KASALLIK YAKUNI Kasallikning qanday yakun topishi asosan kasallikning shakli bilan belgilanadi, umuman olganda shartli yomon hisoblanadi va hatto to’g’ri va o’z vaqtida davolashda ham o’limga olib kelishi mumkin.
Teri shakli to’g’ri davolanmasa, o’lim ko’rsatkichi 10-20% ni tashkil qiladi. Kasallikning o’pka shaklida, qo’zg’atuvchining shtammiga qarab, o’lim darajasi 90-95% ni tashkil qilishi mumkin. Ichak shakli — taxminan 50%. Kuydrigili meningit — 90%.
DAVOLASH Kompleksli va individuallashtirilgan bo’lishi kerak.
Davolash uchta komponentdan tashkil topgan bo’lishi lozim.
•etiotrop
•patogenetik
•simptomatik
Kuydirgini teri (yarali) shaklini davolashdatsiprofloksatsin, doksitsiklin va amoksitsillin Imipenem, klindamitsin, rifampin, makrolidlar kabi antibiotiklardan foydalaniladi.
Maxsus immunoterapiyada kuydirgiga qarshi globulin quyidagi dozalarda foydalaniladi:
•Engil kechishida 20 ml gacha
•O’rta og’ir kechishida–20-40 ml
•Og’ir kechishida–60-80 ml
•Zaruriyat tug’ilganida muolajalarni qaytarish mumkin
• Kurs dozasi 300 - 400 mlga yetishi mumkin (septik shaklida)
PROFILAKTIKA VA EPIDEMIYAGA QARSHI CHORA TABDIRLAR 1.Kuydirgini oldini olish chora-tadbirlari kompleks reja asosida olib boriladi.
2.Kompleks reja har bir tuman, viloyat, respublika uchun mahalliy sharoitlarni va chorvachilikning rivojlanishini hisobga olgan holda tuziladi va unda quyidagilarni inobatga olish lozim:
1. Kuydirgi jihatidan noxush punktlarni hisobga va ro’yxatga olish.
2. Ushbu noxush punktlarda qishloq xo’jalik va uy hayvonlarini yoppasiga kasallikka qarshi emlash.
3. Bu punktlarda sog’lomlashtiruvchi meliorativ va agrotexnika choralarini o’tkazish, suv havzalarini ifloslanishdan saqlash.
4. Hayvonlarni haydash yo’lida, boqish maydonlarida, saqlanadigan xonalarni muntazam nazorat qilib borish.
5. Teri tayyorlash, saqlash, tashish va qayta ishlash jarayonida veterinariya – sanitariya qoidalariga amal qilish.
6. Hayvonlar orasida kuydirgini ajratish hamda ularni chivin va pashshalar chaqishidan muhofaza qilish, o’choqlarda epizootologik tekshiruv o’tkazish, o’lgan hayvonlarni yuqumsizlantirish, o’choqlarda joriy va yakunlovchi dezinfektsiya o’tkazish.
7. Aholining dekretiv guruhi (qassoblar, chorvadorlar, hayvon mahsulotlarini qayta ishlovchilar, cho’ponlar va boshqalar)ni kuydirgiga qarshi emlash.
8. Aholi orasida sanitariya maorifi ishlarini olib borish.
9. Kasallik aniqlangan hudud alohida hisobga olinib, xo’jalikdagi hayvonlar kuydirgiga qarshi emlanadi va atrofdagi hayvonlar ustidan nazorat o’rnatiladi.
10. O’lgan hayvonlar jasadini 2 m chuqurlikka 25 sm qalinlikdagi xlorli ohaq aralashmasi solib ko’miladi. Kuydirgi aniqlangan xo’jalik yoki o’choqda 15 kunga karantin e’lon qilinadi.
11. Xo’jalik hayvonlarini umumiy suv havzalarida sug’orish ta’qiqlanadi. Kasal hayvon turgan bino yaxshilab tozalanadi, xar 7 kunda va yakunlovchi dezinfektsiya qilinadi.
12. Hayvonlarni parvarish qiluvchi buyumlar ham zararsizlantiriladi. Bunda metall buyumlar, brezent, paxta anjomlari qaynatiladi yoki 1% li sodada 90 daqiqa saqlanadi, bug’-formalin kamerasida tutiladi yoki sulema karbol kislotasiga botirib qo’yiladi.
13. Kasal mollarni boqadigan shaxslar orasida shoshilinch profilaktika (antibiotiklar, immunoglobulin) ishlari o’tkaziladi.
EPIZOOTOLOGIYASI Ifloslangan tuproq kuydirgining manbai hisoblanadi.
Hayvonlar orasida kuydirgining ko’plab tarqalishi yilning fasliga aloqador bo’lib, asosan hayvonlarni cho’llarda boqish jarayoniga bog’liqdir. Hayvonlar o’t va o’simlik ildizlarini yulib chaynaganda kasallanadilar.
SHuningdek kasallik hayvonlarga havo-tomchi, chang-to’zonlar bilan yuqori nafas yo’llari orqali yuqadi.
Sog’lom hayvonga kuydirgi transmissiv yo’l bilan, turli xil qon so’ruvchilar, ikki qanotli sudralib yuruvchilar orqali ham yuqishi mumkin.
Hayvonlarda kuydirgining klinik belgilari Kasallikning yashirin davri 1-3 kun, ba’zida 8 kun davom etadi. Kasallik o’tkir, birdan, ba’zan esa yarim o’tkir yoki yashin tezligida boshlanadi. Xastalik yashin tezligida boshlanganda hayvon birdan yiqilib, og’zi, burni va boshqa a’zolaridan qon aralash suyuqlik (ko’pik) ajraladi, hayvon bezovtalanadi, qo’zgaluvchan bo’lib qoladi, nafas olishi va tomir urishi tezlashadi, tez orada tirishish alomatlari yuz berib, yurak faoliyati susayadi, hayvon nobud bo’ladi.