Etimologiya Kuydirgi etiologiyasi



Yüklə 194,1 Kb.
səhifə7/8
tarix25.09.2023
ölçüsü194,1 Kb.
#148339
1   2   3   4   5   6   7   8
kuydurgi kasaligi

Yirik shoxli hayvonlarda kasallik yarim o’tkir turda kechganida hayvonning tana harorati ko’tariladi (40-45 gradusgacha), eti uvishib mushaklari qisqaradi, tomir urishi tezlashadi, nafas olishi qiyinlashadi. Ovqat yemay qo’yadi, nafas olishi yanada tezlashadi, hiqildog’i shishadi, nafas olganda shovqin paydo bo’ladi. Qorni shishadi, ichakdan qon aralash suyuqlik ajralib chiqadi, siydik bilan qon ketadi, natijada hayvon tezda nobud bo’ladi. Sigirlarning sut berishi kamayadi, suti sarg’ish qon tusli bo’lib, mazasi taxir bo’ladi.
Otlarda kuydirgi asosan ichak va teri shaklida bo’lib, infilьtratlar chuqur joylashadi, ular gangrena va parchalanish bilan tugaydi. Kasallik 8-36 soat, ba’zan esa 3-6 kun davom etadi.
Mayda shoxli hayvonlarda kasallik yashin tezligida o’tadi va hayvonlarning to’satdan nobud bo’lishi bilan tugaydi. Ularning ichki a’zolarida gemorragik shishlar paydo bo’ladi.
CHo’chqalarda esa kasallik mahalliy uzgarishlar bilan kechadi: bo’yin, ko’krak qafasi shishadi, nafas olishi qiyinlashadi, qusish, yo’talish, xirillash alomatlari paydo bo’ladi. Burun va og’iz bo’shlig’i shilliq kavati ko’kimtir-qizil rangli bo’ladi, tilda va qattiq tanglayda shishlar, karbunkullar paydo bo’ladi, cho’chqa asfiksiyadan nobud bo’ladi. CHo’chqalarda kuydirgi ba’zan surunkali turda o’tishi mumkin.
Demak kuydirgi kasalligining belgilari kasallangan hayvonlarning turiga qarab turlicha bo’lishi mumkin. SHu sababli kuydirgi bilan kasallangan hayvonlarni o’z vaqtida aniqlash, boshqa hayvonlardan ajratish hamda epidemiyaga qarshi chora-tadbirlarni o’z vaqtida boshlash katta epidemiologik ahamiyatga ega.
Hayvonlar turli yo’llar bilan zararlanadilar:
Alimentar: sporalar tuproq (o’t-o’lanlar yeganda) va suv (suv ichganida) bilan yuqadi
Asosan qurg’oqchilik davrida hayvonlar zararlanadilar
Kam xollarda molxonalarda boqilgan mollar infektsiya bilan zararlangan yemlarni yeganida kasallikka chalinadilar.
Hayvonlarni ikkinchi zararlanish yo’li–
Yüklə 194,1 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin