Evolyusion jarayonning o’rganish metodlari. T. I.: «uch parallel uslubi», morfologik, embriologik va paleontologik usullar, biogeografik va sistematik usul, genetik, molekulyar biologik va immunologik usullar



Yüklə 0,5 Mb.
səhifə178/196
tarix02.01.2022
ölçüsü0,5 Mb.
#44660
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   196
HZTF javoblari.

1.E.Mayr bo’yicha turning biologik konsepsiyasi T.I.: reproduktiv alohidalanish, o’zaro chatishadigan tabiiy populyatsiyalar, alohidalangan genofond. Biologik konsepsiyaga ko’ra (Ernst Mayr 1942) Tur bu organizmlarning reproduktiv, ekologik va genetik jamoasidir.

Tur vakillari bo’lgan har bir individ uchun boshqasi potensial juft hisoblanadi. Bu turning reproduktiv jamoa ekanligini ko’rsatadi. Tur alohida individlardan iborat ekanligiga qaramay, shu muhitda yashovchi boshqa populyatsiyalar bilan bir butun sifatida munosabatga kirishadi. Bu turning ekologik jamoa ekanligini ko’rsatadi. Tur umumiy genofondga ega bo’lib, uning har bir vakili shu genofondning ma’lum bir ko’rinishini ma’lum vaqt davomida o’zida tashiydi. Bu turning genetik jamoa ekanligini ko’rsatadi.

Biologik konsepsiya tarafdorlari Merreym, Foygt, Uelsh, K.Yordan. E.Mayr hisoblanadi. K.Yordan ishlaridan keyin turdagi individlar reproduktiv jamoalar hosil qilishi, tur esa ekologik va genetik birlik ekanligi aniq bo’ldi.

Bu olimlar turning ma’lum vaqt mobaynida diskretligini, ayni damda doimiy evolyutsion o’zgarishlarga uchrashini aytadilar. Biologik konsepsiya bo’yicha turlarni ta’riflashda ham odatdagi morfologik belgilar, shu bilan birga, zamonaviy ekologo-biologik parametrlar birinchi navbatda turning populyatsion strukturasi va panmiksiya qo’llanilishi kerak deb hisoblanadi.

E.Mayr ushbu konsepsiyani biologik konsepsiya deb ataydi va unga quyidagicha ta’rif beradi. “Tur – bu boshqa shunday guruhlardan reproduktiv alohidalangan lekin-o’zaro chatishadigan tabiiy populyatsiyalar guruhlaridir.” Mayr bo’yicha turning biologik ma’nosi uning alohidalangan genofondga ega ekanligida bo’lib, bu konsepsiyada reproduktiv alohidalanish turning asosiy me’zoni hisoblanadi. Geografik alohidalangan populyatsiyalarda genetik divergensiya maxsuloti sifatida boshqa alohidalanish mexanizmlarining hosil bo’lish jarayoni kuzatiladi. A.S.Seversov biologik konsepsiya haqida 1983-yilda quyidagilarni yozadi: “biologik konsepsiyani qisqacha quyidagicha ifodlash mumkin. Tur boshqa populyatsiyalardan reproduktiv alohidalangan va o’z butunligini doimiy gen almashinuvi orqali ta’minlaydigan populyatsiyalar guruhidir. Bu guruhlar geografik alohidalanish sharoitida gen almashinuvining to’xtashi natijasida shakllanadi. Morfofiziologik diskretlik va alohidalanish mexanizmlari geografik alohidalanish sharoitida turli ekologik sharoitlarga moslanish natijasida kelib chiqadi”.

Bu konsepsiya bo’yicha morfologik farqlarga emas balki genetik aloqalarga birinchi navbatda e’tibor berish lozim. Turlarga konkret biologik obyektlar sifatida qarash lozim. Bun ularga individlar yig’indisi emas, populyatsiyalar hosilalari sifatida qaraladi. Tur unga mansub bo’lgan individlardan biri boshqa tur vakili bilan tasodifan chatishganda o’z statusini yo’qotmaydi. Bu jarayon mutaasil bo’lib, olingan avlodlar o’z filogeniyasini davom ettirgandagina aksi bo’lishi mumkin. Erkin chatishish (panmiksiya) tushunchasi chatishish imkoniyatini bildiradi. Vaqt va makonda o’zaro ajralgan populyatsiyalarda chatishish kuzatilmasada, ularda bu imkoniyat saqlanar ekan, ular bir turga mansub bo’lib qolaveradi.

Umuman biologik konsepsiya borasidagi fikrlarni umumlashtirib turga quyidagicha ta’rif berish mumkin. Tur - (lot species) biologik sistematikaning asosiy taksonomik birligi bo’lib, o’ziga morfofiziologik, biokimyoviy, etologik jihatdan o’xshash bo’lgan va erkin chatishib bir necha bog’inda avlod bera oladigan hamda ma’lum arealda tarqalgan, muhit tasirida o’xshash o’zgarishlarga uchraydigan individlar yig’indisini birlashtiradi.


Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   196




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin