transmissiv–so’nalar chaqishi oqibatida bo’lishi mumkin.
Hayvonlarda kuydirgi kasalligi tarqalgan shaklda o’tkir va yashin tezligida kechadi va kasallanganlarni 95% nobud bo’ladi.
EPIDEMIOLOGIYASI Kuydirgi kasalligining asosiy manbalari bo’lib qishloq xo’jalik va uy hayvonlari ( yirik va mayda shoxli hayvonlar, qo’y, echki, ot, tuya va boshqalar) hisoblanadi. Hayvonlarda kasallik ko’pincha ichak shaklida o’tadi. SHuningdek xastalik it, mushuk va kemiruvchilardan ham yuqishi mumkin.
SHuning uchun ham kasbga taalluqli va qishloq xo’jalik ishlari bilan shug’ullanuvchi shaxslar ustidan epidemiologik nazorat o’rnatish zarur. Xastalik asosan veterinariya xodimlarining ruxsatisiz qishloq xo’jalik va uy hayvonlarini so’yish, go’shtini nimtalash va odamlarga tarqatib yuborish, iste’mol qilish natijasida kelib chiqadi.
Odamga kasallik bemor hayvonlarni parvarish qilish, ularni majburiy so’yish, o’lgan hayvonning terisini shilib olish, kasallangan hayvonlarning terisini, junini, shoxini, suyagini qayta ishlash jarayonida bevosita muloqot orqali yuqadi.
Odam kuydirgi bilan bemor hayvonlar mahsulotlaridan tayyorlangan kiyim-kechak (palьto, po’stin, yungli yoqa, qo’lqop va shunga o’xshash) larni kiyganda, ba’zan esa kasal hayvon mahsulotlari (go’sht, sut) orqali va shuningdek, teri va jun kabi mahsulotlarni qayta ishlash jarayonida ifloslangan havo-chang orqali ham yuqishi mumkin.
Sog’lom odamga batsillalar terining ochiq qismi, nafas olish (ifloslangan havo orqali) va ovqat hazm qilish (ifloslangan oziq-ovqat mahsulotlari orqali) a’zolarining shilliq qavati orqali o’tadi.
Ba’zan esa laboratoriya sharoitida zararlanish, diversion (terroristik) qo’llashlar orqali kasallanish hollari kuzatiladi.