Estetika nazariyasi Reja: Dunyoni estetik idrok etishning mohiyati


Estetik anglash, estetik munosabat va estetik faoliyat



Yüklə 0,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/11
tarix07.04.2023
ölçüsü0,51 Mb.
#94613
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
7-mavzu. Estetika nazariyasi

Estetik anglash, estetik munosabat va estetik faoliyat 
Mamlakatimizda ma’naviyatning rahnamosi bo’lgan Prezidentimiz “Biz,- deb ta’kidlagan 
edilar, - milliy ma’naviyatni har tomonlama yuksaltirish masalasini o’z oldimizga asosiy vazifa 
qilib qo’yar ekanmiz, bugungi kunda ma’naviyatimizni shakllantiradigan va unga ta’sir 
o’tkazadigan barcha omil va mezonlarni chuqur taxlil qilib, ularning bu borada qanday o’rin 
tutushini yaxshi anglab olishimiz maqsadga muvofiq bo’ladi”.
2
Chunki ma’naviyatni tushunish va 
anglash uchun avvalo, insonni, uning estetik faoliyatiga ta’sir ko’rsatadigan mezoniy 
tushunchalarni ilmiy taxlil qilish zarurdir. Bu masalalar estetik anglash va uning tuzilmalari orqali 
shaxs faoliyatida namoyon bo’ladi. 
Estetik anglash iborasini ajratib ko’rsatishimizning sababi shundaki, odatda falsafiy fanlarga 
doir ilmiy adabiyotlarda «anglash» o’rniga «ong» istilohi qo’llab kelinadi. Estetik ong, ilmiy ong, 
huquqiy ong v. h. Bizningcha, bu unchalik to’g`ri emas: ruschadagi – «soznanie» so’zining yuzaki 
(kalka) tarjimasi. Ma’lumki, «soznanie» so’zi ruschada ikki xil ma’noni: ong va anglash 
2
Каримов Ислом. Юксак маънавият – енгилмас куч. Тошкент. Ўзбекистон. 2008. 29 б. 


ma’nolarini bildiradi. Miya muayyan fiziologik yaxlitlik bo’lgani kabi, uning asosiy faoliyati 
bo’lmagan ong, shu jumladan ongsizlik ham, avvalambor insondagi hissiy-intelektual yaxlitlik, 
uni maydalab, yuqoridagidek, «ongcha»larga bo’lish mantiqan o’rinsiz, ikkinchidan, u narsa-
hodisalardan muhtor tarzda mavjud, faqat zarur sharoitda faoliyatga kirishgandagina narsa-
hodisaga munosabatini, voqelikka aralashish xususiyatini namoyon qiladi. Ana shu o’ziga xos 
tahliliy faoliyatni biz anglash deb ataymiz va shu anglashning darajasiga qarab, kishilar ongining 
yuksakligi yoki pastligi haqida fikr yuritamiz. Demak, ong insonning o’ziga o’xshash yakka 
yaxlitlik, uning faoliyati – anglash esa har xil va ko’p qirralidir. Ongning anglashga munosabati 
xuddi olmos bilan uning qirralari o’rtasidagi munosabatga o’xshaydi; yaxlit olmos bo’lagining har 
bir qirrasini alohida olmos deb atashimiz qanchalik mantiiqqa to’g`ri kelmasa, anglashni uzil-kesil 
ong tarzida taqdim etishimiz ham, bizningcha, shunchalik noo’rin. Shunday qilib, inson o’ziga ato 
etilgan ongning turli qirralari bilan olamning turli tomonlarini, har xil jihatlarini nurlantiradi, 
o’zida aks ettirib, tahlil etadi, xulosalar chiqaradi. Natijada, bir inson bitta hodisani o’nlab, balki 
yuzlab rakursda mushohada qilish va anglashi mumkin. Ongning ana shunday faoliyat turlaridan 
biri estetik anglashdir.

Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin