Evolyusiyaning asosiy yo‘nalishlari mavzusidagi



Yüklə 311,37 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/9
tarix21.05.2023
ölçüsü311,37 Kb.
#118483
1   2   3   4   5   6   7   8   9
\'Ochiq dars ishlanma-29.10.2019

2
organizmlar guruhi hosil bo`ladi. Bu 
organizmlar guruhi tarqalib, xilma-xil sharoitga duch keladi va unga moslasha boshlaydi. 
Oqibatda, u yanada mayda sistematik guruhlarga (tur, tur xillari, irqlarga) bo`linadi. 
Turli sharoitga moslashgan organizmlar Seversov sxemasida S harfi bilan ifodalanadi. 
Muhit sharoitiga idioadaptatsiya yo`li bilan moslashayotgan organizmlar guruhida yangi
aromorfozlar (a
3
—a
4
) hosil bo`lishi va ularning tuzilishi yanada yuqori bosqichga (R) ko`tarilishi 
mumkin. Hosil bo`lgan aromorfoz tipidagi organizmlarda yangi moslanishlar rivojlanadi. 
Evolyutsiya jarayonining umumiy degeneratsiya yo`nalishi r
1
—r
2
bilan ifodalangan. 
U organizmlar tuzilishining soddalashishiga olib keladi. Biroq umumiy degeneratsiyaga uchragan 
organizmlar xilma-xil muhit sharoitiga idioadaptatsiya yo`li bilan moslashadi (R). Albatta, 
Seversovning bu sxemasi organik olamning tarixiy rivojlanishida evolyutsiyaning turli 
yo`nalishidagi barcha bog`lanishlarni ochib bermaydi. Shunga qaramay, ba’zi olimlar uning 
mulohazalarini tanqid qildilar. Ularning fikricha, A.N. Seversov tomonidan ilgari surilgan 
evolyutsiya jarayonining to`rt yo`nalishidan uchtasi (aromorfoz, idioadaptatsiya, umumiy 
degeneratsiya) o`zgarishlarning voyaga etgan organizm hayot faoliyatiga ko`rsatgan ta’siriga 
qarab, senogenez esa yosh xususiyatidagi moslanishga qarab ajratilgan, deyiladi. Senogenez 
esa o`z ahamiyati bilan ba’zi hollarda aromorfozlarga (sut emizuvchilardagi yo`ldosh) yoki 
idioadaptatsiyaga yaqinlashadi. Binobarin, uni aromorfoz yoki idioadaptatsiyaga kiritish kerak, 
deb ko`rsatadilar. Shmalgauzen mulohazasiga ko`ra, Seversov «idioadaptatsiya» terminini juda 
noo`rin ishlatgan. U organizmlarning har bir turiga xos irsiy moslanishlarni ifoda etgani uchun 
biologik progresslarning boshqa yo`nalishlarida ham keng ma’noda ishlatilishi kerak. 
Shmalgauzen idioadaptatsiya termini o`rniga «allomorfoz» terminini ishlatishni maqsadga 
muvofiq deb topdi. Olimlar Seversovning biologik progress haqida-gi fikrlarini ham tanqid
qilib, progress tushunchasi turning ma’lum davridagi holatini emas, balki oddiydan 
murakkabga tomon, takomillashmagan formadan takomillashgan formaga tomon 
rivojlanishini tushuntirishi kerak, deydi. Seversovning evolyutsion rivojlanishning turli
yo`nalishlari haqidagi ta’li-motiga baho berishda, odatda, olimlar hozirgi fanning rivoji 
nuqtai nazaridan yondashadilar. Lekin bu tanqidlar Seversov ta’limotining darvinizm uchun 
katta ahamiyatini kamaytirmaydi. U ochgan «qonuniyatlar faqat umurtqali hayvon-larga xos 
bo`lmay, balki umumiy biologik ahamiyatga ham ega. Masalan, gulli o`simliklarda aromorfoz
yo`nalishidagi bir qancha o`zgarishlar (o`tkazuvchi naylar bog`lami, epidermis, og`izchalar, 
chang naychalari, urug`ning rivojlanishi) sodir bo`lgan. Gulli o`simliklarning chetdan 
changlanishi, meva va urug`larining tarqalishi, vegetativ ko`payishiga oid moslanishlar 
idioadaptatsiya yo`nalishiga misoldir. O`simliklarda umumiy degeneratsiya ham uchraydi. 
Ba’zi o`simliklar parazit hayot kechirishga o`tishi munosabati bilan barg va ildizlari 
reduksiyaga uchrab, ular o`rniga so`rg`ichlar hosil bo`lishi buning yaqqol dalilidir. 
Progressiv evolyutsiya qonuniyatlari Seversovdan keyin Shmalgauzen, Matveyev, Paramonov, 
Rensh, Geksli kabi olimlar tomonidan rivojlantirildi. Natijada biologik progressning asosiy 
yo`nalishlari to`g`risida xilma-xil g`oyalar, klassifikatsiyalar paydo bo`ldi. Quyida Shmalgauzen 
va Paramonovning bu sohadagi qarashlari keltiriladi. Bu olimlarning fikricha, har qanday 
evolyutsion yangilanish organizmlarda mavjud moslanishlarni takomillashtiradi yoki yangi
moslanishlar hosil qiladi. Bu bilan organizmlarning ma’lum muhit sharoitida yashashi 
ta’minlanadi. Evolyutsiya jarayonida asosiy yo`nalish adaptatsiogenez hisoblanadi. 
Adaptatsiogenez deganda, odatda, tarixiy jarayonda muhitning ma’lum sharoiti uchun konkret 
adaptik normalar hosil bo`lishi va rivojlanishi tushuniladi. Adaptiv normalar muhitning keng yoki 
tor doiradagi sharoitiga mos bo`lishi mumkin. Qayd qilingan holat adaptatsiogenezning asosiy 
yo`nalishlarini belgilashda mezon bo`lishi kerak. Bu jihatdan adaptatsiogenezni orogenez va 
idiogenezga bo`lish maqsadga muvofiqdir. 



Yüklə 311,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin