Eurasian journal of academic research



Yüklə 0,79 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/4
tarix22.05.2023
ölçüsü0,79 Mb.
#119376
1   2   3   4
document

Asar sarlavhasi. Xamsachilik an’anasiga 
ko‘ra, ushbu beshlikning birinchi dostoni 
so‘fiyona-falsafiy, 
pandona 
ruhdagi 
doston.Dostonning kirish boblaridan asar 
sarlavhasining mazmuni yaqqol bilinib 
turadi. Yaxshilik bilan nom chiqargan 
kishilar – Rasuli akramning solih ummatlari 
Naqshbandiy, 
Xoja 
Ahror 
Valiy, 
Abdurahmon Jomiy hamda Nizomiy va 
Xusrav Dehlaviylarning tavsifi doston 
muqaddimasida bayon etiladi va bu holat 
dostondagi maqolot va hikoyatlar uchun 
ma’lum bir ma’noda ochqich vazifasini 
o‘tagan. 
Negaki, 
Navoiy 
,,Saddi 
Iskandariy‘‘ning xotimasida ,,Xamsa‘‘ni 
yozishni qanday boshlagani taassurotlari 
to‘g‘risida yozar ekan, ,,…boshlab ko‘nglim 
rag‘bati bilan ,,Hayrat ul-abror‘‘ni yozar 
ekanman, u el-ulusni hayratga solib 
yubordi,‘‘ qabilidagi fikrlarni bildiradi. 
Demak, shoir doston nomlanishida shu 
muddaoda bo‘lgan bo‘lsa ajab emas. 
Lirik kirish, chekinish, xotima. Mazkur 
boblarda kompozitsiyaning lirik kirish, lirik 
chekinish va lirik xotima kabi vositalarini 
kuzatishimiz mumkin. Miqdor jihatidan bu 


EURASIAN JOURNAL OF ACADEMIC RESEARCH 
Innovative Academy Research Support Center 
UIF =
 8.1 | SJIF = 5.685 
www.in-academy.uz
 
Volume 2 Issue 10, September 2022 ISSN 2181-2020 
Page 219 
vositalarning qo‘llanilishi teng emas. 
Xususan, lirik kirish o‘n sakkizinchi bob – 
birinchi hayrat bobidagina uchrasa, lirik 
chekinish o‘n to‘rtinchi va o‘n yettinchi 
boblardagina mavjud. Lirik xotima esa bu 
ikkisiga nisbatan ko‘proq, ya’ni o‘n ikki 
bobda lirik xotima bor. Bu turlichalikning
sababini mumtoz badiiy asarga xos 
xususiyat deb tushunamiz, albatta.
Lirik kirish: (XVIII bob)
Subhdur, ey soqiy, etib mehr fosh, 
Tut manga bir jom nechukkim quyosh. 
Tong qushi chun berdi payomi sabuh, 
No‘sh etayin bir-ikki jomi sabuh. 
Subh safoliq mayidin mast o‘lay, 
Tong qushig‘a nolada hamdast o‘lay.
O‘n yettinchi bobda shoir o‘quvchiga 
ko‘ngilning tavsifini boshlar ekan, 
fikridan to‘xtab, o‘ziga savol berib qoladi, 
ya’ni fikran chekinadi. 
Lirik chekinish: ( XVII bob) 
eyki, ko‘ngul vasfi bayon aylading,
sen bu ko‘ngulni ne gumon aylading. 
Gulshani jisming aro gul g‘unchasi –
Bitsa, gumon etma ko‘ngul g‘unchasi. 
Va bu ko‘ngil g‘uncha emas, qon ekanligi 
kabi mulohazalarida davom etadi. 
Ma’lumki, birinchi bobda ,,Bismillohir 
rahmonir rahiym‘‘ jumlasining mazmuni 
kitobat san’ati orqali keng mushohada qilib 
berilgan, tahlil qilingan. Bob yakuniga kelib 
ikki qavm – ahli rad va ahli qabul uchun bu 
oyat harflarining ikki xil ahamiyat kasb 
etishi aytiladi: 
Azmida ul qavmg‘a dog‘ uzra dog‘, 
Qati’da bu xaylg‘a bog‘ uzra bog‘. 
Bu fikrlarning so‘ngida shoir o‘zi uchun 
chiqargan xulosasi lirik xotima hisoblanadi. 
Chunki unda subyektivlik bor. 
Lirik xotima: istabon, ey xasta Navoiy, navo, 
Bo‘yla safarg‘a qilur ersang havo. 
Yo‘l yomon-u yaxshisidin yema g‘am, 
Bismilloh, degil-u qo‘yg‘il qadam. 
Birinchi munojot, ya’ni uchinchi bob 
yakunida borliqni yaratishdan asosiy 
maqsad olamning hikmati va gultoji, 
koinotning mohiyati inson ekanligini 
alohida iftixor va shukronalik bilan qayd 
qilib o‘tadi va xotima qiladi: 
Ayla Navoiyni burun odamiy,
Kim bo‘la olg‘ay bu haram mahrami. 
XVIII bob – birinchi hayrat bobida peyzaj 
tasvirini kuzatishimiz mumkin. 
Qaysi eram, gulshani minusirisht, 
Gulshani minu dema, bog‘i bihisht. 
Har shajari sidrag‘a bosh yetkurub, 
Shoxin aning shoxiga chirmashturub. 
Barglari ko‘kka qilib sarzanish, 
Soyasida mehr topib parvarish. 
Sarvlari sarkashu zangorgun, 
Har biri ko‘k borgahig‘a sutun. 
…suv bo‘lubon royihasidin gulob, 
Soyasi tufrog‘ni qilib mushki non. 
Bu peyzaj tasviri orqali shoir Yaratganning 
qudrati hamda insonning bu yaratiqlar 
qoshida lolligi, ojizligini ko‘rsatmoqchi. Bu 
yaratiqlarning barchasi Yaratganni eslar va 
unga shukur aytar edi. Mazkur bobda 
ko‘ngilning qay makonda paydo bo‘lgani 
hamda uning holati tasviri beriladi.
Ikkinchi hayratda ko‘ngilning farishtalar 
olamiga sayri orqali to‘qqiz osmon tasviri – 
peyzaj beriladi. Ko‘ngil birinchi chaman – 
(osmon) sayrida oyni uchratdi: 
Zoti aning javhare erdi basit, 
Olam anga markaz o‘lub, ul Muhit. 
Halqa bo‘lub javhari ulviy xirom, 
Xotam anga nuqtai sifliy maqom. 
Halqa dema, balki mudavvar lagan, 
Sham’i anga mash’alai anjuman. 
Bu tasvirlar go‘yoki Oyning sifatlariga 
o‘xshab tuyulsa-da, Ko‘ngilning tomosha 
qilayotgan obyekti sifatida uni lol 
qilayotgan tabiatning bir bo‘lagi, mudavvar 
- …durli lagan. Oydam keyin tasvirlangan 



Yüklə 0,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin