Birlamchi Etalon mamlakatda eng aniq (shu birlikdagi boshqa ETALONga nisbatan) birliklarni qayta tiklashni taʼminlaydi. Ikkilamchi Etalon qiymati birlamchi qiymat boʻyicha belgilanadi. Maxsus Etalon alohida sharoitlarda birliklarni qayta tiklashni taʼminlaydi va shu sharoitlar uchun birlamchi Etalon vazifasini oʻtaydi. Davlat ETALONlari mamlakat uchun dastlabki oʻlchov birligi sifatida rasmiy tasdiqlangan birlamchi yoki maxsus ETALONdan iborat.
ETALONguvoh davlat ETALONining saqlanishini tekshirish va buzilgan yoki yoʻqolgan taqdirda uni almashtirish uchun moʻljallangan ikkilamchi ETALONdan iborat. Solishtirma ETALON biror sababga koʻra bir-biriga solishtirish mumkin boʻlmagan ETALONni solishtirish uchun moʻljallangan ikkilamchi ETALON Ishchi ETALON birliklarning oʻlchamlarini yuqori aniqlikda oʻlchaidigan namuna vositalariga, baʼzan eng aniq ishchi oʻlchash vositalariga oʻtkazish uchun moʻljallangan. ETALONnusxa birliklarning oʻlchamlarini ishchi ETALONga oʻtkazish uchun moʻljallangan ikkilamchiETALONdan iborat.
Bosim etaloni Fluke etaloni Kilogram etaloni Vaqt etaloni
Oʻlchamlar va ogʻirliklar xalqaro byurosi tayyorlagan metr va kilogrammning platinairidiyli ETALONlari xalqaro va milliy ETALON hisoblanadi. Har bir mamlakatda,shu jumladan, Oʻzbekiston Respublikasida saqlanadigan metr, kilogramm, volt, om, sham va lyumen ETALONlari xalqaro ETALON bilan solishtirib turiladi. Ishlab chiqarilayotgan biror mahsulotni taqqoslash uchun namuna, oʻlchov ETALONlardan foydalaniladi. Masalan, don, kanop tolalari namunasi va boshqalar Oʻzbekistonda ETALON larni saqlash va ulardan foydalanish masalalari bilan "Oʻzstandart" agentligi shugʻullanadi. Hammamizga ma’lumki hech qanday mahsulot, u mashinasozlik sohasida bo’ladimi, yengil sanoati mahsulotimi, oziq-ovqat mahsulotlari bo’ladimi, tibbiyot, inson xavfsizligi yoki biror xizmat ko’rsatish sohasi bo’ladimi o’lchashsiz yaratilmaydi va bajarilmaydi.
Dastlabki etalonlar, ularning kelib chiqish tarixi. Bundan ikki yuz yillar avval "o‘lchovlarning metrik tizimi" tuzilib, ta’sis etilgan. Metrik tizim 1875-yil 20-mayda Parijda 20 ta mamlakatlar vakillarining konferensiyasida qabul qilingan va Metrik Konvensiyasi nomini olgan. Konvensiya metrik etalonlarni saqlash va tekshirish uchun ilmiy muassasa sifatida o‘lchovlar va tarozilar xalqaro byurosini ham ta’sis etdi. Metrik tizimning joriy etilishi bilan kattaliklarning birliklari orasida muayyan qonuniyat asosida o‘zaro bog‘liqlik borligi aniqlangan. Masalan, uzunlikning (metr) "o‘zgarmas birligi" sifatida yer meridianining qirq milliondan bir ulushi tanlangan. O’lchovlar va tarozilar XVII bosh konferensiyasining - O‘TBK (1983 y) qarorlariga muvofiq uzunlik birligi metrni yangi ta’rifi qabul qilingan. Bu ta’rifga, shuningdek qiymati 8,8418817.10-12 F/m teng deb qabul qilingan vakuumning elektrik doimiyligi ε0 ham kiradi.