Estetika nazariyasi


Ijtimoiy-siyosiy qadriyatlar – bu



Yüklə 88,16 Kb.
səhifə21/43
tarix29.03.2023
ölçüsü88,16 Kb.
#91022
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   43
4-Mavzu (1)

Ijtimoiy-siyosiy qadriyatlar – bu ijtimoiy va siyosiy hodisalar, voqealar, siyosiy aktlar va harakatlarning qadriyat sifatidagi ahamiyatidir. Ijtimoiy-siyosiy qadriyatlar qatoriga, odatda, siyosiy va ijtimoiy harakatlarda mujassamlashgan ijtimoiy imtiyozlar, Shuningdek jamiyatning ravnaq topishi, xalqlar o‘rtasida tinchlik va hamkorlikning mustahkamlanishiga ko‘maklashuvchi tarixiy voqealarning progressiv ahamiyati kiradi.
Ma’naviy qadriyatlar – bu Ma’naviy qadriyatlar qatoriga baxt-saodat, yaxshilik va yomonlik, go‘zallik va xunuklik, adolat va adolatsizlik, huquqiylik va nohuquqiylik, tarixning mazmuni va insonning vazifasi va hokazolar haqidagi me’yoriy tasavvurlar ko‘rinishida ifodalangan ijtimoiy ideallar, mo‘ljallar va baholar, me’yorlar va taqiqlar, harakat prinsiplari kiradi.
Moddiy qadriyatlar inson ehtiyojlari va manfaatlari ob’ektlari sifatida amal qilsa, ma’naviy qadriyatlar ikki xil funksiyani bajaradi: ular qadriyatlarning mustaqil sohasi va moddiy qadriyatlarni baholash asosi, mezonidir.
Individual yoki shaxsga doir qadriyat – bu narsa, hodisa, g‘oyaning muayyan inson uchun qadriyat sifatidagi ahamiyati. Har qanday qadriyat o‘z mohiyatiga ko‘ra individualdir, zero narsa, hodisa, g‘oyani faqat insongina baholashga qodir. Shaxsiy qadriyatlar ta’lim va tarbiya, individ hayot tajribasini to‘plashi jarayonida shakllanadi Shaxsiy qadriyatlar individning ehtiyojlari va manfaatlari ta’sirida vujudga keladi. Ular kishilarning mayllari, didlari, odatlari, bilim darajasi va boshqa individual xususiyatlari bilan belgilanadi.
Umuminsoniy qadriyatlar – bu narsalar, hodisalar, g‘oyalarning jahon hamjamiyati uchun qadriyat sifatidagi ahamiyatidir.
Qadriyatlar inson va jamiyat hayotida o‘z holicha emas, balki vujudga kelgan qadriyatlarga munosabatlar tizimi zaminida muhim o‘rin egallaydi.
Nikoh va oilaning kelib chiqishi va uning ijtimoiy mohiyati.
Oilani fuqarolik jamiyatining, davlatning eng muhim hujayrasi deyishadi. Chunki har bir jamiyat a’zosi, bo‘lajak fuqaroning tarbiyasi oiladan boshlanadi. Oila uch jihatni: o‘zining bevosita ko‘rinishi bo‘lmish nikohni; oilaviy mulk va anjomlar hamda ular haqidagi g‘amxo‘rlikni; bolalar tarbiyasini o‘z ichiga oladi.
Nikoh va muhabbat. Avvalo, nikoh haqida to‘xtalib o‘taylik. Qonunga binoan nikoh tuzish shartlaridan eng muhimlari - nikohga kiruvchilarning o‘zaro roziligi va ularning nikoh yoshiga etganliklari. Bizda yigitlar uchun - 18, qizlar uchun - 17 nikoh yoshlari qilib belgilangan. Bu - masalaning huquqiy tomoni. Uning ikkinchi - axloqiy tomoni ham borki, u muhabbat bilan bog‘liq. Nikoh tuzishdan avval ikki yosh orasida goh ochiq sevgi - muntazam uchrashuvlar, ahdu paymonlar qilish yoki orqavorotdan bir-birini yoqtirish hollari bo‘lishi mumkin. Har ikkala holda ham rozilik o‘zgarmas shart hisoblanadi.
Ba’zan qadimda Sharq xalqlarida, shu jumladan, o‘zbeklarda qizning yoki yigitning roziligisiz to‘y qilib yubora berishgan, ota-onalar kelishishsa – bas, degan fikrlarni uchratadi kishi. Ayniqsa, bunday gaplar sho‘rolar davrida tinimsiz takrorlanar edi. Vaholanki, bunday hol kam bo‘lgan, uni musulmonchilik inkor etadi. Rivoyat qilishlaricha, Payg‘ambarimiz Muhammad alayhissalom uylariga sovchi kelganida, qizlari Fotimadan doimo rozilik so‘raganlar va rad javobi olganlar. Faqat Hazrat Ali sovchi qo‘yganlarida, Bibi Fotima rozilik berganlar. Demak, farzandning roziligini olish bizga Payg‘ambarimizdan qolgan sunnat.
Hozirgi kunda ham ko‘pgina yoshlarimiz sovchi orqali turmush quradilar. Odatda sovchi kelib ketgach, yigit bilan qiz uchrashtiriladi, ikkalasi bir-birini ma’qul ko‘rsagina fotiha qilinib, to‘y taraddudi ko‘riladi. Juda ko‘p hollarda bunday yoshlar o‘rtasida keyinchalik haqiqiy muhabbat shakllanadi. Abdulla Qodiriy «O‘tgan kunlar» romanida tasvirlagan Otabek bilan Kumush o‘rtasidagi sevgini buning mumtoz na’munasi desa bo‘ladi. Ochig‘ini aytish kerakki, muhabbatning ham o‘z darajasi bor: Layli bilan Majnunning muhabbati hamma sevishganlarga ham nasib etavermaydi. Bunday romantik-sururiy sevgi real hayotda kamdan-kam uchraydi. Buning ustiga, oilaviy muhabbat ma’lum ma’noda salobatli, ko‘proq yashirin tarzda namoyon bo‘ladi.

Yüklə 88,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   43




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin