Evolyusion jarayonning o’rganish metodlari. T. I.: «uch parallel uslubi», morfologik, embriologik va paleontologik usullar, biogeografik va sistematik usul, genetik, molekulyar biologik va immunologik usullar



Yüklə 0,5 Mb.
səhifə177/196
tarix02.01.2022
ölçüsü0,5 Mb.
#44660
1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   ...   196
HZTF javoblari.

Sodda hayvonlar- Protozoa

Tip 1: Chlorophyta –Yashil suvo’tlar

Tip 2: Retortamonada -Retortamonadlar

Sinf: Retortotamonadea

Sinf: Diplomonadea

Tip 3: Axostylata - Aksostillilar

Sinf: Oxymonadea

Sinf: Parabasalea

Tip 4: Euglenozoa -Evglenasimonlar

Keja tip: Euglenida

Sinf: Euglenoidea

Keja tip: Kinetoplasta

Sinf: Trypanosomatidae

Tip 5: Apicomplexa (Sporozoa) –Sporalilar

Sinf: Gregarinea

Sinf: Coccidia

Tip 6: Ciliophora- Infuzoriyalar

Tip 7: Dioflagellata
5.Traxeyalilarning sistematikasi va filogeniyasi. T.I.: Traxeyalilarning asosiy taksonlari. Traxeyalilar ichki filogenetik aloqalari, «Miriapod», «Labiofor» va «Opistogenat» nazariyalar, traxeyalilarning monofiletikligi yoki polifiletikligi.

Yuqorida ta’kidlanganidek, Mandibulata taksoni qisqichbaqasimonlar (Crustacea) va traxeyalilar (Tracheata) kenja tiplariga ajratilgan. Traxeyalilar (Tracheata) kenja tipi ikkita katta sinfni – ko’poyoqlilar (Myriopoda) va hasharotlar yoki oltioyoqlilarni (Hexapoda) o’z ichiga oladi. Traxeyalilar quruqlikda tarqalgan bo’g’imoyoqlilarning 2 ta eng yirik guruhlaridan biridir (ikkinchi yirik guruh –o’rgimchaksimonlar). Traxeyalilarning ajdodlari mandibulaga va traxeyaga ega bo’lgan quruqlik hayvonlari bo’lgan va ularning tanasi bir-biriga o’xshash, ixtisoslashmagan sinmentlardan iborat bo’lgan.

Traxeyalilarning tuzilish plani quyidagi xususiyatlarga egaligi bilan tavsiflanadi. Boshining birinchi sigmentida 1 juft antennalari bor. Boshning ikkinchi sigmenti reduksiyalangan. Yetuk hayvonlarda bu sigmentning o’simtalari saqlanmagan, lekin rivojlanayotgan embrionida ular qisqa vaqtda paydo bo’ladi. Demak, qisqichbaqasimonlarga xos ikkinchi juft antennalar traxeyalilarda bo’lmaydi. Nafas olishi traxeyalar orqali amalga oshadi, har bir tana sigmenti juft nafas teshiklariga ega. Ajratishi tana bo’shlig’ida joylashgan malpigi naychalari yoki 4-5-bosh sigmentida joylashgan juft xaltasimon nefridiylar (koksal bezlar) orqali amalga oshadi. Boshida joylashgan Temeshvar organlari yoki ularning analogi, ehtimol, gigro- yoki xemoreseptor funksiyani boshqaradi. Traxeyalilar ayrim jinsli va urug’lanish ichki. Spermalar spermatoforlar orqali bilvosita uzatiladi. Malpigi naylari, traxeya, ichki urug’lanish va spermatoforlar evolyusiya jarayonida o’rgimchaksimonlar va traxeyalilarda quruqlik hayot tarziga moslanishlar sifatida mustaqil rivojlangan.

Myriopoda (ko’poyoqlilar) taksoni, katta sinf darajasida, 4 ta sinf darajasidagi taksonlarni o’z ichiga oladi: Chilopoda (laboyoqlilar), Diplopoda (ikkijuft oyoqlilar), Pauropoda (pauropodalar) va Symphyla (simfillar). Ko’poyoqlilarning 13 ming artofida turlari aniqlangan bo’lib, ularning tanasi bosh va gavda bo’limlardan iborat. Gavda ko’p sonli sinmentlardan iborat va har bir sigment oyoqlarga ega. Gavdasining ko’krak va qorin qismlarga ajralishi yaxshi ifodalanmagan.

Tracheata (Atelocerata, Monoantennata) taksonining ichki filogenetik aloqalari va, hatto, Tracheata ning monofiletik takson ekanligi hozirgi davrda chuqur izlanishlarni talab etmoqda. Tracheata uchta yuqori darajadagi taksonlarga bo’linadi: Hexapoda, Chilopoda va Progoneata (kupoyoqlilarning boshqa sinflari). Ularning har biri, ko’pchilik olimlarning fikriga ko’ra monofiletik. Lekin, ularning qarindoshlik aloqalari turli sistematiklar tomonidan turlicha talqin qilinadi. Bu borada uchta filogenetik sistema taklif qilingan va ular uchta farazni aks ettiradi: «miriapod», «labiofor» va «opistogenat» farazlari.

«Miriapod» farazga asosan, Chilopoda va Progoneata taksonlari opa-uka taksonlar hisoblanadi va Myriopoda taksoniga kiradi. Myriopoda taksoni esa Hexapoda taksoni bilan opa-uka hisoblanadi. Bunday ana’naviy nuqtai nazar ko’pchilik mutaxassislar, jumladan, Ruppertning darsligida ham qabul qilingan. «Labiofor» farazga ko’ra Hexapoda va Progoneata taksonlari opa-uka taksonlar hisoblanadi va ular Labiophora taksoniga birlashtiriladi. Labiophora esa Chilopoda taksoni bilan opa-uka hisoblanadi. «Opistogenat» farazi tarafdorlari esa Chilopoda va Hexapoda taksonlarini opa-uka taksonlar hisoblashadi va ularni Opisthogoneata taksoniga birlashtirishadi. Opisthogoneata taksonini esa Progoneata taksoniga opa-uka takson sifatida qarashadi




Variant 57


Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   ...   196




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin