Idioadaptatsiya. Biologik
progressga
olib
keladigan
ikkinchi
yo`nalish
idioadaptatsiyadir. Bu aromorfozdan farq qilib, umumiy moslanish emas, balki xususiy,
juz’iy moslanishlar paydo bo`lishidan iborat. Lekin bu o`zgarishlar organizmlarning tuzilish
darajasi, hayot faoliyatini ajdodlarga nisbatan yuqoriga ko`tarmaydi ham, pasaytirmaydi ham.
Idioadaptatsiya yo`li bilan paydo bo`ladigan o`zgarishlar, odatda, organizm hayot faoliyati
uchun ikkinchi darajali ahamiyatga ega organlar, qismlarga ta’lluqlidir. Idiodaptatsiya
natijasida organizm garchi tuzilishi jihatdan o`z ajdodlari bilan bir darajada turadigan bo`lsa
ham, muhitning ma’lum o`zgarishlariga ularga nisbatan yaxshi moslashadi. Har bir hayvon
yoki o`simlik turiga mansub organizmlarda idioadaptatsiya bo`lishi tabiiy bir hol. Masalan,
toshbaqalar reptiliyalarning filogenetik tomondan eng qadimgi shoxobchasi bo`lib,
katilozavrlardan kelib chiqqan va Perm davriga kelib, hayot sharoitining o`zgarishi, yashash
uchun kurash, tabiiy tanlanish tufayli ostki va ustki qalqonlarga ega bo`lgan. Evolyutsion
rivojlanishda toshbaqalar xilma-xil sharoitga moslashib, o`zaro farq qiladigan guruhlarni
hosil qilgan. Masalan, quruqlikda yashovchi Testudo greacea, botqoqda yashovchi Emuz lutaria, chuchuk suvda yashovchi Sphargiz va pelegik toshbaqalar Sphargischelon kosasining rangi, qalinligi, oziqlanishi kabi belgilari bilan bir-biridan farq qiladi. Ulardagi
bu o`zgarishlarning hammasi adaptiv xarakterga ega bo`lsada, tuzilish darajasining boshqa
sudralib yuruvchilarga nisbatan ustun bo`lishiga imkon bermagan. Shunga o`xshash, suyakli
baliqlar har xil turining vakillari ham tanasining shakli, rangi, suzgich-qanotlarining tuzilishi va
shakli kabi belgilari bilan o`zaro farq qiladi. Cho`rtanbaliq, karp, kambala, dengiz shaytoni kabi
baliqlarni olsak, ularning hammasi suyakli baliqlarning tuzilish darajasi bo`yicha bir xil.