Estetika nazariyasi
Reja:
1.
Dunyoni estetik idrok etishning mohiyati.
2.
Falsafa tarixida estetik qarashlar evolyusiyasi. Estetika kategoriyalari.
3.
Estetika va dizayn. Xalq amaliy san’atining estetik jihatlari.
4.
San’atning estetik mohiyati.
1.
Dunyoni estetik idrok etishning mohiyati.
Nafosat falsafasi yoxud Estetika eng qadimgi fanlardan biri.
Uning tarixi ikki yarim-uch
ming yillik vaqtni o’z ichiga oladi. Biroq u o’zining hozirgi nomini XVIII asrda olgan. Ungacha
bu fanning asosiy muammosi bo’lmish go’zallik va san’at haqidagi mulohazalar har xil san’at
turlariga bag`ishlangan risolalarda, falsafa hamda ilohiyot borasidagi asarlarda o’z aksini topgan
edi. «Estetika» atamasini birinchi bo’lib olmon faylasufi Aleksandr Baumgarten (1714—1762)
ilmiy muomalaga kiritgan. Bunda u boshqa bir ulug` olmon faylasufi G. Leybnits (1646-1716)
ta’limotidan kelib chiqqan holda munosabat bildirgan edi.
Leybnits inson ma’naviy olamini uch sohaga: aql-idrok, iroda-ixtiyor, his-tuyg`uga bo’ladi
va ularning har birini alohida falsafiy jihatdan o’rganish lozimligini ta’kidlaydi. Baumgartengacha
aql-idrokni o’rganadigan fan – mantiq, iroda-ixtiyorni o’rganuvchi fan esa – axloqshunoslik
(etika)ning falsafada ko’pdan buyon o’z o’rni bor edi. Biroq his-tuyg`uni o’rganadigan fan falsafiy
maqomda o’z nomiga ega emasdi. Baumgartenning bu boradagi xizmati shundaki, u «his qilish»,
«sezish», «his etiladigan» singari ma’nolarni anglatuvchi yunoncha aisthetikos – «oyestetikos»
so’zidan
«estetika» (olmoncha «estetik» – «eshtetik») iborasini olib, ana shu bo’shliqni to’ldirdi.
Endi Nafosat falsafasi fanining mohiyatini anglatadigan «san’at falsafasi» va «go’zallik
falsafasi» iboralariga to’xtalamiz. Nafosat falsafasi tarixida birinchi ibora tarafdorlari ko’pchilikni
tashkil etadi. Lekin, yuqorida aytib o’tganimizdek, san’at bu fanning yagona tadqiqot ob’ekti
emas. Hozirgi paytda texnika estetikasi va uning
amaliyotdagi sohasi dizayn, atrof-muhitni
go’zallashtirish, tabiatdagi nafosat borasidagi muammolar bilan ham shu fan shug`ullanadi.
Demak, uning qamrovini san’atning o’zi bilangina chegaralab qo’yishga haqqimiz yo’q. Zero
bugungi kunda inson o’zini o’rab turgan barcha narsa-hodisalarning go’zal bo’lishini, har qadamda
nafosatni his etishni istaydi: biz taqib yurgan soat, biz kiygan kiyim, biz haydayotgan mashina, biz
uchadigan
samolyot, biz yashayotgan uy,
biz mehnat qiladigan ishxona, biz yurgizayotgan
dastgoh,
biz yozayotgan qalam, biz dam oladigan tomoshabog`lar – hammasidan nafis bir ruh
ufurib turishi lozim.
Estetika bir tomondan, san’atning paydo bo’lishidan tortib, uning turlari-yu janrlarigacha,
san’at asarining ichki murvatlaridan tortib, san’atkorning ijodkorlik tabiatigacha bo’lgan barcha
jarayonlarni o’rganadi. Ikkinchi tomondan, san’at uchun umumiy qonun-qoidalarni ishlab
chiqadi va tadbiq etadi. Uchinchi tomondan esa, san’at asarini idrok etayotgan kishi ruhidagi
o’zgarishlarni nafosat nuqtai nazaridan tadqiq qiladi.
Shunday qilib, nafosat san’atni to’la qamrab oladi va uning ich-ichiga kirib boradi: badiiy
asarning yaratilish arafasidagi
shart-sharoitlardan tortib, to u bunyodga kelib, asl egasi –
idrok
etuvchiga etib borgunigacha bo’lgan va undan keyingi jarayonlarni tadqiq etadi hamda ulardan
nazariy xulosalar chiqaradi. Zero «San’at falsafasi» iborasining siri ana shunda.