Estetika nazariyasi



Yüklə 88,16 Kb.
səhifə17/43
tarix29.03.2023
ölçüsü88,16 Kb.
#91022
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   43
4-Mavzu (1)

Xudbinlik. U o‘z individual ehtiyojlarini hamma narsadan yuqori qo‘yadigan axloqiy sifat, illatni anglatuvchi tushuncha; biror – bir insonning moddiy–maishiy manfaatlarining boshqalarnikidan ustun qo‘yilishini bildiruvchi manfaatparastlikdan va o‘z shaxsini mutlaqlashtirishiga qaratilgan shaxsiyatparastlikning ba’zi unsurlaridan iborat salbiy xatti–harakatlar majmuidir.
Xudbinlikni inson shaxsining o‘ziga bo‘lgan muhabbati bilan chaplashtirmaslik lozim. Biz Imom G‘azzoliy muhabbatning besh turi haqida so‘z yuritib, insonning o‘ziga, o‘zining a’zolariga, salomatligiga bo‘lgan muhabbatini birinchi o‘rniga qo‘yganini yaxshi bilamiz. Uningcha, bu muhabbat Alloh, ota–ona, qarindosh–urug‘, do‘st–birodar, muhtoj–ehtiyojmandlar xizmatida bo‘lishga imkon yaratuvchi vosita hisoblanadi. Xudbinlik esa muhabbat hissiga emas, nafsga, hirsga, rujuga asoslanadi, o‘zini adolatsizlik, insofsizlik va berahmlik xislatlarida namoyon etadi. To‘g‘ri, hammaning ham qo‘lidan jo‘mardlik kelavermaydi, lekin insonning o‘ziga bo‘lgan muhabbati, boshqalarning ham o‘ziga shunday muhabbati borligini inkor etmasligi kerak. SHu qoida buzilgan joydan xudbinlik boshlanadi.
Xudbinlik jinoyat emas, xudbin odam qonunni buzmaydi, aksincha doimo qonun oldida «toza», «faqat qonuniy haqi»ni qanday sharoitda bo‘lmasin – birovlarning fojeasi ustidami, o‘limi ustidami, – qat’i nazar, undirib oladi, xolos. Uning aqidasi: «Go‘zal bino qulasa–qulayversin, men o‘zimga tegishli yuzta g‘ishtni sug‘urib olishim kerak!»
Shuhratparastlik. SHuhratparastlik – shon–shuhrat ketidan quvadigan va bu yo‘lda har qanday axloqsizlikdan qaytmaydigan insonlar toifasining xususiyati. Shuhratparast odam o‘z nomining doimo atrofdagilar va jamiyat diqkat markazida turishiga, mashhurlikka, shov–shuvga, maqtovga ichki bir tiyiqsiz ehtiyoj sezadi. Bu ehtiyoj oxir–oqibat uni jamiyatning axloqiy – ijtimoiy talablari bilan ham, individ sifatidagi o‘z biologik va ma’naviy–intelektual imkoniyatlari bilan ham mutlaqo hisoblashmaydigan ijtimoiy nafs bandasiga aylantirib qo‘yadi.
Shuhratparastlikning axloqiy illat sifatidagi xatarli tomoni shundaki, u ravnaq topib borish xususiyatiga ega: dastavval kishi o‘z «men»ining boshqa «men»lardan kam bo‘lmasligini talab qiladi, keyin asta–sekin o‘z «men»ining barcha «men»lardan baland turishini xohlab qoladi va nima qilib bo‘lsa ham shu xohishni amalga oshirishga intiladi. Natijada u mavjud veqelikni, atrofdagilarning o‘ziga bo‘lgan asl munosabatini real baholay olmaydi; qaerda uni «ko‘tar–ko‘tar» qilib maqtashsa, o‘sha erga o‘zini uradi, hayotda asl insoniy vazifasini bajarishdan chalg‘iydi, tuzatib bo‘lmas xatolarga yo‘l qo‘yadi. SHuhratparastlikka yorqin misol, umumbashariy timsol sifatida, odatda salkam 2,5 ming yildan buyon Herostratning nomi keltiriladi: u abadiy shuhrat qozonish uchun olamning etti mu’jizasidan biri – Efes shahridagi Artemida ibodatxonasida o‘t qo‘ygan. Uning nomi hozirgacha taajjub, hayrat, ayni paytda nafrat va la’nat bilan tilga olinadi.

Yüklə 88,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   43




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin