Evolyusion jarayonning o’rganish metodlari. T. I.: «uch parallel uslubi», morfologik, embriologik va paleontologik usullar, biogeografik va sistematik usul, genetik, molekulyar biologik va immunologik usullar



Yüklə 0,5 Mb.
səhifə126/196
tarix02.01.2022
ölçüsü0,5 Mb.
#44660
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   196
HZTF javoblari.

Genotipik yondashuv organizmning irsiy axboroti kompleksi ya’ni genotipni tahlil qilishga asoslangan. Genotip tabiiy tanlanishning o’rtacha hosilasidir. Uning evolyutsion o’zgarishlari miqdoriy ko’rinishda bo’lib, tasodifiy xodisalar – mutatsiyalar va kombinatsiyalarga bog’liq. Bu hodisalarning bir necha marta takrorlanishi, buning oqibatida ikkita bir xil genomning bir-biridan mustaqil tarzda hosil bo’lishi, statistic jihatdan juda kam ehtimolga ega. Shuning uchun genotiplarni solishtirish, konvergent o’xsashlik ehtimolini hisobga olmay, qarindoshlik aloqalarini aniqlashi va filogenezning kechishini aniq ko’rsatib berishi mumkin.

Shunday qilib, genetik taksonomiya evolyutsiya kechishini o’rganishning yagona obyektiv usulidir. Genetik usullarning qo’llanilishi tadqiqotlar imkoniyatlarini keskin oshiradi va taksonomiyani aniq fanga aylantiradi.

Ammo organizmning aniq sistematik o’rnini faqatgina uning genomini to’liq o’qigandan keyingina aniq aytib berish mumkin. Hozirgacha juda kam sonli turlarning genomigina to’liq o’qilgan. Genetik axborotning alohida bo’laklari bilan ishlash esa (ular qanchalik maqbul bo’lmasinlar) muhim taksonomik ma’lumotlarni o’tkazib yuborish ehtimolini yuzaga keltiradi.

Bundan tashqari genetik taksonomiya tomonidan yaratiladigan taksonlar faqatgina nukleotid ketma-ketliklar bilangina xarakterlanadi va o’z-o’zidan genetik taksonomiya bulardan boshqa hech qanday diagnostik belgilarni taklif eta olmaydi. Bunday nukleotidli diagnozlar sistematiklarning amaliy ish jarayoni uchun mutlaqo yaroqsizdir. Shuning uchun genetik xarakteristikani adekvat (mos, loyiq) fenetik belgilar bilan mustahkamlash ehtiyoji tug’iladi.

Tuban organizmlarda tarqalgan genlarning gorizontal harakati genetik metodlarga bo’lgan ishonchni keskin tushirib yuboradi. O’zaro qarindoshligi bo’lmagan organizmlar o’rtasida genetik axborot bo’laklarining almashinish ehtimoli nukleotidlar o’xshashligi qarindoshlikni anglatishi aniqligi haqidagi fikrlarni yo’qqa chiqaradi. Bundan tashqari nukleotid ketma-ketliklarining konvergensiyasi masalasi ham noaniqligicha qolmoqda. Shuning uchun genetik ma’lumotlar fenotipik ma’lumotlarga qarama-qarshi kelganda, ularga (genetik ma’lumotlarga) tanqidiy nazar bilan qarash to’g’ri bo’ladi.

Va nihoyat genetik farqlar faqat yirik taksonlardagina aniq va tushunarli bo’lib, o’zaro yaqin turlarda bunday farqlarni aniqlash muammoli bo’ladi. Shunday qilib, genetik taksonomiya o’zining fundamental ahamiyatiga qaramasdan, fenotipik ma’lumotlarga muhtoj bo’lib qolmoqda.


4 Ж Tirik organizmlarning zamonaviy klassifikasiyasi iyerarxik qoida asosida tuzilgan. Iyerarxiyaning turli darajalari o’zining nomiga ega: olam, tip yoki bo’lim, sinf, turkum yoki tartib, oila, avlod va tur. Tur o’z novbatida alohida individlardan tashkil topadi.

Har bir organizm bu kategoriyalarning hammasiga mansub bo’ladi. Murakkab sistemalarda oraliq kategoriyalar ham ishlatiladi. Masalan, katta- , kichik-, kenja- va h.o.

1990 yilda Karl Vyoze katta olam yoki domen tushunchasini ham kiritdi va barcha biologik taksonlarni 3 ta domenga: 1) eukariotlar; 2) bakteriyalar; 3) arxeylarga ajratdi. Taksonlarning nomlanishi

20-asrning boshlarida sistematikada 7 ta asosiy taksonimik kategoriyalar shakllandi.:



  • olam— regnum

  • tip — phylum (o’simliklarda bo’lim — divisio)

  • sinf — classis

  • turkum (u rasteniy tartib) — ordo

  • oila— familia

  • avlod — genus

  • tur— species

Har qanday o’simlik yoki hayvon ketma-ket tarzda shu taksonlarning har biriga mansub bo’lishi kerak. Bu taksonlar orasida oralik kategoriyalar ham mavjud. Masalan, katta tip yoki kenja tip, va h.o. Bunday kategoriyalar majburiy emas va kerakli vaqtlarda ishlatiladi, va tashlab ketirishi ham mumkin. Bundan tashqari yana qo’shimcha kategoriyalar ham ishlatiladi. Masalan, hayvonlarda kichik olam va katta tip orasida bo’lim (division), triba (tribus) –kichik oila bilan avlod o’rtasida. Bunday kategoriyalar ko’pincha qaysidir alohida taksonlar uchun ishlatiladi, masalan, hasharotlar uchun.

Biologik tizimida sakkizta asosiy taksonomik ranglar ketma-ketligi mavjud:



5-Ж 41-2 чиси


Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   196




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin