EURASIAN JOURNAL OF ACADEMIC RESEARCH
Innovative Academy Research
Support Center
UIF =
8.1 | SJIF = 5.685
www.in-academy.uz
Volume 2 Issue 10, September 2022 ISSN 2181-2020
Page 220
Quyosh haqida ham shunday deyishimiz
mumkin:
Gavhari sarchashmai jondin yoruq,
Har ne yo‘q ondin yoruq, ondin yoruq.
Bu tasvirdan ham maqsad koinotning
qanday mukammal yaratilganini ko‘rgan
Xoja- ko‘ngil – insonning Olloh mo‘jizalari,
uning qudrati oldida ojiz ekanligi hamda
Ollohning buyukligini ko‘rsatish.
Osmon
bog‘I shu qadar ajib ziynatlangan ediki,
go‘yo har bir yulduz gulga o‘xshaydi,
yulduzlar tunda kumushrang nurga ko‘milib
ko‘ringani uchun shoir ularni osmon
masxarabozining
kumushtan
qo‘g‘irchoqlari deb ataydi. Somon yo‘li esa
shunchaki cho‘ziqlik emas,
balki osmonda
sayr qilish uchun yo‘ldir. Ikkinchi hayratda
humoyunbol qush deb ta’riflangan ko‘ngil
malakut olami shabistoniga ko‘tariladi.
Shundan so‘ng u Yerni ham sayr aylagach,
unda uruj (ko‘tarilish) holati kechdi, bu
olamdan
boshqa olamga bordi, bu paytda
Xo‘tan go‘zali (Quyosh) jamolini yopib,
shamol
shabadasi yer yuziga mushk
sepishga kirishgan edi. …Nayrangbozlikni
kasb qilib olgan falak har damda yangi bir
tilsim ko‘rsatar edi:
Aylar edi charxi musha’bidshior
Har nafasi o‘zga tilism oshkor.
Baytda charx taqdir ma’nosida emas, balki
osmon, undagi jismlarni anglatib kelmoqda.
Dostonning
kirish
boblarida
kompozitsiyaning, asosan, yuqorida ko‘rib
o‘tilgan vositalarini kuzatishimiz mumkin.
Buyumlar tasviriga peyzaj tarkibidagi
osmon jismlarini –
sayyoralar tasvirini,
Eram bog‘idagi gullar va daraxtlarning
tasvirini kiritishimiz mumkin. Demak,
bunda buyumlar tasviri kompozitsiya
vositasi peyzaj
kompozitsiyasi vositasi
tarkibida, bir-biriga bog‘liq holda, bir-birini
to‘ldirib kelgan.
Bu vositalar doston kompozitsion
butunligini
ma’lum
bir
ma’noda
ta’minlashga hissa qo‘shgan vositalar,
tamoyillardir. Bu kompozitsion bo‘laklar
bir-biri bilan mustahkam aloqada bo‘lib,
ular mutasavvuf
shoirning tasavvufona
qarashlarini to‘ldirib boradi.
References:
1. Alisher Navoiy. ,,Hayrat ul-abror’’ . – To‘la asarlar to‘plami. 6-jild. Toshkent. G‘. G‘ulom
nashriyoti. – 2011.
2. To‘xta Boboyev. Adabiyotshunoslikka kirish - ,,O‘zbekiston‘‘ nashriyoti
3. M. Qo‘shjonov. Hayot va mahorat. Toshkent. 1962.
4. U. Jo‘raqulov. A. Navoiy ,,Xamsa ‘‘sida xronotop poetikasi. Toshkent.2017.