Etika bo‘yicha milliy qo‘mitaning istiqboli haqida gapirganda, uning maxsus bioetika, zamonaviy genetika va reproduktiv texnologiyalar (yangi reproduktiv texnologiyalarni qo‘llash, surrogat onalik, sun’iy urug‘lantirish, homilani olib tashlash masalalari, global iqlim o‘zgarishi sharoitida inson geni tadqiq qilinishini tartibga solish) sohasidagi faoliyat ko‘lamini kengaytirish va ta’sirini kuchaytirish lozimligini ta’kidlash joiz. SHuningdek, mazkur qo‘mita a’zolarining bioetika muammolariga taalluqli qonunlarni ishlab chiqish va qabul qilishda ishtirok etishlari maqsadga muvofiqdir. Xalqaro huquqning norma va tamoyillariga asoslangan holda «Bioetika to‘g‘risida»gi qonunni tayyorlash va qabul qilish, bunda mamlakatimizdagi diniy konfessiyalar, aholi mentalitetining o‘ziga xos jihatlari hisobga olinishi kerak.

Bugungi kunda axloqiy ekspertiza xulosasisiz g‘arbdagi birorta mamlakatda insonda tajriba o‘tkazilishi mumkin emas. Bioetika qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi qoshida ham tuzilgan bo‘lib, unga akademik M.S. Abdullaxo‘jaeva rahbarlik qilmoqda. YUNESKO ishlari bo‘yicha o‘zbekiston Respublikasi Milliy komissiyasining taklifiga va Ibn Sino Xalqaro Jamg‘armasi Boshqaruvining qaroriga binoan mazkur jamg‘arma qoshida O‘zbekiston Respublikasining Bioetika Milliy qo‘mitasi tuzildi.