F. R. Abduraxmonov



Yüklə 1,73 Mb.
səhifə14/52
tarix26.12.2023
ölçüsü1,73 Mb.
#197293
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   52
enbbb

0‘qituvchi
Sinf rahbari,o‘quvchilar Kollektivini tashkil eta oladigan tashkilotchi


Bolalar qiziqishlariga


qarab to‘garaklami, guruh rahbari
Ota - onalar bilan ishlashni tashkilotchisi
Aholi o'rtasida pedagogik g‘oyalami, bilimlami targ‘ibotchisi
4-chizma
О ‘qituvchining faoliyatidagi rollari va vazifalari sxemasi
Shuni aytish joizki о‘qituvchini mehnati darrov natija bermay- di. Balki vaqt o‘tishi bilan o‘z natijalarini ko‘rsatadi. Bu albatta kasb tanlashda, o‘quvchining kelajakdagi yutuqlarida, o‘z mehnati tufayli ottirgan obro‘ va hurmatlarida namoyon boiadi. Yuksak yu- tuqlarga erishgan olimlami, siyosiy arboblami, mashhur insonlami va jamiki insonlami yoshligida o‘z mehrini berib taiim va tarbiya
bergan inson aynan shu o‘qituvchi hisoblanadi. 0‘qituvchi bergan bilim va malakalar tufayli ular shu darajaga yetishgandirlar.
Kasb tanlashda о‘sib kelayotgan yoshlarga ta’lim va tarbiya beruvchi ustozlar borki ulami о‘mini hech nima bilan almashtirib bo‘lmaydi. Maktab va kollej davrida yoshlar o‘zlari uchun qiziqarli bo‘lgan kasblami egallashga intilib boradilar. Bu davr uchun peda- gogning o‘mi butunlay boshqacha bo‘lib qoladi. U endi faqat tar­biya va ta’lim bemvchigina emas, balki o‘quvchilami ma’lum bir kasbga bo‘lgan intilishini shakllantiruvchi pedagog - psixolog ham bo‘lib qoladi. Pedagog bu davrda o‘quvchilar bilan o‘zaro muno- sabatlarda bo‘lib, uning qaysi fanlardan o‘zlashtirishi yaxshiligini, qaysi fanlar uni qiziqtirishini va nima uchunligini, undagi boshqa fanlarga bo‘lgan e’tiborini, qaysi fanlar uning uchun yetarli qizi- qish uyg‘otishini va shu kabilami kuzatib boradi. Pedagog kuzatish orqali o‘quvchidagi ma’lum fanlarga va kasblarga o‘zida qiziqish borligini suhbatlar orqali, kuzatishlar orqali, darslardagi javoblar orqali bilib boradi. Pedagogni о‘mini va o‘quvchini kasbni tan- lashi bilan bog‘liq jarayonlarni ko‘plab psixolog olimlar kuzatish- gan. Ular kasbga qiziqishni klassifikatsiya qilganlar. Deylik ros- siyalik olimlar kasb egasi bo‘ladiganlami har xil davrlarga bo‘lib ko‘rsatganlar. Kudryavsev T.V. shaxsning kasb egasi bo‘lishini 4ta davrini ko‘rsatadi:

  1. Kasbni tanlashga bo ‘ lgan uyni paydo bo ‘ lishi va shakllanishi.

  2. Kasbiy faoliyatga tayyorlanish va kasbga o‘qish.

  3. Kasbni faol o‘zlashtirish, unga kirib borish va o‘zini ishlab chiqarish kollektivida tasavvur qilish.

  4. Shaxsni kasbiy mehnatda o‘zini to‘la o‘z kuchini sarf qilishi.

Klimov E.A. ham kasbni tanlashni quyidagi davrlarini ko‘satadi:

  1. Ongli ravishda kasbni tanlashga tayyorgarlik(12-17 yosh)

davri.

  1. Kasbga tayyorgarlik ko‘rish davri (15 -23 yosh) - bo‘lg‘usi kasbga xos bilimlami va malakalami o‘zlashtirish bilan bogiiq faoliyat.

  2. Kasb taraqqiyoti davri (16-23 dan to pensiyagacha) - kasb­ga xos shaxslararo munosabatga kirishish va subyektni keyingi taraqqiyot davri.

Pedagog o‘quvchini kasbga yo‘naltirish davomida uni yoshiga qarab shu yuqorida ko‘rsatilgan jarayonlardan kelib chiqqan holda tayyorlashi kerak boiadi. Haqiqatdan ham o‘quvchi shu davrlar davomida o‘zi uchun kasb tanlab boradi va pedagogning yordamida uni tan oladi.
Kasb tanlash davomida shaxsda ikki xil munosabatlar vujudga keladi;

  1. Tashqi hayot faoliyati shart - sharoitlari va shaxslararo mu- nosabatlarda.

  2. Shaxsdagi ichki fikrlar asosida.

Insonni kasb egasi boiishi uzoq vaqtni - ontogenez davrini qam­rab oladi. Bunda o‘quvchining kasbga boigan intilishi individual tarzda kechadi, ya’ni har bir o‘quvchi kasb tanlashga o‘ziga xos tarzda yondoshadi. Ayrim o‘quvchilar uchun kasb tanlash uning hayotining mazmunini tashkil qilsa, boshqalari uchun kelajakdagi ehtiyojlami qondirishlari uchun o‘ziga xos fonni tashkil etadi, ay- rimlar uchun esa kasb tanlash umuman ulami qiziqtirmaydi, ya’ni kasb tanlash ma’noga ega emas. Bu jarayonlami tizimlashtirishda va tartibga solishda pedagogning o‘mi juda katta hisoblanadi. Pedagog o‘quvchilami ma’lum kasblami o‘z qiziqishlaridan kelib chiqqan hol­da tanlashlarida yo‘nalishlar berib turadi.
Kasb tanlashda o‘quvchilami kasbga olib kimvchilar, ya’ni psi­xologik kuzatuvchilar, yoi - yo‘riq bemvchila kimlar ekanligini kuzatishlar orqali aytish mumkin. Bular eng awalo ota - onalar, o‘qituvchilar, tengdoshlar, atrofdagi yaqinlar va boshqalar hisobla­nadi. Albatta bu yerda kasb psixologi mutaxassis sifatida katta o‘rin oladi va uning bo‘lishi mutaxassis sifatida katta ta’sirga ega bo‘ladi. Shuni ham aytish kerakki hozirda kasbga yo‘naltiruvchi sifatida o‘qituvchilaming o‘rni o‘zgachadir. Pedagoglar tarbiyalanuvchi- larni kuzatish orqali, ular bilan suhbatlashishlari orqali, o‘zlaridagi pedagogik mahoratlari, qobiliyatlari orqali bolalaming qiziqish- laridan manfaatlaridan kelib chiqqan holda kasb tanlashlariga yo‘naltirib turadilar.
Pedagog bolalami kasbga yo‘naltirishi uchun o‘ziga xos ixti- soslikka ega bo‘lishi zarur bo‘ladi. Bu haqida psixologiya fanlari doktori, professor G‘oziev E.G‘, Mamedov K.Q. laming “Kasb psi­xologiyasida” tushuntirib berilgan.Pedagogik ixtisos - ixtisoslikka munosiblikning modifikatsiyasi xaritasi quyidagilami aks ettiradi:
]) jamiyat ehtiyojlariga mos tushuvchi yuksak darajadagi qarash- lar, e’tiqodlar, ideallar shakllanganligi (jamoaviy) yo‘nalganlikni ifodalovchi shaxsning ijtimoiy - siyosiy faolligi;

  1. bolalarga nisbatan mehr - muhabbat, ulaming ehtiyojlari va qiziqishlarini tushunish ko‘nikmasining mavjudligi;

  2. pedagogik kuzatuvchanlik (perseptiv qobiliyat);

  3. hayot va faoliyatning u yoki bu jabhalarida odamlar xatti - harakatlarining xususiyatlarida oqilona tushunish va izohlashga qo- billik;

  4. o‘zgaruvchan shart - sharoitlarda omilkorlik bilan mo‘ljal olish qobiliyati;

  5. tashkilotchilik va boshqaruvchanlik qobiliyatlarga ega;

  6. umumiy va bilishga oid qiziqishlaming ko‘pqirraliligi;

  7. maqsadga erishish yo‘lida irodaviy zo‘r berishga tayyorlik va

sobitqadamlilik;

  1. Yoshlami kasbga yo‘naltirishda ularga yordamlashish.

0‘qituvchilik kasbiga nomunosiblik xaritasida quyidagi omillar o‘z aksini topadi (modifikatsiya bizniki - E.G‘):

  1. qarashlar, e’tiqod (maslak), ideallar ko‘rsatkichining pastligi;

  2. o‘zgalar hisobiga o‘z shaxsiy ehtiyojlarini qondirishga tayyor- lik, shaxsiyatparast, g‘arazgo‘y yo‘nalishga egalik, o‘z qiziqishlarini umumiyatdan ustun ko‘rish;

  3. bolalar (o‘qituvchilar)ga loqayd, befarq munosabat;

  4. aqliy taraqqiyot (intellektual) darajasining quyiligi (pastligi);

  5. chidamlilik, topqirlik, tashabbuskorlik, tirishqoqlik, sobitqa- damlilikning mavjud emasligi, irodasizlik;

  6. ayrim ruhiy kasalliklar alomatlarining mavjudligi;

nutq faoliyatida sezilarli nuqsonlarga egalik, eshitish sezgisi va qa- bul qilish, payqash hissining yetishmasligi va boshqalar. [29,80- 81.]
Taiim tizimining va pedagogning taiim berishdan iborat asosiy vazifasi - bu taiim oluvchilaming fan asoslamini faol, ongli, mus- tahkam va tizimli ravishda o‘zlashtirishini ta’minlashdir. Talabalar- ni o‘qitishda pedagog uch omilga asoslanadi. Bular : 1) nimani o‘qitish; 2) kim va qanday o‘qitish; 3) kimni o‘qitish; Bu o‘qitish va o‘zlashtirishga xos o‘qituvchilik kasbining umumiy masalalari oxir oqibat kasb tanlash,kasbga qiziqish, kasbga yo‘naltirish kabi ko‘plab masalalarni hal qilishga olib keladi.
Bu yuqoridagilar haqida fikr yuritadigan boisak ularni qisman ko‘rib chiqamiz. Nimani o‘qitish deganda - o‘qishning xarakteri o‘zlashtirilayotgan materialni mazmuniga va qanday tizimda yet­kazib berilayotganligi bilan bogiiqdir. Kim va qanday o‘qitishga bogiiqligi - o‘qituvchining metodik mahoratiga, tajribasiga, shaxsiy xususiyatlariga, har xil vaziyatlarda qoilay oladigan o‘qitish uslubiyatiga bogiiq boiadi. Kimni o‘qitish deganda

  • o‘quvchining o‘qish davomidagi o‘ziga xos xususiyatlariga, uning psixik rivojlanishi (aqliy, emotsional, irodaviy), shuningdek individual xarakteristikasiga, undagi o‘qishga nisbatan qaror top­gan munosabatlarga, uning qiziqish - havaslariga bog‘liq bo‘ladi.

0‘qituvchilik kasbining umumiy masalalari qatoriga ta’lim oluvchining o‘zlashtirish bilan bog‘liq xususiyatlari ham kirib, uning asosida kasbga bo‘lgan qiziqishlar shakllanadi. 0‘quvchilarni o‘zlashtirishi bilan bog‘liq masalalarini Levitov N.D. o‘rganib, “o‘zlashtirishning psixologik komponentlari” tushunchasini kirita- di. N. D. Levitovning fikricha shu komponentlarni faollashtirimas- dan turib va tegishli tarzda yo‘nalishlar bermasdan turib ta’lim ber- ishda muvaffaqiyatga erishib bo‘lmaydi. N.D. Levitov bunga quy- idagilami kiritadi:

  1. o‘quvchilami o‘qishga ijobiy munosabatda boiishi;

  2. berilayotgan materiallar bilan bevosita hissiy tanishish jarayonlari;

  3. olingan o‘quv materialini faol ravishda qayta ishlash jarayoni boMgan fikrlash jarayoni;

  4. qabul qilingan hamda ishlab chiqilgan axborotlami esda olib qolish va esda saqlash jarayoni;

0‘qituvchilik kasbiga xos bo‘lgan bu kabi umumiy masalalar bolalami bilimlarini, malakalarini o‘zlashtirib borib ma’lum bir kasbga qiziqish, havaslami paydo bo‘lishiga va oxir oqibat ma’lum bir kasbga intilishlariga olib keladi. 0‘qituvchilik kasbining umu­miy masalalari ta’lim tizimijda yanada aniqlashib borib, bolalar davriy rivojlanishidagi psixologik xususiyatlami hisobga olgan hol­da pedagogik faoliyatlami yaxshilashga olib keladi. Kasb tanlashda tanlashda o‘qituvchilar ta’lim oluvchilami kasblarga bo‘lgan qizi- qishlarini, havaslarini, iroda va intilishlarini shakllantirib boradi.
0‘qituvchilar kasb - hunar kollejlarida faoliyat olib borarekan- lar, shu yo‘nalishlar uchun kadrlar tayyorlab beradilar. Masalan, to‘qimachilik va yengil sanoat uchun. Bu yerda darslami yaxshi tashkil etish, bolalami o‘zlashtirishi, ularning psixologik xususiyat­lari kelajak kadrlarni ishlab chiqarishga, yaxshi mutaxassis boiib qo‘shilishini ta’minlaydi.
Yoshlarni kasb tanlashlarida o‘qituvchilar va ota - onalar asosiy ta’sir etuvchilar qatoriga kiradi. Ayniqsa maktabda ta’limni boshqa- ruvchisi boigan pedagoglar o‘ziga xos tarzda, pedagogik mahorati orqali bolalami kasb tanlashlariga ta’sir etuvchi omil hisoblana­di. Albatta, pedagog o‘zining mehnat faoliyati davomida kasbga yo‘naltirish bilan bogiiq amaliy ishlami ham bajarib boradi. Bular:
Birinchidan, bolalarga bilim berish va ulami shu bilimlarga boigan qiziqishlarini, havasini orttirib borish. Bilimlar ulaming kasb haqidagi tasavvurlarini kengaytirib boradi va ma’lumbir kasbga inti- lishlarini vujudga keltiradi.
Ikkinchidan, taiim bilan birga tarbiya masalalari bilan ham shug‘ullanadi. Ularda milliy, umuminsoniy, ahloqiy, estetik bilim­lami shakllantiradi. Shular asosida kasbga xos psixologik, etikaviy munosabatlar rivoj topadi.
Uchinchidan, taiim oluvchilarda o‘qituvchi mustaqil fikrlashni, qaror qabul qilishni ham tarbiyalaydi.
To‘rtinchidan, bilimlar asosida maium bir kasbga xos ko‘nikmalami ham shakllanishiga yo‘l-yo‘riq beriladi.
0‘qituvchi shaxsi va kasbiy maslahat. Kasbga yo‘naltirish
0‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasidagi o‘zaro tushunish asos- lari. 0‘qituvchilarga kasbga yo‘naltirishda qo‘yiladigan talablar. 0‘qituvchilar kollektivi va ijtimoiy psixologik qiyofa.
Jamiyatning yoshlarga ta’lim va tarbiya berishida pedagoglami

  • o‘qituvchilami о‘mi va ahamiyati nihoyatda kattadir. 0‘qituvchi

  • maktabdagi, kasb - hunar kollejlaridagi taiim - tarbiya jarayonlari- ning asosiy tashkilotchisi, boshqaruvchisi, jamiyatga yangi kadrlami yaratib bemvchisi hisoblanadi. Yosh yigit va qizlami ma’lumot va kasb jihatidan umumiy tayyorgarlik darajasi, mustaqil ijodiy tafak- kur taraqqiyoti, tarbiyalanganlik darajasi, fikrlay olish va tahlil qila olish, fahm - farosatlik darajasi kabilami yuzaga kelishi eng awa-

lo o‘qituvchining faoliyati bilan rivoj topib boradi. Shuning uchun o‘qituvchi shaxsi bu eng mas’uliyatli va qadrli kasb hisoblanadi.
Zamonaviy maktab va kasb - hunar o‘qituvchisi ta’lim vatarbiya- ga tegishli qator vazifalami bajaradi. 0‘qituvchi - o‘quv jarayonini tashkilotchisi sifatida kasbga tegishli bo‘lgan masalalarga ham o‘z diqqatini qaratib boradi. Zamonaviy o‘qituvchi ijtimoiy psixolog ham bo‘lishi, jamiyatdagi kadrlarga bo‘lgan talab va ehtiyojlar bilan ham tanishgan bo‘lishi kerak. Kasbni egallash bilan bog‘liq maslahat- lar va yo‘nalishlar berib borish ham pedagog zimmasiga tushgandir. Chunki pedagog bola bilan birgalikdagi faoliyati davomida undagi qiziqishlami va havaslami ham bilib turadi. Bu esa unga bolani qaysi kasbni egallashni xohlashini ko‘rishga imkon yaratadi.
0‘qituvchi shaxsi bu o‘sib kelayotgan yoshlarga ulami iqtidorligi- dan, qobiliyatidan, qiziqishlaridan kelib chiqqan holda kasblami egal- lashlariga o‘z yo‘l yo‘riqlarini berib, tarbiyalab borishlari kerak bo‘ladi. 0‘qituvchi maktab, litsey, kollejlardagi o‘qish jarayonlarini asosiy boshqamvchisi va tashkilotchisi hisoblanadi. Bolalar bilan bo‘ladigan o‘z faoliyati davomida o‘qituvchi sinfdagi har bir bola haqida umumiy va individual ma’lumotga ega bo‘ladi. Bular esa o‘qituvchini ular bi­lan bo‘ladigan o‘zaro muloqotida har bir bola va uning imkoniyatlari haqida bilimlarga ega bo‘lishiga olib keladi. Boladagi kasb tanlash ja- rayonida o‘qituvchi asosiy ta’sir etuvchi insonlardan biri hisoblanadi.
Kasb tanlash bu ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan jarayon bo‘lib, uning asosida shaxs va uning manfaatlari yotadi. 0‘qituvchi bo- lalarga maktabga chiqqan vaqtdan boshlab ulaming qiziqishlari, havaslari, qobiliyatlari asosida ilk bor “katta boiganingda sen kim boiasan”? - deb savollarga tutadi. Albatta bola o‘zining kuzatish- lari, kattalaming fikrlariga asosan “Men katta boiganimda shofyor bo‘laman”, “Men vrach boiaman”, “Men bog‘bon boiaman” kabi kasblami aytib o‘zining orzularini aytib o‘tadi. Ulami yoshi katta boiib borgan sari o‘qituvchilarining yordamida boshqa kasblar bilan tanishib boradi. Bu esa o‘qituvchini kasblar va ulaming xususiyatlari bilan tanish boiishini so‘raydi.
0‘quvchi o‘z kasbini tanlashda o‘qituvchining yordamiga muhtoj boiadi. 0‘qituvchiboladagipsixologik imkoniyatlardankelib chiqqan holda uni maium bir kasbga yoilab turadi, ya’ni kasbiy maslahat beradi. 0‘qituvchi bu holatda kasblarga xos xususiyatlami bilishi va ulami bolalarga tushuntirib berishi zarur boiadi. Bu o‘qituvchiga professiografiya kabi tushunchalar bilan tanish boiishni talab qiladi. Professiografiya - bu kasb tomonidan shaxsga tegishli boigan xu- susiyatlarga, ya’ni uning psixologik qobiliyatlariga, psixofiziologik imkoniyatlariga qo‘yiladigan talablami o‘rganuvchi texnologiyadir. Professiografiya inson va kasb o‘rtasidagi o‘zaro moslikni diagnos- tika qilish orqali, korreksiya qilish orqali, metodik qoilanmalami shakllantirish va amaliy tavsiyalar berish orqali informatsiyalar be­rish bilan ta’minlab turadi. Professiografiya kasbiy mehnatni unum- dorligini amaliy vazifalar va ulami tashkil qilish orqali ta’minlab beradi. Professiografiya aniq kasbiy faoliyatlami - ijtimoiy, ijtimoiy

  • iqtisodiy, tarixiy, texnik, texnologik, huquqiy, psixologik, psixo­fiziologik, gigiyenik va ijtimoiy psixologik qamrab oladi. Bulardan ko‘rinib turibdiki, professiografiya bu o‘qituvchilar uchun bolalami kasb tanlashlarida kerak boiadigan sohalardan biridir.

0‘qituvchi o‘quvchilami kasb tanlashlariga ijtimoiy jarayon sifatida qarar ekan, ulaming kasb tanlashlaridagi individual tomon- larini ham hisobga olishi kerak boiadi. Buning uchun yoshlaming jinsini, yoshini va ularga xos bo‘lgan xususiyatlarini ham e’tiborga olishi zarur bo‘ladi. Bunda o‘qituvchi birinchi navbatda o‘quvchining kasbiy ehtiyoj ini, motivini, layoqatliligini, qiziqishini, qobiliyati va manfaatlarini hisobga olishi muhimdir. Aks holda umumiy tarzdagi berilgan yo‘llanma ham ijobiy natijalarga olib kelmaydi. Bular esa kasb maorifini bilishni talab qiladi. Kasb maorifi - bu o‘quvchilami kasbning mohiyati va xilma xil kasblaming shaxs oldiga qo'yiladigan talablari, kasblar haqidagi bilimlar tizimining majmuasi hisoblanadi. Kasb maorifi insonning yoshi, jinsi, saviyasi, fahm - farosatiga aso­san xilma xil tarzda amalga oshiriladi. Bular o‘qituvchining bilim­lar berishi davomida kasblarga xos bo‘lgan bilimlami ham ko‘rsatib o‘tishida ko‘zga tashlanadi.

Yüklə 1,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin