Jamiyat a`zolarining ijodiy imkoniyatlarini namoyon qildirish va ulardan foydalana bilishga ishonch tuyg`usini uyg`otish;
Tabit hamda jamiyat ijtimoiy jarayonlariga sof tuyg`u bilan munosabatda bo`lishga va ularni ravnaq toptirish yo`lida astoydil faoliyat olib borish ko`nikmalarini hosil qilish;
O`tmish ma`naviy merosimizga hurmat hissini uyg`otish, milliy g`urur, milliy iftixor tuyg`ularini shakllantirish uchun zamin yaratish;
Estetik tarbiyaning chinakam xazifasi estetik tuyg`u va estetik didning inson barcha faoliyatlarida ustuvor bo`lishini ta`minlashdan iboratdir
ESTETIK TARBIYANING VOSITALARI:
Estetik tarbiyaning barcha vositalari shaxsning voqelikka estetik munosabatini ravnaq toptirishga xizmat qiladigan tarbiyaviy faoliyat bo`lib, u o`ziga xos ta`sirchalik, tug`yoniylik kuchiga ega.
Insonning salomatligi va turmush tarzini farovonlashtirishga qaratilgan zohiriy-moddiy maqsadga erishish tamoyiliga asoslangan utilitar-empirik manfaatdorlik.
Botiniy-ruhiy manfaatdorlik va maqsadga muvofiqlikni ta'minlaydigan hissiy-ma'naviy munosabatlar.
ESTETIK MUNOSABAT
Ahamiyati - inson moddiy boylik yaratishdan mahrum bo'lgan paytda ham o'z ma'naviyatini boyitish imkonini yo'qotmasligi bilan belgilanadi.
Unsurlari - obyekt va subyekt.
Obyekt - estetik «qo'zg'atuvchi». «Qo'zg'atuvchi» insonga estetik ko'rinishi bilan ta'sir ko'rsatadi ya'ni yoqimli yoki hayratga soladigan shakl va mazmunni o'zida ifodalaydigan estetik ko'rinish;
Subyekt - «qo'zg'aluvchi». «Qo'zg'aluvchi» mohiyatiga ko'ra ta'sirni qabul qiladi, idrok etadi, o'sha ko'rinishning idrok etilishini ta'minlovchi hissiy va intellektual murvvatlarini o'zida mujassam etganligi bilan estetik munosabatni vujudga keltiradi.