Evolyusion jarayonning o’rganish metodlari. T. I.: «uch parallel uslubi», morfologik, embriologik va paleontologik usullar, biogeografik va sistematik usul, genetik, molekulyar biologik va immunologik usullar


Variant 43 Taksonlarningasosiyturlari. Monotipik, politipik, monofiletik, polifiletik, parafiletik



Yüklə 0,5 Mb.
səhifə113/196
tarix02.01.2022
ölçüsü0,5 Mb.
#44660
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   196
HZTF javoblari.

Variant 43

  1. Taksonlarningasosiyturlari. Monotipik, politipik, monofiletik, polifiletik, parafiletik

  2. Bo’g’imoyoqlilarningsistematikasi. T.I.: Bo’g’imoyoqlilarningasosiytaksonlari: kenja tip, sinfvakenjasinflar.

  3. Evolyusionjarayonningo’rganishmetodlari. T.I.: «uch parallel uslubi», morfologik, embriologikvapaleontologikusullar, biogeografikvasistematikusul, genetik, molekulyarbiologikvaimmunologikusullar.

  4. HayvonlarnisistemasolishdaAristotelishlari. T.I.: qonlilar, vaqonsizlar, Aristotelsistemasi, kamchiliklari.

  5. Bir hujayralilarningzamonaviytasnifi. T.I.: Ruppert sistemasi, Xikmannsistemasi, V.VestxaydevaR.Rigersistemasi.



  1. Bitta umumiy ajdoddan kelib chiqqan va uning yagona avlodlari hisoblangan opa-uka taksonlar monofiletik taksonlar deb ataladi. Kladistikaning pirovard maqsadi faqat monofiletik taksonlardan tuzilgan to’liq filogenetik daraxtni tuzishdir.

Yuqorida aytilgan kladistik usulni bo’g’imoqlilar misolida ko’rib chiqamiz (1-rasm). Ikki xil takson sifatida qisqisbaqasimonlar va traxeyalilarni (hasharotlar va ko’poyoqlilar) olamiz. Bu ikki takson vakillari umumiy belgi- mandibulaga (boshning bitta sigmentidagi oyoqchalardan hosil bo’lgan jag’lar) ega. Mandibula boshqa hayvonlarda uchramaydi va qisqisbaqasimonlar va traxeyalilar uchun sinapomorfiy hisoblanadi. Sinapomorfiyning mavjudligi shuni ko’rsatadiki, opa-uka taksonlar (Cruatacea va Tracheata) bitta monofiletik taksonni hosil qiladi va bu monofiletik taksonda mandibulalar evolyusion yangilik sifatida paydo bo’lgan. Monofiletik takson aniqlangandan so’ng unga nom beriladi. Bizning holatimizda bu nom –Mandibulata.

Ma’lum bir darajadagi takson boshqa pastroq darajadagi bitta yoki bir necha taksonni o’ziga birlashtirishi mumkin. Agar taksonga o’zidan bir darajaga pastdagi taksonlardan faqat bittasi mansub bo’lsa, bunday takson monotipik takson deyiladi. Agar taksonga o’zidan bir darajaga pastdagi taksonlardan bir nechtasi (ikkita va undan ortiq) mansub bo’lsa bunday takson politipik takson deyiladi. Henning 3 xil guruhlarni farqlagan: monofiletik, parafiletik va polifiletik. Monofiletik guruhlar yaqindagi ajdod va uning barcha avlodlarini o’z ichiga oladi. Boshqacha aytganda bitta umumiy ajdoddan kelib chiqqan barcha guruhlarni o’z ichiga olgan guruhga monofiletik guruh deyiladi. Monofiletik guruh sinapomorfiyalar orqali ajratib olinadi.

Parafiletik guruh ajdodni va avlodlarning bir qismini o’z ichiga oladi va pleziomorfiyalar orqali ajratib olinadi.

Polifiletik guruhlar umumiy ajdoddan kelib chiqqan avlodlardan bir qismini o’z ichiga oladi, biroq shu umumiy ajdodni o’z tarkibiga kiritmaydi. Polifiletik guruhlar shakllanishiga gomoplaziyalarni gomologiya sifatida qabul qilish sabab bo’ladi.





6-rasm. V.Henning bo’yicha organizmlarning guruhlari (taksonlarning turlari)

Parafiletik guruhga Reptiliya taksonini misol qilish mumkin, chunki odatda unga undan kelib chiqqan qushlar sinfini kiritmaydilar. Polifiletik guruh sifatida zamburug’lar, suv o’tlar va sarkodalilarni misol qilish mumkin. Bu guruhlarning har biri ichidagi kichik guruhlar o’zaro mustaqil kelib chiqishga ega.

Henning nuqtai nazaridan monofiletik, parafiletik va polifiletik guruhlar umumiy kelib chiqishga qarab aniqlanadi. Lekin keyinchalik Platnik (1979) va Patterson (1982)aytganidek hali aniqlanmagan narsaga asoslanib xulosa qilish mumkin emas. Shu tufayli kladistik tahlil sinapomorfiy prinsipi asosida guruhlar tuzishdan boshlanadi. Keyin esa olingan klassifikatsiyani filogenetik asosda qayta ko’rib chiqish lozim. Shunday qilib, filogenez – tahlil uchun emas, balki, tahlil natijalarida aniqlangan taksonomik aloqalarning umumiy ko’rinishini (pattern) muhokama qilish uchun kerakli bo’ladi. Bu yo’nalishni pattern-kladistika deb ataydilar.


  1. Bo’g’imoyoqlilarningsistematikasi. T.I.: Bo’g’imoyoqlilarningasosiytaksonlari: kenja tip, sinfvakenjasinflar. 41- 1 варианти

  2. Evolyusionjarayonningo’rganishmetodlari. T.I.: «uch parallel uslubi», morfologik, embriologikvapaleontologikusullar, biogeografikvasistematikusul, genetik, molekulyar biologic va immunologic usullar . 41- 2 чиси

  3. Aristotelning hayvonlarni guruhlarga ajratishi, ayniqsa qonli hayvonlarni guruhlarini hozirgi zamon umurtqalilarining ayrim sinflariga juda mos keladi. Lekin turlarga juda boy bo’lgan turli-tuman umurtqasizlarni guruhlarga ajratilishi esa juda ham yuzaki va sun’iy bo’lgan. Bundan qat’iy nazar shu narsa e’tiborga sazovorki, u o’zining hayvonlar haqidagi asarlarida tana qismlarining korrelyasiyasi (organizm organlari va qismlarining funksiyalarini bir-biriga munosibligi) haqida muhim mulohazalarni yozib qoldiradi.

Hayvonlar sistematikasi sohasida eramizdan ancha oldin yashab o’tgan Xitoy, Hindiston va Yunoniston mutafakkirlari qimmatli ma’lumotlarni yozib qoldirishgan. Bu sohada yunon olimi Arestotelni (eramizgacha 384-322 yillar ) xizmati g’oyat kattadir.      U o’zining “Hayvonlar ta’rixi” va “Hayvonlarning kelib chiqishi” kabi asarlarida o’ziga ma’lum bo’lgan 500 turdan ortiq umurtqasiz va umurtqali hayvonlar haqidagi ma’lumotlarni yozib qoldirgan. Arestotel  barcha hayvonlarni 2 ta katta guruhga, ya’ni qonli va qonsiz hayvonlarga ajratgan. Har bir katta guruhni o’z navbatida yana bir necha guruhlarga ajratgan. Masalan: qonli hayvonlarni 5 ta guruhga, ya’ni

1. Bola to’g’uvchi to’rt oyoqli, tanasi jun bilan qoplangan hayvonlar (sut emizuvchilar)

2. Tuxum qo’o’vchi ikki oyoqli patli hayvonlar (qushlar)

3. Tirik tug’uvchi oyoqsiz, suvda yashovchi, o’pka bilan nafas oluvchilar (kitsimonlar)

4. Tuxum quyuvchi oyoqsiz va to’rt oyoqlilar, o’pka bilan nafas oluvchilar (amfibiyalar va reptiliyalar)

5. Tuxum quyuvchi, terisi tangachali, jabra bilan nafas oluvchilar (baliqlar)

Qonsiz hayvonlar katta guruhini ham o’z navbatida qo’yidagi 4 guruhga ajratgan.

1. Boshida oyoqlari bo’lgan yumshoq tanlilar (bosh oyoqli mollyuskalar)

2. Shilimshiq tanlilar (mollyuskalarni boshqa barcha turlari)

3. Yumshoq po’stlilar (qisqichbaqasimonlar)

4. Hasharotlar (hasharotlar, o’rgimchaksimonlar, chuvalchanglar)

Aristotelning hayvonlarni guruhlarga ajratishi, ayniqsa qonli hayvonlarni guruhlarini hozirgi  zamon umurtqalilarining ayrim sinflariga juda mos keladi. Lekin turlarga juda boy bo’lgan turli-tuman umurtqasizlarni guruhlarga ajratilishi esa juda ham yuzaki va sun’iy bo’lgan. Bundan qat’iy nazar shu narsa e’tiborga sazovorki, u o’zining hayvonlar haqidagi asarlarida tana qismlarining korrelyasiyasi (organizm organlari va qismlarining funksiyalarini bir-biriga munosibligi) haqida muhim mulohazalarni yozib qoldiradi.



  1. 41-4 чиси


Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   196




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin