “Gerostratni unutish” – o’ziga xos iboraga aylangan.
Muallif: Suhrob Sharipov
27-savol. Lantanoidlarni o’rganish jarayonida Yevropiy elementi - kimyogar Glen Siborgning diqqatini o’ziga jalb qiladi. Shunda olim, garchi ishonchi komil bo’lmasada o’zidan bir necha yuz yillar oldin boshqa bir olim singari farazlarni ilgari suradi.
Diqqat savol: 1944-yilda Siborg boshliq Chikago univeristiteti olimlari nimani kashf qilishganini emas, Siborgdan bir necha yuz yillar oldin yashagan o’sha olimni yozib bering.
Javob: (Abu Rayhon) Beruniy.
Hisob: Aniq javob!
Izoh: Siborg - Lantanoidlar qatoridagi Yevropiy qarshisida xuddi unga o’xshashroq bo’lgan qandaydir element borligini taxmin qilgan. Keyinchalik ushbu elementni kashf qilgan va unga Amerika sharafiga Ameritsiy deb nom bergan. Xuddi Beruniyning taxminlariga allyuziya kabi.
Muallif: Bobur Maksimov
28-savol. Jorj Oruell qalamiga mansub “1984” romanida kundalik hayotdagi har bir qadam partiya tomonidan nazorat qilinar edi. Har bir uyni, ko’chalarni kameralar kuzatar, noto’g’ri gapirib qo’yish yoki partiyaga qarshi fikr bildirish o’lim bilan teng edi. Shu sababdan qahramon Uinston tasodifan BU ISH ni qilib qo’yishdan juda qo’rqardi. Olimlarning tadqiqotlariga ko’ra, hatto Ular ham BU ISH ni qila olar ekan.