Evolyusion jarayonning o’rganish metodlari. T. I.: «uch parallel uslubi», morfologik, embriologik va paleontologik usullar, biogeografik va sistematik usul, genetik, molekulyar biologik va immunologik usullar


Bo’g’imoyoqlilarningsistematikasi. T.I.: Bo’g’imoyoqlilarningasosiytaksonlari: kenja tip, sinfvakenjasinflar



Yüklə 0,5 Mb.
səhifə138/196
tarix02.01.2022
ölçüsü0,5 Mb.
#44660
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   196
HZTF javoblari.

Bo’g’imoyoqlilarningsistematikasi. T.I.: Bo’g’imoyoqlilarningasosiytaksonlari: kenja tip, sinfvakenjasinflar.

БОРРРРРРР


  1. Linney vaKyuvesistemalari. T.I.: Sun’iysistema, sistematikkategoriyalar, Linney sistemasi, Kyuvesistemasi.

18-asrning boshlarida biologik tabiiy sohasida ko’pgina ishlar amalga oshirildi. Lekin bu klassifikasiya ancha orqaga qola boshladi. Bu muammoni hal etishda Shved tabiatshunosi K.Linney ning ishlari hal qiluvchi ahamiyatga ega bo’ldi. K.Linney o’zining «tabiat sistemasi» kitobida tabiatni 3 ta olamga: mineral (anorganik), o’simliklar va hayvonlarga ajratdi. Shuningdek, u o’simliklarning sun’iy sistemasini yaratdi.

Linney sistematikada 4 ta kategoriyadan foydalandi: sinf, turkum, avlod va tur. U tomonidan fanga kiritilgan qo’shaloq nomlash hozirgacha muvaffaqitli ishlatilmoqda (Linneygacha turlar nomi juda ko’p so’zlardan iborat bo’lgan). Keyinchalik bunday nomlash «binar nomenklatura» deb atala boshlandi. Mashhur shved olimi Karl Linney 1735 yilda nashr qilgan «Tabiat sistemasi» asarida hayvonlar sistematikasini tuzar ekan, tur taksonomik birligidan tashqari yana avlod, turkum va sinf kabi birliklarga ham asos soldi. Uning hayvonlar bo’yicha tuzgan klassifikasiyasida bir-biriga yaqin bo’lgan turlar avlodga, avlodlar turkumga, turkumlar sinfga birlashtiriladi.

Sinf eng yuqori taksonomik birlikdir. K. Linney o’ziga ma’lum bo’lgan barcha umurtqasiz va umurtqali hayvonlarni 6 ta sinfga ajratadi. Shundan 4 tasi (sut emizuvchilar, qushlar, sudralib yuruvchilar, baliqlar) umurtqalilardan iborat bo’lsa, 2 tasigina (hasharotlar, chuvalchanglar) umurtqasizlarni o’z ichiga oladi.

K. Linneyning xizmatlaridan yana biri shu bo’ldiki, u hayvonlarni lotin tilida nomlashda binar nomenklatura prinsipini joriy qildi, ya’ni har bir hayvon (shuningdek o’simlikning ham) turini qo’shaloq nom bilan atashni tavsiya etdi. K. Linney asarining birinchi nashrida 4200 tur hayvonlar haqida, ikkinchi nashrida esa (1758 y) 20000 dan ortiq hayvon turlari haqida ilmiy ma’lumotlarni yozib qoldirgan. Lekin K. Linney sistemasi sun’iy sistema edi, chunki hayvonlarni taksonomik birliklarga ajratishda ularni tashqi, ko’zga tashlanadigan morfologik belgilarini asos qilib olgan edi. Shunday bo’lsa ham zoologiyaning rivojlanishida K. Linneyning xizmatlari alohida o’rin egallaydi.

18-asr oxiri va 19-asr boshlarida zoologiyada hayvonlarning anatomiyasi va sistematikasi yo’nalishlari ancha olg’a qarab ketdi. Bu sohada bir qator mashhur fransuz olimlarining xizmatlari katta bo’ldi. Shulardan biri Jorj Kyuve (1769-1832) hayvonlarning bir qancha xususiyatlariga asoslanib, yanada yirikroq taksonomik birlik-tip taksonini tavsiya etdi va barcha hayvonlarni 4 tipga, ya’ni umurtqalilar, bo’g’imlilar, mollyuskalar va nurlilarga hamda ularni 19 sinfga ajratdi.

Zoologiyada tip taksonini tavsiya etilishi hayvonlarni tabiiy sistemasini tuzishga ancha yaqinlashtirdi. J. Kyuve qazilma holdagi hayvon qoldiqlarini o’rganish va uning tirikligida tuzilishi va hayot tarzi qanday bo’lganligini ilmiy asoslab beradigan uslublarni kashf etdi. U paleontologiya faniga asos solishi bilan bir qatorda solishtirma anatomiya sohasida organizmdagi turli organlarning o’zaro bog’liqligi prinsipiga asoslanib, organlar korrelyasiyasi haqidagi nazariyasini olg’a surdi.





  1. Yüklə 0,5 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   196




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin