O‘zbekiston Respublikasining «Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida»gi qonuni demokratik xususiyatga ega ekanligiga qaramay, unga kiritish lozim bo‘lgan bioetika muammolarini huquqiy jihatdan ishlab chiqishga yanada fundamental yondashish talab etiladi. Bioetikaning huquqiy asoslari va uni o‘zbekiston Respublikasida ta’minlash kafolatlari masalasini ko‘tarish zarur.

Dori vositalarining xavfsizligi va samaradorligi muammolari ilmiy isbotlovchi tibbiyot nuqtai nazaridan Farmatsevtik bioetika masalalarini nazorat qiluvchi etika qo‘mitalarining faoliyati Jahon vrachlar uyushmasining Xelsinki deklaratsiyasida ta’riflangan axloqiy va huquqiy prinsiplarga asoslanadi (mazkur prinsiplar Finlyandiyaning Xelsinki shahrida 1964 yil iyunda bo‘lib o‘tgan Jahon vrachlar uyushmasi 18-chi Bosh assambleyasida qabul qilingan). «JSSTning etika qo‘mitalariga tavsiyalari» ruhi quyidagi so‘zlarda ifodalangan: «Etika qo‘mitalari o‘z tarkibida, qarorlar qabul qilish tartib-taomillari va mexanizmlarida siyosiy, ma’muriy-boshqaruv, idoraviy, kasbiy va moliyaviy-iqtisodiy ta’sirlardan mustaqil bo‘lishi lozim».
Dori vositalarining xavfsizligi va samaradorligi, diagonostika, davolash, profilaktika qilishning yangi usullari muammolari tibbiyotda yangi bilim sohasi – ilmiy isbotlovchi tibbiyot (IIT)ning rivojlanishi hamda axborot texnologiyalarining jadal rivojlanishi bilan bog‘liq. Xorijda ilmiy isbotlovchi tibbiyotning rivojlanishiga zamonaviy axborot texnologiyalari sohasida, ayniqsa, biostatistika sohasida erishilgan yutuqlar katta yordam berdi, natijada tibbiy qarorlar va ilmiy tadqiqotlar natijalarining sifatiga yanada tez va ob’ektiv baho berish imkoniyati tug‘ildi. Bunga xorijdagi tibbiyot oliy o‘quv yurtlari va markazlarida epidemiologiya va biostatistika fakultetlari va bo‘limlarining ko‘pligi ham ko‘maklashdi.