Estetika nazariyasi Reja: Dunyoni estetik idrok etishning mohiyati



Yüklə 0,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/11
tarix07.04.2023
ölçüsü0,51 Mb.
#94613
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
7-mavzu. Estetika nazariyasi

San’at va axloq. Bu ikki ma’naviy hodisa shu qadar mustahkam aloqadaki, biri ikkinchisining 
ishtirokisiz to’laqonli mavjud bo’lolmaydi. Har ikkalasini ham insonshunoslik deb atash mumkin, 
faqat ular anatomiya kabi odam a’zolarini emas, inson axloqiy-estetik-ruhiy muruxxatlarini, ya’ni 
uning ezgulik va go’zallikka, yozuvlik va xunuklikka munosabatini aks ettiradi, o’rganadi. Shu 
sababli axloqdan tashqari san’atning mavjudligi mumkin emas, ayni paytda san’atsiz axloq 
targ’ibotdan mahrum bo’lib qoladi va faollik xususiyatini yo’qotadi. Zero, san’atning azaliy va 
abadiy bosh mavzusi ezgulik bilan yovuzlik o’rtasidagi kurashdir, boshqa barcha insoniy 
muammolarning o’rtaga tashlanishi va hal etilishi badiiy asarda ana shu mavzuning ochib berilishi 
uchun yordamchi vazifasini o’taydi.
San’at va din. San’at, avvalo, axloqiylikni targ’ib etish nuqtayi nazaridan din bilan bog’liq. 
Buni barcha umujahoniy dinlar uchun so’ng maqsad-yuksak axloq egasi bo’lmish komil insonni, 
solih bandani tarbiyalash ekanida ko’rsa bo’ladi. Zero, juda ko’p diniy tushunchalar axloqiy 
ma’noga, axloqiy tushunchalar esa diniy ma’noga ega. M., imon, diyonat, halollik, poklik, 
muhabbat, vijdon kabi tushunchalar har ikki ma’naviy hodisaga ham tegishlidir. Ayni paytda din 
ezgulik, muruvvat, shafqat, jo’mardlik, rostgo’ylik vatanparvarlik kabi axloqiy fazilatlarni targ’ib 
qiladi va qotillik, o’g’rilik, poraxo’rlik, xiyonat, yolg’onchilik singari illatlarni taqiqlaydi. 
Bularning hammasi asarda o’z ifodasini topar ekan, birvarakay uch yoqlama-din, axloq va san’at 
aloqadorligi vujudga keladi. 
 San’at va texnika. So’ngi paytlarda san’at bilan texnikaning o’zaro aloqalari tobora 
mustahkamlanib, kengayib bormoqda. U deyarli hamma san’at turlariga “ kerak bo’lyapti”. 


Teatrdagi aylanadigan sahna, musiqadagi kliplar, fonogrammalar, elektron cholg’u-asboblar, 
kitob nashridagi texnik quvvatlar, yozuvchilarning komputer vositasida ishlashlari, audio va 
video yozuvlar va hokozo bunga misol bo’la oladi. Bularning hammasi badiiy asarni idrok 
etuvchiga qulayroq shaklda yetkazib berish orqali texnika san’at targ’iboti va rivojiga katta xissa 
qo’shayotganini ko’rsatadi. Demak, texnikaviy ravnaq tufayli san’at turlari takomillashib 
bormoqda. Bundan tashqari, yana eng muhimi shundaki, bu ravnaq yangi- “ texnikaviy” san’at 
turlarining paydo bo’lishiga olib kelmoqda. Badiiy su’ratkashlik, kino va televideniye ana 
shunday san’at turlaridir. Bir so’z bilan aytganda, texnika san’at uchun beminnat xizmatkor 
vazifasini o’tamoqda va o’zi ham asta- sekin san’atning “parda ortidagi” uzviy qismiga aylanib
bormoqda. 
San’atda mazmun va shakl. San’at turlari 
San’at- estetik tadqiqot obyektining umumiy nomi, mushtarak tushuncha. Xususiy 
tushuncha sifatida u voqelikni go’zallik va xunuklik, ulug’vorlik va tubanlik kabi qadriyatlar va 
aksilqadriyatlar orqali muayyan xil, tur hamda janrlar doirasida in’ikos ettiradigan badiiy ijod 
mahsulini anglatadi. Shu bois san’atni xil, tur va janrlarga bo’lib, estetik tadqiq etish odat tusiga 
aylangan. Biroq ana shu “ bo’lib o’rganish”, ya’ni tasniflashtirish, turkumlashtirish bir qarashda 
osondek ko’rinsa-da, aslida estetikadagi murakkab va chalkashliklarga to’la muammo sanaladi. 
Bu borada o’nlab nuqtayi nazarlar bor. 
Me’morlik. Bu san’at turining paydo bo’lishi insonning turar joyga bo’lgan ehtiyojidan 
kelib chiqqan va odamning estetik tabiati uni tobora go’zallashtirib borishni talab etgan. 
Keyinchalik bu talab o’limdan keyingi “ turar joyga” maqbaralarga tatbiq etilgan. Undan so’ng
hukmdorlar saroylari, devonxonalar turli rasmiy va norasmiy xizmat binolari, ibodatxonalar ham 
ana shu go’zallik qonuniga binoan qurilgan. Ispaniyadagi Al-Humro masjidi, Olmoniyadagi Kyoln 
jomesi, Xivadagi Nurillavoy sariyi va boshqalar shular jumlasidan.
Me’morchilik- mavjudligi makon bilan shartlangan san’at turi. Unda hajm, makonni 
egallash xususiyati birinchi o’rinda turadi, deyishadi, aslida “ hajm” emas, mahobat atamasini 
qo’llash maqsadga muvofiq, zero mahobat ulug’vorlik ifoda topgan hajmdir. Me’morlikning 
san’at sifatidagi estetik mohiyati uning kulgililik xususiyatini inkor qilishi va ulug’vorlik 
xususiyatini barqaror etishi bilan bog’liq, hech bir san’at turida ulug’vorlik bu qadar o’zini yaqqol 
namoyon qilmaydi. Ayni paytda unda tasviriylik, noziklik, injalik kabi go’zallik unsurlari katta 
ahamiyatga ega, ular mahobatning tarkibiy qismini tashkil etgani holda, xandasviy yoki 
bargsimon naqshlarda, sirkor narsalarda, devoriy yozuvlarda, peshtoqiy tasvirlarda o’z aksini 
topadi. Masalan, Samarqanddagi Registon majmuiga kiruvchi “ Sherdor madrasasi”ni olib 
ko’raylik. Madrasa peshtoqidagi koshinkorli bezak orasida qora zamini koshinga oq harflar bilan 
me’mor Abdujabbor nomi bitilgan. Peshtoq ravog’ining tepasida qizg’ish zarhal tusli sher oq 
kiyikni quvib bormoqda. Quyosh bodonqovoq, qiyiq ko’zli tarzda tasvirlanib, yuzi zarhal 
yog’duga yo’g’rilgan. Binoga sinchikovlik bilan qarar ekanmiz, uning bir paytlar mullavachchalar 
(talabalar) o’qiydigan oliy o’quv yurtlaridagi madrasa bo’lganiga hatto ishongingiz kelmaydi.. 
Ko’rgazmali- amaliy san’at. Ko’rgazmali- amaliy san’at qadimdan, mehnat qurollari
hunarmandchlikning rivojlanib borishi bilan kundalik turmush ehtiyoji uchun qo’llaniladigan 
ashyolarni bezash, me’morlik inshootlarini turli naqshlar va koshinlar vositasida go’zallshtirish 
orqali estetik talablarga javob berib keladi. Aynan ana shu san’at turida hunarmandchilikning 
san’atga aylanishi ro’y beradi. M ., aytib o’tganimizdek, XVIII- XIX asrlardagi Buxoro- Qo’qon 
uslubida naqshlangan go’zal mis qumg’onlar dastlab faqat o’zining muayyan maqsadga xizmat 
qilishi bilan diqqatga sazovor edi. Lekin hozirgi paytda ular har biri betakror san’at namunasi, 
misgar ustaning san’atkorlik mahorati tajassum topgan ma’naviy qadriyat tarzida idrok etiladi. 
Yoki mahsuli tarzida qabul qilamiz. 
Haykaltaroshlik- monumental san’at. Eng qadimgi, ibtidoiy davrlardan boshlab 
hozirgacha haykaltaroshlik o’z mavqei yo’qotmay kelayotgan san’at turlaridan biri. Bu san’atning 
asosida faqat oniy, bir lahzalik san’at tasviri yotadi. Haykaltarosh tomonida ana shu eng muhim 
harakatini topish hamda unga mos nur va soyani tanlash yuksak iate’dodni talab qiladi.
Haykaltaroshlik monumental san’at deyiladi. Chunki ko’pincha u katta hajmli haykallar yoki 


majmualarni o’z ichiga oladi. Ayni paytda uning kichik hajmdagi va har biri o’ziga xos bo’lgan 
holda muayyan yuzalikda shakllar uyg’unligini tashkil etadigan ko’rinishlari ham mavjud.
Haykaltaroshlikning birinchi hiliga alohida makonni egallagan va har xil resursda tomosha qilish 
mumkin bo’lgan asarlar kiradi.

Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin