Evolyusiyaning asosiy yo‘nalishlari mavzusidagi



Yüklə 311,37 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/9
tarix21.05.2023
ölçüsü311,37 Kb.
#118483
1   2   3   4   5   6   7   8   9
\'Ochiq dars ishlanma-29.10.2019

Orogenez keng doiradagi moslanish bo`lib, organizmlar tuzilish faoliyatining ortishi
yashayotgan arealining kengayishi bilan izohlanadi. U mazmun jihatdan Seversovning aromorfoz 
iborasiga aynan o`xshashdir. Orogenez organizmlarning yirik sistematik guruhlari vujudga 
kelishining universal manbaidir. Ba’zan u mega (ulkan) evolyutsiyaga o`xshatiladi. Idiogenez 
esa bir xil tuzilish darajasini saqlagan holda muhitning konkret sharoitiga xos moslanishlarning 
rivojlanishidir. Mazkur tushuncha mazmun jihatdan Seversovning idioadaptatsiya yo`nalishiga 
mos keladi. Idiogenez masshtabi (ya’ni umumiy moslanishdan xususiy moslanishga aylanishi)ga 
ko`ra, allogenez, telogenez, gipergenez, katagenez va gipogenezlarga bo`linadi. 
Allogenez ixtisoslashish bilan bog`liq bo`lmagan xususiy moslanishdir. U ko`pgina o`simlik 
va hayvonlarga xos.
U populyatsiyalar miqdorining ortishini ta’minlab, tur ichida geografik va ekologik irqlar 
paydo bo`lishini tezlashtiradi, Masalan, skatlar bir vaqtlar tog`ayli baliqlarning akulasimon 
formalaridan kelib chiqqan. So`ngra suv ostida yashashga moslasha borib, harakatlanish usuli 
(ko`krak suzgich qanotlarining o`zgarishi, suzgich qanotlarining reduksiyaga uchrashi hisobiga) 
o`zgargan. Suv ostidagi qattiq oziqlar (mollyuskalar va qisqichbaqasimonlar) bilan oziqlanish 
esa ularda tish shaklining o`zgarishiga sabab bo`lgan. Skatlarda harakatning sekinlashishi, 
himoyalanishning passiv va aktiv vositalari (himoya rangi, tikanli yirik tangachalar, dum ignalari, 
ayrim hollarda elektrik organlari) ning rivojlanishiga sababchi bo`lgan. Binobarin, allogen 
forma-larda adaptiv filogenetik differensiyalanish keng doirada amalga oshadi  
Biologik progressga olib keluvchi evolyutsiya jarayonining turli yo`nalishlari turlarning avj 
olib rivojlanishini ta’minlaydi. Biroq populyatsiya ichida tinmay ro`y beradigan differensiyalanish 
yoki turlarning tor doirada ixtisoslashishi yashash muhiti keskin o`zgargan taqdirda biologik 
regressiyaga, ya’ni turlarning tez qirilishiga olib kelishi mumkin. 
Evolyutsiya jarayonida organizmlarning ayrim filogenetik tarmoqlarini qirilishiga asosiy 
sabab, progressiv ixtisoslashishmi yoki evolyutsiya jarayonining turli yo`nalishlari izchillik bilan 
almashinib turishimi, degan muammo kelib chiqadi.
Organik olamdagi ixtisoslashishni progressiv evolyutsiyaning
yagona yo`nalishi deb qarash, 
ixtisoslashish bilan progressiv rivojlanishni o`xshatish xato fikr. Qayd qilingan xato fikr 
progressiv evolyutsiya haqida aniq mezon ishlab chiqilmaganligi bilan izohlanadi. Bunday xato 
fikrga e’tibor beriladigan bo`lsa, ixtisoslashmagan formalar evolyutsiyaning kelgusida 
yangilanishi uchun asos deb olinishi, ixtisoslashgan formalar esa evolyutsiyaning boshi berk 
ko`chalari tupiklari deb baholanishi zarur. Ixtisoslashgan va ixtisoslashmagan formalarga 
nisbatan bayon qilingan nuqtai nazarga yondashish A.O. Kovalevskiy, E. Kop, Sh. Depere, 
O.Marsh, Roza kabi olimlarning asarlarida uchraydi. Mazkur mualliflar muhokama 
qilinayotgan muammo bo`yicha umumiy qonunlarni ta’riflashga urindilar. Chunonchi, Sh. 
Deperening «filogenetik tarmoqlarning progressiv ixtisoslashish qonuni»ga ko`ra, hayvonot 
olamining evolyutsiyasi filogenetik tarmoqlar tutamiga tenglashtiriladi. Bu tutam parallel ravishda 
rivojlanib, yoshlik, voyaga yetish, qarish kabi bosqichlarni boshidan kechiradi va ichki zaruriyat 
tufayli yuqori darajada ixtisoslashib, so`ng qiriladi va nasl qoldirmaydi. Paleontolog O. Marsh 
ta’kidlashicha, tez ixtisoslashgan formalar tez qiriladi. Tez ixtisoslashish oqibatida 
parazuxiylarning qirilishi, ularga parallel bo`lgan tarmoqning sekin ixtisoslashishi natijasida 
hozirgi zamon timsohlari paydo bo`lishi bunga misoldir. Shu singari dalillarga asoslanib, ba’zi bir 
biolog va paleontologlar (L. Dollo, Depere, Roza va boshqalar) ayrim filogenetik guruhlar 
hayotining qisqaligini progressiv ixtisoslashishga bog`laydilar. 
Modomiki shunday ekan, u holda yerdagi organik olamning evolyutsiyasini oxirgi jarayon 
deb hisoblash lozim. Vaholanki, ilmiy materializm qoidalaridan birida tabiatdagi barcha konkret 
moddiy sistemalarning oxiri bo`ladi, materiyadan tashqari cheksiz hech narsa yo`q, deb 
uqtiriladi. Bunday holda hayot evolyutsiyasi konkret moddiy sistemalar evolyutsiyasi doirasida 
olinadigan bo`lsa, uning oxirgi cheki deyish mumkin. Lekin sayyoramizdagi hayot mavjudligi 
uchun zarur sharoit saqlangungacha uning yerdagi evolyutsiyasi davom etaveradi va shu 
ma’noda uni cheksiz desa bo`ladi. 


Aniq paleontologik materiallardan ma’lum bo`lishicha, qisqa vaqt yashagan ko`pgina 
filogenetik tarmoqlar o`ta ixtisoslashgan formalardan iborat bo`lgan. Lekin bu hol ular 
qirilishining haqiqiy sabablarini tushuntirib bera olmaydi. Qachonlardir avj olib rivojlangan 
turning qirilishi ko`p omillarga bog`liq. Uni bir tomonlama hal etish mumkin emas. Ularning 
qirilishi, birinchi navbatda, bir turning boshqa tur tomonidan siqib chiqarilishi hisobiga ro`y 
bergan va u yashash uchun kurash natijasi hisoblanadi. Bir turning boshqa tur tomonidan siqib 
chiqarilishi jarayoni o`zgargan muhit sharoitida yanada jadal sur’atlar bilan boradi. Chunki ilgari 
yaxshi moslashgan formalar endilikda yashash uchun kurashdagi afzalliklarini yo`qotadi, 
binobarin, evolyutsiya jarayonida har xil turlarning taqdiri bir xil emas. Ba’zi turlar uzoq 
geologik davr mobaynida, boshqalari esa qisqa vaqt ichida yashaydi. Chunonchi, dastlabki nayli 
o`simlik — Psilophita. devon davrida qirilib ketgan holda unga yaqin turlar (Psilofitum va 
boshqalar) tropiklarda hanuzgacha saqlanib qolgan. Ochiq urug`lilarning karbon davrida paydo 
bo`lgan tuban vakili ginko biloba hozir ham mavjud. Ixtisoslashgan organizmlarning yashab 
qolishi ma’lum darajada ular moslashgan muhit sharoitining saqlanishiga bog`liq.
Ikki kurak 
tishlilar kenja turkumining Avstraliyada yashovchi vakili hisoblangan xaltali ayiq yoki koala 
ma’lum turdagi evkalipt barglari bilan oziqlanadi, Modomiki, qayd qilingan evkalipt turi mavjud 
ekan, koala qirilmasdan yashaveradi. Tarixiy jarayonda o`ta ixtisoslashgan formalar qayta 
ixtisoslashishi mumkin. Mayr uqtirishicha, evolyutsion jihatdan avj olib rivojlangan deyarli 
barcha formalar yuksak darajada ixtisoslashgan formalardir. 
Fan sohasida to`plangan juda ko`p dalillar ixtisoslashish turlarning qirilishi uchun 
boshlang`ich sabab bo`lmasligi, balki u mazkur jarayon uchun imkon tug`dirishini qayd 
qiladi. Bayon qilingan mulohaza evolyutsiya tupiklarini organizmlarning ixtisoslashishi bilan 
tushuntirib bo`lmasligini ko`rsatadi. 

Yüklə 311,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin