Estetik tarbiyalashda musiqaning ahamiyati



Yüklə 0,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/6
tarix06.07.2023
ölçüsü0,58 Mb.
#135845
  1   2   3   4   5   6
musiqa-va-san-at-maktablari-o-quvchilarini-axloqiy-estetik-tarbiyalashda-musiqaning-ahamiyati



SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 3 
ǀ
ISSUE 3 
ǀ
2022 
ISSN: 2181-1601
Uzbekistan
 
www.scientificprogress.uz
 
Page 212
MUSIQA VA SAN’AT MAKTABLARI O‘QUVCHILARINI AXLOQIY-
ESTETIK TARBIYALASHDA MUSIQANING AHAMIYATI 
 
Oynisa Qodirjon qizi Najmitdinova 
Toshkent shahar Uchtepa tumani 238-umumiy o‘rta ta’lim maktabi Musiqa madaniyati 
fani o‘qituvchisi 
 
ANNOTATSIYA
Maqolada musiqa va san’at maktablari o‘quvchilarini ahloqiy-estetik 
shakllantirish va yetuk kadr qilib yetishtirish masalalari haqida fikr yuritilgan. Bunda 
musiqaning o‘rni va o‘quvchilarning ongiga tarbiya elementlarini musiqa vositasida 
singdirish, tarbiya jarayonida musiqaning roli ochib berilgan. 
Kalit so‘zlar
: musiqa, tarbiya, ruhiyat, ong, ta’lim jarayoni, ohang, axloq 
 
Bugungi kunda Respublika xukumatining qator xujjatlari vatanimizning har 
tamomlama jahon andozalari talablari asosida rivojlanishiga qaratilmoqda. Jumladan 
yoshlarga ta’lim-tarbiya berishda madaniyat, urf-odatlar, an’analari, milliy qadiryatlar 
va ota bobolarimiz tomonidan yaratilgan, butun jahonga mashhur bo‘lgan ajoyib san’at 
namunalaridan keng foydalanishga katta ahamiyat berilmoqda. 
“Yangi O‘zbekiston-maktab ostonasidan, ta’lim-tarbiya tizimidan boshlanadi” degan 
g‘oya asosida keng ko‘lamli isloxatlar amalga oshirililmoqda.
1
Musiqa va san’at maktablari o‘quvchilarini axloqiy-estetik madaniyatni 
shakllantirishda musiqa nihoyatda katta ahamiyat ko‘rsatuvchi san’at turlaridan biridir. 
Musiqaning o‘ziga xos xususiyatlari shundaki, u bolalar his-tuyg‘ulari va ruhiy 
holatlarining eng nozik qirralarini, ulardagi farqlarni o‘zida ifoda qiladi va shu orqali 
bolaning ichki olamiga chuqur ta’sir ko‘rsatadi. Musiqa san’ati qadim zamonlardan beri 
muhim tarbiya vositasi bo‘lib xizmat qilib kelgan. U bolada olamga va boshqa 
kishilarga bo‘lgan insoniy munosabat asoslarini tarkib toptiradi. Mana shu sababdan
ta’lim tizimida, xususan, musiqa va san’at maktablari faoliyatida o‘quvchilarni axloqiy-
estetik madaniyatni tarbiyalash vazifasi muhim muammolar qatoridan o‘rin egallaydi. 
O‘tmish ajdodlarimizning pedagogik-psixologik qarashlarida, shuningdek, pedagogika 
va psixologiyaga oid adabiyotlarning yangi nashrlari hamda ilmiy-tadqiqot ishlarda 
ko‘rsatilganidek, yoshlarni musiqa san’ati orqali axloqiy-estetik ruhda tarbiyalashda 
milliy musiqa san’atining ahamiyati beqiyosdir. SHuning uchun ham musiqashunos, 
tug‘ma iste’dod sohibi bo‘lgan buyuk alloma Darvesh Ali Changiy (XXII asr) “Risolai 
musiqiy” “Musiqa risolasi” asarida yozishicha, “Xalqning milliy musiqiy madaniyatini 
ajoyib yodgorlik sifatida ehtiyot qilib, saqlash lozim.“ -deb musiqalarimizni qadrlab, 
1
Mirziyoyev SH. M “Yangi O’zbekistonda erkin va farovon yashaylik.” T.: “Tasvir” nashryot uyi -2021. -10 b.


SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 3 

Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin