Go'zallik keng ma'noda - jamiki lazzat baxsh etadigan, yoqimli his uyg'otadigan hamda hushnudlik kayfiyatlarini paydo qiladigan narsa-hodisalarni qamrab oladi.
Go'zallik tor ma'noda - narsalarning faqatgina shakl yoki tashqi ko'rinishi bilan ifodalanadi.
Go'zallik normativ-baholash xususiyatiga ega.
Go'zallik «chiroyli», «ko'rkam», «nafis», «jozibador», «maftunkor» kabi tushunchalar bilan aynan emas.
CHiroylilik - narsalarning faqat ichki yoxud tashqi ko'rinishidagi xolatni, bajarilgan ish, amalga oshirilgan harakatdagi hamohanglikni ifodalaydigan estetik tushuncha.
INSON KAMOLOTIDA GO'ZALLIKNING AHAMIYATI
Shaxs haqidagi dastlabki ma'lumot uning tashqi ko'rinishi orqali beriladi. SHunday ekan, insonning tashqi chiroyi nafaqat shaxsning o'ziga, balki boshqalar faoliyatiga ham ijobiy ta'sir ko'rsatadi.
Insonning ichki go'zalligi uning odob, xulqi va axloqiy fazilatlari bilan belgilanadi. Bu nafosat ilmida “Xulq go'zalligi” deb nomlanadi.
Zamonaviy komil shaxs - o'z haq-huquqlarini taniydigan, o'z kuchi va imkoniyatlariga tayanadigan, tevarak atrofda sodir bo'layotgan voqea-hodisalarga mustaqil munosabat bilan yondashadigan, o'z shaxsiy manfaatlarini mamlakat va xalq manfaatlari bilan uyg'un xolda ko'radigan, o'zini jamiyatning ajralmas qismi deb xis etadigan, zamonaviy bilimlarni mukammal egallagan, ma'naviy jihatdan yuksak, jismonan baquvvat erkin shaxs tushuniladi
XUNUKLIKDA SHAKL VA MAZMUN NOMUTANOSIBLIGI
Go'zallikning dialektik ziddiyati uni yanada takomillashib borishidagi zaruriy shartdir. Bu estetikada umumiy nom bilan xunuklik deb ataladi.
Hunuklik go'zallikning aksi emas, balki uning dilemmasidir. Hunuklikning aksi chiroylilik hisoblanadi. CHunki, o'xshash, bir-biriga yaqin tushunchalarning unsur (element)lari u yoki bu ko'rinishda har ikkala tushunchada ham namoyon bo'lish ehtimoli mavjud.
San'at bizga xunuklikning barcha ikir-chikirlarini ochiq-oydin tasvirla beradi.
X U N U K L I K - narsa-hodisalarning shakli bilan mazmuni o'rtasidagi nomuvofiqlik va anashu nomuvofiqlik natijasida yuzaga kelgan beo'xshov ziddiyatdir.