Etimologiya Kuydirgi etiologiyasi


Hayvonlardagi kuydirgi kasalligi quyidagi xususiyatlar bilan tavsiflanadi



Yüklə 194,1 Kb.
səhifə3/8
tarix25.09.2023
ölçüsü194,1 Kb.
#148339
1   2   3   4   5   6   7   8
kuydurgi kasaligi

Hayvonlardagi kuydirgi kasalligi quyidagi xususiyatlar bilan tavsiflanadi:

  1. Odatda 3-4 kundan oshmaydigan qisqa inkubatsion davr;

  2. Kuchli isitma holatidagi, yurak-tomir faoliyatining zaiflashuvi, meningeal hodisalar, qonli ich ketish va qayt qilish shaklidagi sezilarli klinika;

  3. Infektsion jarayonning tez rivojlanishi, odatda, birinchi 2-3 kun ichida hayvonlarning o’limiga olib keladi.

Yirik shoxli qoramol va otlar: odatda, o’tkir va o’tkir osti shaklda kechadi. Tavsiflanishi:

  • Septik shakl: haroratning keskin ko’tarilishi, apatiya, hosildorlikning pasayishi, bosh, bo’yin va bo’yin ostida osilib turuvchi terining shishishi bilan;

  • Ichak shaklida: apatiya, oziqlanishdan bosh tortishi, qonli ich ketish va qusish, timpaniya bilan.

Cho’chqalar: (anginoz shakl) faqat cho’chqalarda yuzaga keladi va alomatlarsiz kechadi; o’zgarishlarni faqat limfa tugunlarining xarakterli kataral-gemorragik yallig’lanishi bo’yicha tana go’shtini veterinariya-sanitariya tekshiruvi vaqtida aniqlash mumkin.
Kuydirgi epizootiyalari geografik jihatdan tuproq o’choqlariga — patogenlar omboriga bog’langan. Birlamchi tuproq o’choqlari yaylovlarda, og’ilxonalarda, hayvon murdalarini ko’mish joylari va shunga o’xshash joylarda kasal hayvonlar ajralmalari bilan tuproqning bevosita zararlanishida shakllanadi. IkkIkkilamchi tuproq o’choqlari sporalarning yomg’ir, erigan va oqava suvlar bilan boshqa joylarga tarqalishida hosil bo’ladi.
Zararlanish ko’plab yuqish omillari ishtirokida sodir bo’lishi mumkin. Ularga kuydirgi sporalari bilan zararlangan kasallangan hayvon terisidan ajraladigan ajralmalar, ichki a’zolari, go’sht va boshqa oziq-ovqat mahsulotlari, tuproq, suv, havo, atrof-muhit ob’yektlari kiradi.
Odamlarda kuydirgiga sezuvchanlik organizmning yoshi, jinsi va boshqa fiziologik xususiyatlariga bog’liq emas; u zararlanish yo’llari va infektsiyalovchi dozaning miqdori bilan bog’liq.

PATOGENEZ
Kuydirgi infektsiyasi uchun darvoza odatda jarohatlangan teri hisoblanadi. Kamdan-kam hollarda batsilla nafas yo’llarining shilliq qavatlari va oshqozon-ichak trakti orqali kiradi. Patogen teriga kirgan joyda kuydirgi karbunkuli hosil bo’ladi, u nekrozli yallig’lanish, qo’shni to’qimalarning shishishi va regionar limfadenitli seroz-gemorragik o’choq shaklida bo’ladi.

Infektsiyaning kirish darvozasidan qat’iy nazar, kasallikning birinchi bosqichi lokalizatsiyali regionar limfa tugunlarining shikastlanishi, ikkinchi bosqichi — jarayonning generalizatsiyasi bilan namoyon bo’ladi.


Kuydirgining teri shaklida kuydirgi qo’zg’atuvchising qonga yorib o’tishi va kasallikning septik shakli rivojlanishi bilan infektsiyasining generalizatsiyasi juda kamdan-kam hollarda sodir bo’ladi.
Kuydirgili sepsis odatda patogenning nafas yo’llari yoki oshqozon-ichak traktining shilliq qavatlari orqali kirganida rivojlanadi. Bunday hollarda traxeobronxial yoki mezenterial limfa tugunlari to’siq vazifasining buzilishi jarayonni generalizatsiyasiga olib keladi. Bakteriemiya va toksinemiya infektsion-toksik shokga olib kelishi mumkin.

Yüklə 194,1 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin