Estetika nazariyasi



Yüklə 88,16 Kb.
səhifə19/43
tarix29.03.2023
ölçüsü88,16 Kb.
#91022
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   43
4-Mavzu (1)

Qadriyatlar tushunchasi insonning dunyoga bo‘lgan munosabatining alohida jihatini namoyon etadi. Ular inson faoliyati, jamiyat va madaniyatning o‘ziga xos xususiyatlarini yanada teranroq anglab etish imkonini beradi. Qadriyatlar inson va jamiyat hayotida muhim o‘rin egallaydi, chunki insonning hayot tarzini, uning hayvonot dunyosidan ajralish darajasini aynan qadriyatlar tavsiflaydi.
Qadriyatlar shaxsning hayot faoliyatida fundamental ahamiyat kasb etadi. Qadriyatlar odamlarni jipslashtirish, ularni hamjamiyatlarga birlashtirishning muhim omili hisoblanadi. Umumiy qadriyatlarning mavjudligi fuqarolar, ijtimoiy birliklar va guruhlarning tinch-totuvligini ta’minlaydi. Qadriyatlar muammosi jamiyat rivojlanishining o‘tish davrlarida, tub ijtimoiy o‘zgarishlar jamiyatda mavjud bo‘lgan qadriyatlar tizimlarida o‘zgarishlar yasab, odamlarni yo o‘zlari ko‘nikkan eski qadriyatlarni saqlash, yo turli partiyalar, jamoat birlashmalari, diniy tashkilotlar, harakatlarning vakillari tomonidan taklif qilinayotgan, hatto majburiy tarqatilayotgan yangi qadriyatlarga moslashishga majbur etuvchi davrlarda alohida ahamiyat kasb etadi. Qadriyatlar va mo‘ljallarni yo‘qotish yoki vujudga kelgan qadriyatlar tizimidan voz kechish esa muqarrar tarzda jamiyatning tanazzulga yuz tutishi va parchalanishiga olib keladi.
Qadriyat – odamlar qadrlaydigan narsa. Narsalar yoki buyumlar ham, tabiat hodisalari ham, ijtimoiy hodisalar ham, insonning xatti-harakatlari ham, madaniyat hodisalari ham qadriyat bo‘lishi mumkin. Ammo «qadriyat» tushunchasining mazmuni, uning tabiati oddiy ong tasavvur qilganidek sodda emas. Qadriyat, xuddi haqiqat kabi, xossa emas, balki fikr va voqelik o‘rtasidagi munosabatdir. Inson o‘zining individual tajribasiga asoslanib, o‘zi uchun muhim bo‘lgan ob’ekt bilan o‘z ehtiyojlari va manfaatlari o‘rtasida aloqa mavjudligini anglab etadi.
Qadriyat tushunchasining yuqorida keltirilgan umumiy tavsifidan kelib chiqib unga quyidagi ta’rifni berish mumkin.
Qadriyat – bu borliq rang-barang elementlarining ob’ektiv ahamiyati bo‘lib, ularning mazmuni jamiyat sub’ektlarining ehtiyojlari va manfaatlari bilan belgilanadi.

Yüklə 88,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   43




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin