Eurasian journal of social sciences, philosophy and culture tarixiy filmlarda syujet rivoji va kompozisiya



Yüklə 0,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/8
tarix07.04.2023
ölçüsü0,89 Mb.
#94481
növüKompozisiya
1   2   3   4   5   6   7   8
EJSSPC0223

NATIJALAR VA MUNOZARA 
Mashhur operatorlardan biri V.Chumak shunday deb yozadi: “tomoshabinga voqea 
ishtirokchisi sifatida qarash, uni dunyoqarash va bilim doirasini hisobga olish – bu kino 
san’atining rivojlanish yo‘lidagi muhim vositalardan biri hisoblanadi. Agar tomoshabinga 
fikrlash imkoni berilsagina, u film voqealarini aniq tahlil qila oladi.”
2
Yuqoridagi 
mulohazalarga tayangan holda aytish mumkinki, kino san’atining inson ongi va tafakkuriga, 
jamiyat hayotiga ta’siri katta.
Ekrandagi qahramonlar va ular tomonidan sodir etilayotgan xatti-harakat, filmda 
ko‘tarilgan mavzu, muammolar har bir tomoshabinga ta’sir etmay qolmaydi. Chunki, 
qahramonlar o‘rnida tomoshabin o‘zini tasavvur qiladi, shu sababli ham kino san’ati eng 
ommaviy san’at turi sifatida e’tirof etiladi. Odamlar orasida tomoshabin kinofilmni ko‘rish, 
tushuna bilish, hatto uni tahlil qilish va baholash uchun maxsus tayyorgarlik zarur emas 
1
Ушбу кинофабрика 1958 йилдан бошлаб “Ўзбекфильм” деб юритила бошлаган. 
2
Абулқосимова Х. Кино санъати асослари – Т.: Давлат илмий нашриёти, 2009.53-б. 


 
Innovative Academy Research Support Center 
UIF =
 8.2 | SJIF = 6.051 
www.in-academy.uz
 
Volume 3 Issue 2, February 2023 ISSN 2181-2888 
Page 128 
EURASIAN JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES, 
PHILOSOPHY AND CULTURE
degan yanglish tushuncha bor. Ko‘pchilik kishilarning bunday mulohazalari nafaqat 
tomoshabinlarning estetik didini muttasil o‘sib borishiga, ma’lum darajada kinematografiya 
sohasining ham rivojlanishiga sezilarli darajada salbiy ta’sirini ko‘rsatishi muqarrardir.
Tasviriy yechim.Tarixiy janrdagi badiiy filmlar zamonaviy mavzuda yaratilgan 
filmlardan albatta farq qiladi. Zamonaviy va badiiy filmlarni o‘zaro birlashtirib turuvchi 
yagona narsa bu filmlarda ko‘tarilgan umuminsoniy va milliy qadriyatlar bo‘lishi mumkin. 
Boshqa jabhalarda ular ko‘p jihatdan farq qiladi.
Tarixiy filmlar zamonaviy mavzularda suratga olingan filmlardan avvalo bu filmlarda 
ko‘tarilgan mavzu bilan farqlanadi. Yuqorida aytib o‘tganimizdek, tarixiy filmlar ham bir 
necha yo‘nalishlarda yaratiladi. Tarixiy biografik filmlar tarixiy bo‘yoqlar asosida taqdim 
etilayotgan filmlardan har taraflama farq qilishi tabiiy. Tarixiy filmlardagi tasviriy yechim, 
ya’ni kadr kompozitsiyasi, epizodlar kompozitsiyasi va filmning umumiy kompozitsion 
qurilishi o‘ziga xos tarzda shakllanadi. To‘g‘ri, drama nazariyasi nuqtai nazaridan film kirish 
qismi, ya’ni ekspozitsiya, tugun, avj nuqta va yechimdan iborat bo‘lishi badiiy kinodagi barcha 
ekran asarlariga xos umumiy xususiyat. Biroq har qanday film o‘z mavzusi, o‘z stilistikasi, 
o‘zida aks ettirgan tarixiy davri va boshqa ko‘rsatkichlar tomonlama biri biridan farqlanadi.
3
Tarixiy mavzudagi badiiy filmlarni yaratishda ijodiy guruh, avvalo rejissyor va 
postanovkachi operator va film bosh rassomi filmda aks ettirilayotgan davrning muhitini 
haqqoniy va ishonchli tarzda yetkazib berishga intiladilar. Yo‘l qo‘yilgan kichik bir kamchilik 
ham butun boshli filmning tomoshabinlar tomonidan sovuq kutib olinishiga sabab bo‘lishi 
mumkin.
Kompozitsiya. Tarixiy filmlardagi kadr kompozitsiyasi yoki epizod kompozitsiyasi 
o‘zining turg‘unlikka, vazminlikka asoslanganligi bilan ajralib turadi. Lekin, filmning syujet 
rivojidan kelib chiqib, janridan kelib chiqib film kompozitsiyasi, uning dinamikasi farq qilishi 
mumkin. Ko‘p hollarda tarixiy filmlarda statik holdagi tasvirlarni kuzatish mumkin.

Yüklə 0,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin