F. R. Abduraxmonov


Kasb psixologiyasi va psixologik fanlar



Yüklə 1,73 Mb.
səhifə12/52
tarix26.12.2023
ölçüsü1,73 Mb.
#197293
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   52
enbbb

Kasb psixologiyasi va psixologik fanlar
Yoshlarni kasbga yo‘naltirish va ulami o‘z kasbini to‘g‘ri tanlashlari bu laming o‘zi uchun va jamiyat uchn katta foyda olib keladi. 0‘sib kelayotgan avlodni kasb bilan ta’minlashda kasb psixologiya fani ko‘pgina fanlar bilan uzviy bogiiq boiadi. Biz bilamizki inson o‘z o‘sishi davomida ma’lum bir davrlami boshidan o‘tkazadi. Bu uning bolalik davri, o‘smirlik va o‘spirinlik davri, yetuklik va keksalik davr- laridir. Bulami esa yosh davrlar psixologiyasi o‘rganadi. Ko‘rinib turib- diki, maktabga chiqqan bola о‘sib borib ulg‘ayadi. Uning qiziqishlari kengayib borib, dunyoqarashi boyib, o‘z taqdiri haqida o‘ylay boradi. 0‘zini va ota - onasini kelajagi haqida bosh qotiradi. Unda o‘zini yaxshi yashashi va o‘zi uchun kerakli boigan narsalami egasi boiish istagi tug‘iladi. Bolada endi kasbga boigan havas va unga intilish boshlanadi. Yosh davrlar psixologiyasi insonning yashash bilan bogiiq davrlarini o‘rganar ekan u insonga xos boigan psixologik jarayonlami o‘rganish orqali kasbga boigan munosabatini ham tahlil qilib boradi. Kasb psix­ologiyasi kasb tanlayotgan yoshlarni o‘sish davri bilan bogiiq holda unga yo‘nalishlar beradi va o‘rgatib boradi. Kasb psixologiyasi kasb tanlayotgan yoshlarni qaysi davrda- o‘smirlik davrimi yoki o‘spirinlik davrimi, bu davrga xos boigan psixologik xususiyatlami bilishi zarur boiadi. Haqiqatda ham bu davrda yoshlam o‘ziga xos xarakterga ega boiadilar. 0‘spirinlik davrida kasb tanlayotgan yoshlar o‘ziga yara- sha psixologik jarayonlami boshidan kechiradi. Ulardagi fiziologik o‘zgarishlar mhiy holatlarda ham sodir boiadi. Kasb tanlaydigan boisalar o‘zlariga xos boigan qirralami ko‘pirtirib ko‘rsatadilar.
Kasb tanlashda xuddi shuningdek shaxs psixologiyasi ham o‘ziga yarasha tomonlar bilan ajralib turadi. Shaxsga xos o‘ziga yarasha tomonlar uni kasb tanlashiga ta’sir etadi. Shaxsning xara- kteri, temperamenti, qobiliyati, qiziquvchanligi, o‘zini anglaganlik darajasi uning kasb tanlashiga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Ma’lumki ay- rim shaxslarda ma’lum bir qobiliyat kuchli bo‘ladi. Deylik texnikani yaxshi tushunadi. Ayrimlarga buni ko‘rsatib bersang ham uni uddalay olmaydi. Ayrim shaxslarda sezgirlik, diqqat yaxshi rivojlangan bo‘lsa ayrimlarida bular unchalik emas. Deylik kuzatishlar shuni ko‘rsatadiki ayrim bolalar bo‘layotgan jarayonni darrov bilib olmaydi, ayrimlari esa darrov sezadi va unga moslashishga harakatqiladi. Kasb tanlashda esa bu kabi tomonlar shaxsni qaysi kasbga loyiq ekanligini ko‘rsatadi. De- mak, shaxsdagi o‘ziga xos tomonlar uni kasb tanlashida o‘z ta’sirini berar ekan.
Takrorlash uchun savollar

  1. Kasb psixologiyasi fanining taraqqiyoti.

  2. Kasb psixologiyasi fani psixologiya fanlari tizimida.

  3. Kasb psixologiyasi va psixologik fanlar.

  1. Kasb psixologiyasi fanining rivojlanish tarixi va zamonaviy ko‘rinishi Kasb psixologiyasi fanining paydo bo‘lish sabablari va asoslari

Ko‘pqirrali psixologik fenomenbo‘lgan shaxs va kasb o‘rtasidagi masala mehnat psixologiyasida o‘rganiladi. Lekin shaxsni kas­biy layoqati masalasi bunda ochib berilmadi. Mehnat psixologi­yasi XX asr boshlarida paydo bo‘lib har xil kasbiy masalalar bilan shug‘ullanadi.
Mehnat psixologiyasi har xil kasblami faoliyatini, faoliyatning in­songa bo‘lgan talabini, insonni psixofiziologik imkoniyatlarini, ahlo- qiy-irodaviy sifatlarini, kasbga kerak bo‘lgan qobiliyat va malakalami o‘rganar edi. Lekin mehnat psixologiyasining eng asosiy vazifasi bu mehnat sharoiti, mohiyati, uskunalarini tahlil qilish edi.
Unda katta e’tibor travmatizmni profilaktika qilish, ish qobiliyatini va charchashni diagnostika qilish, mehnat rejimini optimal yo‘lini tan- ish va shu kabilar edi. Mehnat psixologiyasining asosiy masalasi bu insonni mehnat qurollariga va mehnat sharoitlariga moslashishi edi.
Insonlami mehnat qilishlari uchun shu kasbga xos bo‘lgan layo- qatlarini, tanlagan kasblariga xos bo‘lgan fiziologik, psixologik mos- lik darajalarini o‘rganishga talablar oshib bordi. Bundan tashqari sa- noatni tez o‘sib borishi, qishloq yerlaridan insonlami sanoat joylariga ko‘chib kelishi - migratsiyasi kuchaydi. Bular esa ulami o‘rganish masalalarini muhim masalalardan biri qilib qo‘ydi. Shunday talab­lar asosida kasbga yo‘nalishni o‘rganuvchi birinchi laboratoriyalar paydo bo‘ldi. Bu laboratoriyalar 1903-yilda Strasburgda (Fransiya) va 1908-yilda AQShning Boston shahrida paydo bo‘ldi. Bu laborato­riyalar aynan sanoatni tez o‘sib borishi bilan bog‘liq holda shakllandi. Demak, ko‘rinib turibdiki, quyidagi jarayonlar kasb psixologiyasini paydo bo‘lishiga sabab bo‘lgan: 1) Jamiyatda sanoatni tez o‘sib bori­shi; 2) Sanoatni o‘sib borishi bilan texnikani, mashinasozlikni rivoj­lanishi; 3) Migratsiyani o‘sib borishi va odamlami o‘rganish zaru- riyati paydo bo‘ldi; 4) Inson va uni o‘zi ishlayotgan kasbga moslik daraja-sini o‘rganish zaruriyatini paydo qildi. Bular esa insonni fiziologik va psixologik jihatdan kasbga mosligini o‘rganish ma- salasini qo‘ydi. Bular esa ishlab chiqarishni kuchaytirishga va unga mos bo‘lgan kasblarga insonlami tayyorlash zaruriyatini vujudga keltirdi.
Shunday qilib mehnat faoliyatini psixologik o‘rganish kasbiy shakllanishni o‘rganishni natijalarini bera olmadi. Bu esa mehnat psi­xologiyasida alohida bo‘lgan va kasbga xos tomonlarini o‘rganuvchi alohida fanni vujudga kelishiga sharoit yaratdi. Shuni aytish ke- rakki hozirgi psixologik fanlar ichida bunday fan deyarli yo‘q. Lekin jamiyat yoshlarni kasbga yo‘naltiruvchi va ulami mehnatini psixologik tomondan o‘rganuvchi fanga zaruriyat sezib bordi. Inson- lami mehnatga bo‘Igan intilishi ulami qiziqishi, iroda kuchi, kasbni mohirona egallashi, o‘zidagi psixologik jihatlami rivojlantirib yaxshi kasb egasi bo‘lib borishi, aqliy jihatdan har xilligi va ulami o‘zo‘miga qo‘yish kabi ko‘plab masalalar turibdiki, bular kasb psixologiyasi kasbini fan sifatida jamiyat uchun zamr qilib qo‘ymoqda. Bu aytilgan fikrlardan shunday o‘ziga xos tomonlar ko‘zga tashlanadi.

  1. Jamiyatda o‘sib kelayotgan yoshlarni o‘zlari qiziqqan kasbla- rini egallashlari uchun yo‘nalish berishlari zamrligidan;

  2. Jamiyatni ham ishlab chiqarishda kerakli bo‘Igan kadrlami tayyorlashi zamrligidan;

  3. Jamiyatni taraqqiyoti, fan va texnikani o‘sib borishi bilan bogiiq holda yangi kasblar paydo boiganligi sababli yoshlarni bu yangi kasblar bilan tanishtirish zamrligidan;

  4. Jamiyatda olib borilayotgan islohotlami natijasi sifatida ja- hondagi tayyorlanayotgan kadrlarga raqobatbardosh boigan sifatli mutaxassislami tayyorlash zamriyati;

  5. Jamiyatimizni taraqqiyotini ta’minlashga xizmat qiladigan fan sifatida zaruriyat tugilganligi sababli.

Kasb psixologiyasining taraqqiyot tarixi
Kasb psixologiyasi psixologik fanlar ichidagi eng yosh va tarixi qadim zamonlarga borib taqaladigan fanlar qatoriga kiradi. Haqiqatan ham kasb psixologiyasi yaqin vaqtlarda ko‘zga ko‘rinib borgan boisa ham uning ahamiyati haqidagi fikrlar qadimlarga borib taqaladi. Dunyo madaniyatini beshigi boigan eng qadimiy taiimotlardan biri boigan muqaddas “Avestoda” ham kasb va uning ahamiyati haqida fikrlar mavjuddir. Antik davr filosoflari ham kasb haqida o‘z fikrlarini aytib o‘tganlar. Masalan Platon o‘z asarlarida odamlar kasb jihatidan taqsimlanishi kerakligi, bu esa ularga qo‘yiladigan talablardan kelib chiqishini aytib o‘tgan edi. “...Odamlar o‘zaro tengdirlar, lekin ular majburiyatlariga munosabatlarida bir xil emasdirlar, ular qobiliyat- lari jihatidan har xildirlar - bir xillari boshqarish uchun tug‘ilganlar, boshqalari yordamlashishga, yana bir boshqalari - dehqonchilik, hu- narmandchilik uchun yaratilgandirlar. Ulami hammasini... tilla, ku- mush, mis, va temir kabi farqlash mumkin” .[20,28.]
Kasb psixologiyasi mehnat psixologiyasi tarkib;da shakllanib kel- di. Mehnat psixologiyasi kasb psixologiyasiga tegishli bo‘lgan masa- lalarini o‘z predmetini hal etish davomida o‘rganib bordi. Lekin kasb psixologiyasi qo‘ygan masalalarga yondoshish davr talabi bilan zaru- riy ravishda uni mustaqil fan sifatida ajralib chiqishiga sabab bo‘ldi.
Kasb psixologiyasini mustaqil fan sifatida shakllanishini uchta etapga ajratish mumkin:

  1. XIX asr oxirlarida psixotexnikani psixologiyani yo‘nalishi si­fatida paydo bo‘lishi va mehnatni ilmiy tashkil qilishning psixologik muammolami yechilishi ( W. Stem, F. Teylor, N. Munsterberg va boshqalar. ) Psixotexnikani asosiy vazifalari bu mehnat usullari va sharoitlarini ratsionalizatsiya qilish, travmatizm va avariya holatlarini kamaytirish, ishlab chiqarishga o‘rgatishni takomillashtirish edi.

  2. XX asr boshlarida mustaqil fan sifatida paydo bo‘lgan mehnat psixologiyasi rivojlanishi ( F. Parson, M. Weber, S.G. Gallershteyn, A.K. Gastev va boshqalar). Uning asosiy izlanish vazifalari - in­sonni mehnat jarayonida shakllanishi va psixikasini ko‘rinishini, shuningdek, kasbiy tanlov, kasbiy maslahat va mehnat ekspertiza- sini o‘rganish edi.

  3. 0‘tgan asming 70 - yillarida mehnat psixologiyasining in­son va kasb o‘rtasidagi munosabatlarini o‘rganish asosida, yangi kasb psixologiyasini alohida fan sifatida shakllanishiga olib keldi. Mehnat psixolgiyasining bu alohida yo‘nalishi kasb psixologiyasi deb nomlanadi. Bu A. Huth. E. Bomemann, K. Seifert, E. Vlich ish- larida ko‘rindi. Kasb psixologiyasi kasbiy maslahat, kasb tanlash va professiografiya masalalari bilan shug‘ullandi.

Mustaql fan sifatida kasb psixologiyasi AQShda shakllandi. Kasb psixolgiyasining ajralib chiqishi hozirda insonni kasbiy mehnatga muvofiqlashishi, ayrim kasblar bilan o‘zaro munosabati, shuningdek kasblar dunyosiga boigan munosabatidan kelib chiqadi. Kasb psi­xologiyasining asosiy vazifasi bu inson va kasb o‘rtasidagi munosa- batlami o‘rganish va uni nafaqaga tayyorlash hisoblanadi.
Kasb psixologiyasining rivojiga rossiyalik quyidagi olimlar o‘z hissasini qo‘shganlar: E.M.Borisova, KM.Gurevich, Yu. M.Zabrodin,

  1. A. Klimov, Yu.V. Kotelova, T.V. Kudryavsev, N.V. Kuzmina, N.D. Livitov, B.E Lomov, A K. Markova, K.K. Platonov vaboshqalar.

XIX asming XXasming boshlarida F.Teyloming mehnatni tashkil qilish va korxonani boshqarishga bagishlangan ishlari paydo boiadi. Bu ishlarda fiziologik va psixologik masalalar - kasb tanlash, mehnat me’yori, haq toiash tizimi, rag‘batlantirish va jazolash, ish qurol- larini ishchiga moslash kabi dolzarb tomonlar o‘rganiladi. Teylor- ning ishlari toialigicha ishbilarmonlar manfaatiga qaratilgan boiib, ko‘proq foyda olishni maqsad qilib qo‘ygan edi.
Mehnat psixologiyasini vujudga kelishiga G.Ford tomonidan konveyer tizimini ishlab chiqarishga tadbiq qilinishida ko‘rish mum­kin. G. Ford o‘zini g‘oyasini o‘rta hoi ishchiga qaratgan va ular ish qidirish davomida jismonan va mxan zo‘riqmaydigan ishni qidiradi- lar deb ko‘rsatadi. Ishlab chiqarishga texnikani kiritilishi esa ulami qoniqtiradi demoqchi boiadi. Bu ulami kasblami bilishini shart emas qilib qo‘yadi va ular maium bir mexanik ishlami bajaradilar demoq­chi boiadi. Bu orqali inson faktori inkor etiladi. Bu insonni ishlab
chiqarishni bir vintigi qilib qo‘yadi.

  1. Teyloming boshqarish tizimi quyidagilarga asoslangan edi;

  1. Boshqarish va tashkil etish bilan bog‘liq bo‘lgan aqliy mehnat- dan ajratish.

  2. Ishchilami barcha boshqa ishlardan, ya’ni boshqarish va tashkil etish bilan bog‘liq bo‘lgan aqliy ishlardan ozod qilish.

  3. Ishchilami normalarini bajarish yoki ortig‘i bilan bajarishini dif- ferensial holda rag‘batlantirish.

Bu davrda mehnatni ilmiy boshqarishga bo‘lgan intilishlar vujudga kela boshladi. Teylor tomonidan tavsiya etilgan ilmiy boshqarishning mohiyati nimadan iborat edi. Teylor mavjud bo‘lgan korxonani boshqa- rishni “tashabbuslar va rag‘batlantirish” usulidagi boshqarish deb baho- ladi. Teylor ishlab chiqarishni pastligini ko‘rsatuvchi uchta asosiy sababni ko‘rsatdi. Birinchi sabab-bu ishchilar agar ish suratini oshirib ishlasak boshqa ishchilami ishsiz qolishiga sababchi bo‘lamiz deb o‘ylashlari. Ik- kinchi sabab ... odamlami tabiiy instinktlari va odatlari bo‘lgan bayram- lar ... bosiqlik, o‘rta hoi darajasida sekin ishlashlari ham sabab bo‘lgan. Uchinchi sabab korxonada ishlashni ratsional ko‘rinishini ko‘rsatib bera­digan yo‘riqnomani yo‘qligi. Teylor shu sabablar tufayli ishlab chiqarish past deb baholaydi. Teylor ishchilami o‘rganish uchun ular bilan birga ishlashga va ulami sharoitini o‘rganishga harakat qiladi. Mehnatni ilmiy boshqarish uchun Teylor eksperimentlar o‘tkazadi.
Teylor ishlab chiqarishda yuqori yutuqlarga ega boTish uchun “ ilmiy boshqarishning” 4 ta tomonini ko‘rsatdi. Bular quyidagilar:

  1. Ishchilami qobiliyati va malakasini umumlashtirish , klassifi- katsiya qilish orqali. Har bir mehnat turini ilmiy asosli o‘rganish. Har bir insonni harakatini takomillashtirish va mehnat qurollarini standart- lashtirishga qaratilgan eksperimentlar o‘tkazish.

  2. ilmiy asoslangan talablarga” muvofiq ishchilami tanlab olish. Ulami “ yuqori sifatli ishchi” sifatida o‘qitish, ishga tayyorlash. Bu

talablardan bosh tortganlami bo‘shatib yuborish.

  1. Adminstratsiya ishchilar bilan yaxshi hamkorlikni amalga oshirishi. Teylor aytganidek ishchi va fan o‘rtasida yaqinlikni yu- zaga kelltirish. Ishchilami ish bajarishlarini tezlashtiradi va ularni aniq bajarishini ta’minlaydi.

  2. Mehnat taqsimoti deyarli teng boiib, ishchi va boshqaruchi- lami javobgarligi bir xilda boiishi kerak qilib qo‘yiladi.

Teyloming bu kabi ilmiy eksperimentlari asosan tadbirkorlaming ish unumini va biznesini ко ‘payishiga qaratilgan bo isa ham ishchilar- ni malakasini oshirish, ulami yaxshi kasb egasi boishga va psixologi­yasida o‘zgarishlar yasashi kerakligini ko‘rsatadi. Teylor o‘zining bu tamoyillari bilan ishchini “tashabbusi va rag‘batlantirishni” ilmiy boshqarish asosida olib borish kerakligini, buning uchun esa sabr to- qat, chidam va bosiqlik zamrligini ko‘rsatadi. U o‘zini bu tizimini tezda tadbiq qilib boimasligini va kerakli natijani olish uchun bir necha yillar kerak boiishini aytib o‘tadi. Ishchini o‘rganish uchun uzoqdan emas, balki yaqindan turib, uni uy fikrlarini, mulohazala- rini bilish zarardir deb ko‘rsatadi. Shuning uchun ishchi bilan yonma yon boiishni tavsiya etadi. Uni o‘zini ketidan olib borish bilan yangi- liklarga va yutuqlarga ega qilish mumkin deydi. Albatta bu sekin asta- lik bilan boiishini tushuntiradi. Eng oddiy tarzdagi mehnatni tashkil qilishda ham Teyloming fikricha ilmiylik yotadi.
Teyloming ikkinchi tezisi ham birinchiga bogiiq boiadi. Bu “Dars” yoki “Vazifa” g‘oyasidir. “Dars” Teyloming fikricha butun ilgarigi mehnatga beriladigan haqni almashtirishi zamr. Dars bu ish normasini bajarish hisoblanadi. Lekin Teylor bunga o‘zgacha ma’no beradi. Dars bu har kungi vazifa boiib, uni bajarish qat’iy belgilan- gandir. Teylor buni maktabdagi beriladigan vazifaga tenglashtiradi. Dars bu yaxshi ishchining bir kunlik ish normasini bajarishi sifa­tida qaraladi. Bu esa ishchini bir kunlik ish normasini bajarishi hi- soblanadi. Yaxshi ishlamagan yoki darslami bajarmagan ishchilami boshqasi bilan almashtirish va ish unumdorligini oshirish Teyloming asosiy maqsadi bo‘ladi. Teylor ishni tashkil etishda ishchilami char- chab qolishini hisobga olgan holda ulami dam olishlarini ham ilmiy boshqarishga kiritadi.
Teyloming ikkinchi tamoyiliga asosan ishchilami tanlov aso­sida ishga olishni ko‘rsatadi. Uchinchi tamoyilga asosan admin- stratsiya va ishchi o‘rtasida o‘zaro yaxshi munosabatlami vujudga keltirish yotadi. Ishchilami tanlashda Teylor bo‘yicha “ odamlami ommaviy rivojlantirish emas”, balki “har bir alohida individumni” rivojlantirish kerakligi ko‘rsatiladi. Teylor olib borgan eksperiment­lar asosida ishchini tanlab olish masalasi yotadi. Bunga misol qilib uni Shmid deb nomlangan ishchi bilan suhbatini ko‘rsatish mumkin bo‘ladi. Albatta Teyloming o‘tkazgan eksperimentlari o‘z davri uchun ma’lum bir yutuq va kamchiliklarga ega. Lekin mehnatni ilmiy boshqa­rish orqali ish unumdorligini oshirish, ishchilarga mehnat qilish uchun sharoitlar yaratib berish, mehnati uchun rag‘batlantirish va kamchiliklari uchun jazolash, ishchini fiziologik imkoniyatlarini bilish kabi masalalami hal qilish davomida kasbga xos bo‘lgan ma­salalar ham yuzaga chiqadi. Bu olib borilgan tajribalardan kasb va kasbga tanlash, kasbga layoqatlilik, insonni fiziologik imkoniyat- lari, insondagi psixologik xususiyatlar va jarayonlarni bilish, kasbi­ni ustasi bo‘lish uchun nimalar qilish kerakligi va shu kabi ko‘plab masalar ko‘zga tashlanadi.
Teyloming mehnatni ilmiy tashkil qilishi bilan bog‘liq jarayonlar- da kasbga va kasb psixologiyasiga tegishli ko‘plab masalalar yuzaga chiqishi orqali bu fanni rivojlanishi uchun imkoniyatlar paydo bo‘ladi. Albatta mehnatni ilmiy tashkil etishning asosiy shartlaridan biri bu o‘z kasbini yaxshi biluvchi va unga qiziquvchi kadrlami tayyorlash hisoblanadi. Shuning uchun ham hozirda rivojlanayotgan davlatlarda jamiyat uchun kerak bo‘Igan yangi va yangi kasblarga tayyorlash va ulardan o‘z kasbini yaxshi bilishlarini talab qilinmoqda. Bu yoida 0‘zbekistonda ham ko‘plab amaliy ishlar olib borilib raqobatbardosh kadrlar tayyorlashga diqqatni qaratilmoqda.
XIX asr oxiri XX asr boshlarida amaliy psixologiyaning bir yo‘nalishi sifatida industrial psixologiyani shakllanishi va rivojla- nishi psixotexnikani paydo bo‘lishiga olibkeldi. Psixotexnika Ameri- kada teylorizm bilan paralell tarzda shakllandi. Teylorizm texnika va insonning jismoniy chidamligini o‘rgangan bo‘lsa, psixotexnika psi­xologiya tarkibidan o‘sib chiqdi. Psixotexnika Teyloming ishlaridan alohida holda shakllanib chiqdi. Psixotexnikani shakllanishiga Fray- burg universiteti dotsenti Gugo Myunsterberg o‘zining “Psixologiya va iqtisodiy hayot” (1912 y) kitobida fikrlarini bildiradi. U keyinchalik Amerikaning Garvard universiteti professori bo‘lib ishlaydi. Psixo­texnika keyinchalik mehnat psixologiyasi boiib shakllandi.
Myunsterberg G. o‘zining “Psixotexnika asoslari” deb nomlanuv- chi asarida kasb psixologiyasini shakllanishiga ta’sir etuvchi fikrlar bildiradi. Myunsterberg o‘zining bu asarida psixotexnikaning uchta asosiy masalalarini ko‘rsatadi.

  1. Ishlab chiqarishga “to‘g‘ri keluvchi odamlami” tanlab olish (Bu yerda iqtisodiy to‘g‘rikeladiganvajoyigamoskeladigan shaxs- lami tanlab olish haqida gapirilmoqda).

  2. Ishlab chiqarishda mehnat unumdorligining ilojiborichayuqo- ri darajasiga erishish. (bu yerda psixologik ta’sir asosida mahsulotni sifatini, sonini koiarish yoki uni shu natijalarini pasayib ketmasligiga harakat qilish nazarda tutilmoqda).

  3. Yuqori psixologik effektga erishish (shaxsga ta’sir etuvchi ma’lum psixologik jarayonlar asosida iqtisodiy jarayonni koiarish).

Birinchi masala bu kasbiy layoqatlik hisoblanib unda: kasbiy tanlov, kasbiy maslahat (profkonsultatsiya) va hatto kasblar bilan yoshlami tanishtirish (proforiyentatsiya) yotadi. Bu masalalami hal qilish differensiyal psixologiya bilan bog‘liq bo‘lib, bu haqida Myunsterberg to‘g‘ri fikr bildiradi. Myunsterberg shunday deydi: “Industrial psixologiya uchun individual psixologik farqlar asosiy hal qiluvchi ahamiyatga ega”.
Myunsterbergga kasbiy layoqatlikni ajratib olish uchun V.Shtemning va boshqa differensial psixologlaming qarashlari muhim ahamiyat kasb etadi. Insondagi ma’lum bir psixologik jihatlar ma’lum kasb uchun muhim ekanligibuni esa differensial psixologlar tomonidan ko‘rsatilishini Myunsterberg aytib o‘tadi. “Eksperimental va hattoki differensial psixologiyani metodlari kasbiy talablarga mos tushmaydi. Shuning uchun maxsus eksperiment tizimini (testlami) yaratish zamrdir. Bu testlar kasbga xos psixologik xususiyatlami ko‘rsatishi va kasbiy faoliyatni faollashtirishi zamr”dir deb ko‘rsatadi Myunsterberg. Buning uchun aniq mehnat faoliyati ko‘rinishlarini kasbiylik nuqtayi nazaridan subyektiv faktorlar asosida o‘rganish zarurdir. “Biz har xil kasblami sinchiklab o‘rganishimiz va ularga mos tushuvchi psixologik faoliyatlami tahlil qilishimiz kerak bo ‘ladi”

  • deb yozadi Myunsterberg.

Myunsterberg kasbni psixologik tahlil qilish uchun birinchi bo‘lib korxonalaming egalari bilan suhbatlar olib boradi. Korxonalaming egalari ishni tashkil qilish uchun ishchilami o‘z ishiga intilib ishlash- larini, halol boMishlarini, ishlami bajara olishlarini, o‘z kasbini ustasi bo‘lish kabi tomonlami ko‘rsatadilar. Lekin ular ishchilarga tegishli bo‘lgan psixologik tomonlarga etibor bermaydilar. Ishchilaming diqqati va uning o‘ziga xos tomonlari, xotirasi va uning kuchi, iro- dasi, tafakkuri va boshqa psixologik xususiyatlarini e’tiborga olmay- dilar. Myunsterberg har bir mehnat faoliyatiga esa o‘ziga xos psix­ologik tomonlar borligini va ular kasbiga qarab farqlanishini ko‘rsatib beradi. Har bir faoliyat maxsus kasbga xos bo‘lgan psi-xologik tahlilni,psixologik Qonunlarga asosan talab qiladi. Shuning uchun bu yerga mutaxassis psixologlami jalb qilish zarur bo‘ladi. Kelajakda deydi Myunsterberg korxonalarining egalari o‘zlari psixolog mutaxas- sisligiga muhtoj bo‘ladilar va ulami ishga chaqiradilar. Psixolog mu- taxassislar ishni sifatini va unumdorlikni ko‘tarish uchun ishchilami faoliyatini o‘rganadilar va o‘ziga xos tavsiyalar bilan bu maqsadlami amalga oshirib boradilar.
Myunsterberg sanoat psixotexnikasini “Mehnatni ishlab chiqish- dagi yuksak yutug‘i” deb ta’riflaydi. Myunsterberg ishchilami “mashq qilish va o‘rgatish”ga e’tibor qaratadi Uning olib borgan eksperiment- larida kasbga o‘rgatish va bu o‘rgatishlar davomida ishchilami toliqib qolishi masalasini ko‘zga tashlanganligini ko‘rsatib beradi. Myunster­berg telegrafistlar va mashinistkalar bilan ishlar olib boradi va e’tibomi ulami mehnat qilishlari davomida yuzaga kelgan ko‘plab masalalarni o‘rganishga o‘z diqqatini qaratadi. Myunsterberg o‘z eksperimentlar- ida ishchilami toliqib qolishi va ularga beriladigan imkoniyatlami ham o‘rganadi. Charchash faoliyatni susayishiga olib kelishini, u bilan bogiiq holda ko‘plab psixologik muammolar vujudga kelishin ko‘rsatadi. Myunsterberg o‘z faoliyati davomida kasb psixologiyasini rivojlanishi uchun, mehnatni ilmiy boshqarish va kasblarga xos boigan psixologi- yani o‘rganish uchun ko‘plab eksperimentlar, testlar, mashq qilish bilan bogiiq maketlami tayyorlab berdi. Keyinchalik fanni rivojlanib bori­shi kasblami mashq qilib o‘rgatadigan, treninglar oikazadigan o‘quv markazlari paydo boidi. Kasb psixologiyasi rivoj topib bordi.
K.Tomdayk, Dj.Fanogenlar tomonidan Amerika aviatsiyasi uchun pilot va ekipaj a’zolarini tanlashda ulami shu ish faoliyatiga layoqatini tahlil qilishdagi oikazgan testlari muvaffaqiyatli chiqdi. Ikkinchi jahon umshida AQSh kuchlariga jalb qilinganlardan 20 millioni testlardan o‘tkazilib juda katta auditoriyani qamrab oldi. 1943-yil test sinovlaridan o‘tgan 10 000 uchuvchilar 1950-yilgacha kuzatuvchi bo‘ldilar. Bu va boshqa o‘tkazilgan tajribalar shuni ko‘rsatdiki, “yuqori darajadagi intellektual qobiliyatlar” juda xilma -xilo‘lchamga, bir xil bo‘lmagan tabiatga va mazmunga ega ekan- lar. Kasb psixologiyasi masalalari Rossiyada ham o‘rganildi. Bu so- hani o‘ziga yarasha o‘rgangan psixologlar paydo bo‘ldi. Ishlab chiqa- rishga va undagi jarayonlarni ilmiy boshqarishga asoslangan mehnatni ilmiy tashkil etish markazlari korxonalar qoshida tashkil topdi.
Harbiy holatdagi sharoit sanoatda test o‘tkazishga bo‘lgan qiziqishni ham faollashtirdi, shu jumladan korxonalardagi ishchi kuchini tartibga solishga e’tibomi ham tortdi.
0‘tgan asming 40 - yillarida test o‘tkazish bo‘yicha ottirilgan malakalar asosida AQShda qobiliyatlami o‘rganuvchi testlamikom- pleks batareyalari shakllantira boshlandi. Bunda batareya so‘zi quyi- dagilami anglatadi, ya’ni uning elementi sifatida quyidagilar kiradi:
-tekshirilayotganlar uchun instruksiya;

  • test mazmuni;

  • olingan natijalami ochib beruvchi kalit;

  • testolog uchun instruksiya- bunda olingan natijalami tahlil qi­lish nazarda tutiladi;

  • testologni o‘rgatish metodikasi;

-qayta test o‘tkazish uchun instruksiya.
Ko‘zga tashlangan batareyalar sifatida o‘sha vaqtdagi AQSh da tarqalgan testlar SAT - bunda o‘qishga, kasb o‘rganishga bo‘lgan qobiliyati bo‘lganlami tanlab olish, yana TALENT- katta maktab yoshidagilar uchun testlar, shuningdek DATB - bu bo‘yicha dunyoni 50dan ortiq mamlakatlarida sanoat uchun kasbiy tanlov va armi- yaga tanlab olindi. 1948-yilda AQSh da “situatsion testlar” ishlatila boshlandi. Bu tekstlarda odamlami yolg‘on gapirishlari, o‘g‘rilikka bo‘lgan mayillari va xulqidagi ayrim tomonlar o‘rganildi. Shu davming o‘zida shaxsni kasb tanlashgan qiziqishini o‘rganuvchi
Rorshaxning testlari ham keng yoyildi.
Kasb psixologiyasini fan sifatida rivojlanishi Rossiyada E.F.Zeer, E.A.Klimov,A.K. Markova kabi psixologlar nomi bilan bogiiq. Ular kasbiy psixologiyaga tegishli ko‘plab amaliy ishlami hayotga tadbiq qilib kelmoqdalar. Yoshlarni kasbga yo‘naltirish, kasbiy maslahatlar, ishchilami o‘z kasblarini egallashlari va bu sohani ustasi boiishlari, nafaqaga tayyorgarlik ko‘rish bilan bogiiq ko‘plab psixologik masa- lalar ular tomonidan o‘rganilib, tadqiqot ishlari olib borilgan. Umu- man esa kasb bilan bogiiq ishlar rus psixolog olimlari tomonidan o‘tgan asming boshlaridayoq qiziqish obyekti boigan.
Sharq mutafakkirlari asarlarida kasb va kasbga yo‘naltirish masalalari
Kasb psixologiyasi o‘zining tarixi bilan sharh mamlakatlari bilan ham bogiiq. Sharq haqida gap ketganda eng awalo qadimgi ta’limot boigan Zardushtiylikka tegishli boigan yozuvlar va ulardagi kasb bi­lan bogiiq fikrlar nazarda tutiladi. Muqaddas “Avesto” da inson hayo- tining barcha sohalariga tegishli boigan fikrlar mavjud. Shular qato- rida kasb va unga boigan e’tibor ham o‘z aksini topgandir. Bu haqida “Avesto”da shunday deyiladi: “Har bir nekbin odam biron kasb bilan shug‘ullanishi, band boiishi, «aql ishlatib» «ikki qoilab yergaishlov berib» «chorva parvarishlab» «biron dasgohni yurgazib» «biron oloti kor» yoki «oloti harbaуasab» kunkechirmog‘i,beg‘araz rizq-uro‘z topib yemogi, birovlarga muhtoj boiib, «qo‘l uzatib, tilanchilik qilmoqdan» asramogi darkor ”. [33,71.] Bu fikrlar shuni ko‘rsatadiki qadimdayoq odamlar kasblami o‘rganish orqali o‘z tirikchiligini yaratishga intilgan- lar. 0‘sha davrdayoq odamlar ongiga ilm, qalbiga ro‘shnolik, nazariga nekbinlik, qoiiga hunar singdirishga intilishgan va ulami to‘g‘ri yoi tutishga, rostgo‘y bo‘lishga vijdonan ishlashga o‘rgatishgan.
Ko‘hnasarchashmalarva«Avesto»dagi dalillar shuni ko‘rsatadiki,

  • deb yozadi Xamidjon Xamidiy, - ta’lim jarayonida kundalik hayot uchun zarur bo‘lgan barcha bilimlar o‘qitiIgan, hunarlar o‘rgatilgan. Ko‘rinib turibdiki, qadimgi ota - bobolarimiz yoshlami tarbiyalash- ning muhim qirrasi deb unga hayotda kerak bo‘ladigan kasblami o‘rgatishni o‘z oldilariga vazifa qilib qo‘yganlar.

Sharq o‘zining bilimlari bilan har doim oldinda bo‘lgan, Bunga ko‘plab misollar keltirish mumkin. Deylik, Kaykovsning “Qobusnoma”sida aynan kasb haqida uning inson uchun foydasi va zarurligi haqida fikrlar bildirilgan. “Ey farzand, ogoh boiki, hunarsiz kishi hamisha foydasiz bo‘lur va hech kishiga naf’ etkurmas.”.[25,26.] Inson ma’lum bir kasbni egallab uni yaxshi o‘zlashtirgan bo‘lishi va shu kasbda o‘z nomini ko‘rsata olgan bo‘lishi kerakligi aytilgan, ya’ni egallagan kasbning ustasi bo‘lib yetishishi zamrligi bildiril­gan. Yaxshi kasb egasi muloyim bo‘lishi va o‘zini kasbini boshqa- larga o‘rgatishi kerakligi ko‘rsatilgan. Bu kasb egasidan boshqalarga ham foyda yetishi bildirilgan. Har kimki biror kasbni egalladimi u bu kasbni kelajak insonlariga o‘rgatishi va ulami kasbli qilishi zarur ekanligi bildirilgan.
Kasbning hayotdagi o‘mi va kerakligi haqida Sharqning juda ko‘p allomalari o‘z fikrlarini bildirib o‘tganlar. Bularga ko‘plab misollar keltirish mumkin.
Deylik:
0‘qib o‘rganilgan har bitta hunar,
Hunarmandga bir kun foyda keltirar.

Yüklə 1,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin