EURASIAN JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES,
PHILOSOPHY AND CULTURE
Innovative Academy Research Support Center
www.in-academy.uz
Volume 1 Issue 03, November 2021
Page 21
tovbanomasi») asari yuzaga kelgan.
Uning
qadimgi turkiy tildagi uchta nusxasi ma’lum.
Ulardan London va Berlin nusxasi moniy,
Sankt-Peterburg nusxasi esa eski uyg’ur
yozuvida bitilgan. Asarning yaratilish davri
V.V.Radlov fikricha,
taxminan V asr,
S.Ye.Malov xulosasiga ko’ra VII asrga to’g’ri
keladi. O’zbek olimlaridan professor
N.Rahmonov
tadqiqotlarida
«Xuastuanift»ning
g’oyasi,
tuzilishi,
ahamiyati keng o’rganilgan. Asar moniy
jamoasi a’zolarining madhiyasi,
ayni paytda
nizomi ham hisoblanadi. «Xuastuanift» 15
bo’limdan iborat. Kitobning ikkinchi
bo’limida Kun va Oy tangrilarning
moniylikdagi vazifalari ko’rsatiladi
hamda
ularning
haqiqiyligini
tan
olishga
chaqiriladi. S.Ye.Malovning «Qadimgi turkiy
yozma
yodgorliklar»
kitobida
ham
moniylarning tangriga tovba-tazarrulari
bitilgan ibodatlaridan parchalar keltirilgan.
Moniylik oqimi bir qator she’rlarni ham
yuzaga keltirdi. Bu she’rlarda Moniyning
shaxsiyati va u yaratgan oqimning
aqidalari
madh qilinadi. Moniy shaxsi esa deyarli
hamma she’rlarda bor. Moniyga buyuk iloh
sifatida hamdu sanolar aytiladi.
Moniylik she’rlarining sanasi aniq emas,
lekin bir nechi
yuz yillar davomida bu
she’rlar yaratilganini taxmin qilish mumkin.
Turk xoqonligi davrida, bu xoqonlik tugab,
uning o‘rniga turkiy qavmlarning eng katta
qabilalaridan uyg‘urlar hokimiyat tepasiga
kelgan davrda ham moniylik she’rlari
yaratildi. Bu tarixiy jarayon VII-IX asrlar
boshlariga to‘g‘ri keladi.
Barcha moniylik
she’rlarining g‘oyasi va maqsadi bir-biriga
yaqin bo‘lgani uchun u yoki bu timsol
she’rdan – she’rga ko‘chaveradi. “Xudodan
shafqat tilash” yoki “narigi dunyoda huzur-
halovatga erishish”ning tashvishigina emas,
balki moniylik oqimini barcha ta’sirchan
vositalar orqali targ‘ib
va tashviqi qilish
muhim rol o‘ynadi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
1.Abduraxmonov A. “Turkiy adabiyotning qadimgi davri” T. 2005
2.
Nihad Sami Banarli. Resimli Turk Edebiyati tarihi. – İstanbul: Milli Eğitim Basimevi, 2001.
3.
3.www.ziyonet,uz
4.
4.www.arxiv.uz