Ichki manbalar. Ular insoniy tug‘ma yoki ottirilgan ehtiyojlar bilan belgilanadi. Ulardan eng muhimi tug‘ma informatsiyaga boigan ehtiyojdir. Orttirilgan ehtiyojlar esa gnostik va ijtimoiy ehtiyojlar hisoblanadi.
Tashqi manbalar. Ular shaxsning ijtimoiy hayot shart - sharoit- lari bilan belgilanadi.
Talabalar ulaming birinchisi bo‘lib, jamiatni shaxsdan talab qil- adigan doimiy xulq - atvori bildiriladi. Bog‘cha, maktab, oila boladan juda ko‘p ishlami amalga oshirishni talab qiladi. Ijtimoiy kutish har birimizdan ma’lum bilimlar, ko‘nikmalar da- rajasini bo‘lishi, zarurligini jamiyat kutishini bildiradi. Masalan, bir yoshli bola yurishi kerak. 7 yoshdan u o‘qish kerak, 15 yoshdan u kasb tanlashi kerak deb hisoblaymiz. Imkoniyatlar - shaxs faoliyatini belgilovchi obektiv shart - sharoitlardir. Masalan, bolaning undan boy kutubxona uni kitob o‘qishga undaydi. Shaxsiy manbalar. Bu shaxsning qadriyatlar sistemasi ustanovkalari g‘oyalaridir. Bu manbalar har bir shaxs faoliyatida u yoki bu darajada mavjud. Ulaming barchasi faoliyatning ketishiga ta’sir etib ta’lim jarayonining motivatsiyasini tashkil etadi. V.A.Krutetskiy o‘spirinlarda uchraydigan motivlaming quyidagilarini alohida ifoda- laydi: Biror o‘quv faniga qiziqish;
Vatanga foyda keltirish istagi; Shaxsiy qobilyatini ro‘kach qilish;
Oilaviy an’analarga rioya qilish;
Do‘st - birodarlarga ergashish;
Moddiy ta’minlash va hokazolar. Bilimlarni o‘zlashtirish jarayoni va uning psixologik komponentlari
Ta’lim jarayonining natijasi o‘zlashtirish ichki va tashqi faoliya- tini maqsadga muvofiq ravishda o‘zgartirishdir. Ta’lim bir odamning boshqasiga bilim va ko‘nikmalar berishidir. Bilim, ko‘nikma va mala- kalar ta’lim jarayonining natijasidir. Bilimlami о‘zlashtirish jarayoni muammosi P.Ya.Galpernva N.F.Talizinatomonidan o‘rganilgan. Ular aqliy xatti - harakatlarini bosqichma - bosqich shakllantirish nazariyasini ishlab chiqqanlar. Mualliflar aqliy xatti - harakatlami moddiy holda tashqi nutq yordamida hamda aqliy shaklda, fikrda namoyon bo‘lishini izohlab beradilar. Aqliy xatti - harakatlaming birinchi bosqichirasm, sxema, diagramma va shartli belgilar tarzida o‘z ifodasini topadi. Aqliy xatti - harakatlaming ikkinchi bosqichi ko‘rgazmalardan olgan tasawurlari to‘g‘risida o‘quvchilaming ovoz chiqarib, fikr yuritishdan iborat. Uchinchi bosqichesa, subyekt ongi- da tasavvur, tushuncha, Qonuniyat, xossa, xususiyat, operatsiya, usul tariqasida namoyon boiadi. Ma’lumki, o‘quvchihrga taklif etiladi- gan axborotlar aql bovar qilmaydigan darajada tezlik bilan ko‘payib bormoqda. Shuningdek, ulaming juda tez eskirib qolib, yangilashni taqozo etishi ham o‘z - o‘zidan maium boimoqda. To‘rtinchi bosqichbajarilgan xatti - harakatlar ichki rejada ovoz chiqarilmay ba- jariladi. Beshinchi bosqichesa faoliyatni fikran bajarishga o'tiladi. Bundan ravshan ko‘rinib turibdiki, materiyalni asosan yodlab olish va xotirada saqlab qolishga asoslanadigan taiim hozirgi ta- lablarga qisman javob bermoqda. 0‘quvchilarga hamisha yangi- lanib turadigan axborotni mustaqil ravishda o‘zlashtirib borishga va o‘qishni bitirib kelgandan keyin, kishiga jadal sura’t bilan o‘sib bo- rayotgan fan - texnika taraqqiyotidan orqada qolib ketmaslik imkoni- yatini beradigan qobilyatlar taraqqiyotini bemvchi tafakkur sifatlarini tarkib toptirish muammosi birinchi o‘ringa chiqib bormoqda. Taiim jarayonida o'zlashtirishning muvaffaqiyati quyidagilarga bogiiq: Ta’lim mazmuniga;
0‘quv rejalari, dasturlari, darslik va о‘quv qo ‘llanmalarning mavjudligi;
Та 4im metodikalarini takomillashganligi;
0‘qituvchi mahorati;
0‘quvchining individual psixologik xususiyatlari;
Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, turli individual tipologik xususi- yatlarga ega o‘quvchilar uchun ta’limning yagona qulay, optimal sharoitlarini yaratish mumkin emas. Ammo o‘zlashtirishning samara- dorligini oshirishda muammoli ta’lim, noan’anaviy ta’lim usullarini qo‘llash muhim ahamiyatga egadir. 0‘quv motivlari klassifikatsiyasi Inson faoliyatining muhim tomonlaridan biri bu uning o‘qishi va malakaga ega bo‘lishidir. 0‘qish orqali kishi o‘z ehtiyojlarini qondirish yo‘llarini izlaydi. 0‘zi uchun zarur va qiziqarli bo‘lgan kasbni tanlab oladi va shu yo‘lda izlanib boradi. 0‘qishga olib keluvchi ko‘plab sabablar mavjud bo‘lib inson shu motivlar asosida harakatga keladi va faoliyat ko‘rsatib boradi. Bizga ma’lumki, o‘quvchi o‘zini o‘qishga bo‘lgan munosabatida ko‘pgina hollarda o‘qimaslikka bahonalar izlaydi. 0‘quvchilami o‘qishga bo‘lgan intilishlarini shakllantiribgina qolmay, balki ulami bilishga bo‘lgan intilishlarini ham vujudga keltirib bo‘ladimi? - degan savol tug‘iladi. Ha! Albatta bu sohada diagnostika tizimlarini o‘rganishda o‘qitishni sifatini oshirishning ko‘rinishlaridan biri bu motivlami o‘rganish va uni bilish faoliyatidagi ta’sirchanligini oshirish hisoblanadi. Motiv - bu insondagi ma’lum bir moddiy narsaga yoki ma’naviy rag‘batlantirishga intilish, faoliyat qilish bo‘lib, bunda kishini xatti - harakatga undab turadi. Motivlami uyg‘otuvchi asosiy manba bu ehtiyoj hisoblanadi. Insondagi har qanday faoliyat har doim ma’lum bir motivlarga ega bo‘ladi. Inson qanchalik o‘z motivlarini chuqur va keng anglagan sari о‘zini xatta - harakatlarini shunchalik yaxshi boshqara oladi. 0‘quv motivlarini tahlil qilar ekanmiz uni ikki tomonini ko‘rsatib o‘tamiz.
15-chizma
0‘quv faoliyati bilan bogiiq boigan motivlar o‘zida o‘rganish bilan bogiiq boigan mohiyatni olib yuradi (yangi omillar, bilim, hodisa...), va o‘qish jarayoni (intellektual faoliyatni shakllanishi, fikrlash, to‘siqlarni yengib o‘tish,..). 0‘quv faoliyati bilan bogiiq boimagan motivlar o‘ziga sotsial motivlami qamrab oladi (jamiyat oldidagi burch va javobgarlik: sinf oldida, ota - ona oldida, o‘qituvchi oldida, ...), tor shaxsiy motivlar (maqtov olishga intilishda, yaxshi baho olish, birinchi boiish maqsadi...), salbiy motivlar ( yomonlik- dan qochish va shu kabilar). Bu motivlaming har biri alohida о‘quv motivini rivojiga ta’sir etadi. 0‘quvchilami o‘qish bilan bogiiq motivlari ko‘pgina psixologlar tomonidan o‘rganilganligi sababli uni ko‘plab variantlari mavjuddir. Deylik, T.A. Ilina tomonidan tavsiya etilgan variant quyidagichadir. Bevosita uyg‘otuvchi motivlar:
0‘qituvchining shaxsi va faoliyati bilan bogiiq boigan motivlar. Bunda o‘qituvchini tanlagan motivlari va usullari yotadi.
Ijobiy emotsiyalarga asoslangan ixtiyorsiz diqqatga suyanadigan motivlar.
Kelajakka bog‘liq bo‘lgan motivlar:
Bu o‘quvchini kelajagi bilan bog‘liq bo‘lgan, uning maqsadga intilishi bilan bog‘liq motivlar.
Bu ma’lum bir predmetga, ma’lum bir faoliyatga xohish bilan bog‘liq, shuningdek o‘rtoqlarining maqtovini xohlash bilan bog‘liq motivlar.
Motivlami qo‘rqinch bilan bog‘liq bo‘lishi, deylik ota - ona oldidagi va o‘qituvchi oldidagi qo‘rqinch.
Maqsadni anglagan holdagi ixtiyoriy diqqat bilan bog‘liq motivlar.
Aql bilan bog‘liq motivlar:
Aqliy faoliyat jarayoni bilan bog‘liq motivlar.
Mustaql ravishda masalaga javob berish,bu masalani hal etish bilan bog‘liq hissiyot, aqliy faoliyatdan qoniqish bilan bog‘liq motivlar.
Bolalami aqliy faoliyat usullariga o‘rgatish, umum ta’limni o‘zlashtirish bilan bog‘liq motivlar.
Bu ajratish juda ham shartlidir, chunki motivlar bir - biri bilan bir- lashib ketgan, ular bir - biriga o‘tib turadi, birlashadi; bundan tashqari motivlar yoshiga qarab ham o‘zgarib turadi; deylik kichik maktab yo- shidagilarda bevosita uyg‘otuvchi motivlar ustun tursa, kattalarda - ijtimoiy va kelajakka uyg‘otuvchi motivlar ustun turadi. 0‘quv faoliyatini motivlarini T.A.Ilina yana bir variantini ilgari suradi. Uning fikricha bu ikki tendensiyaga asoslanadi. Biri yutuq- qa ega bo‘lish bo‘Isa, ikkinchisi muvaffaqiyatsizlikdan qochish hisoblanadi.
Muvofaqiyatga erishish
Muvofaqiyatsizlikdan qochish:
tendensiyasi:
- 0‘quvchilar o'zlariga
- 0‘quvchilar ijobiy
isbonmaydilar, tanqiddan
maqsadiarni qo‘yadilar
qochadilar.
- Manbalarni faol
- Muvofaqiyatsiz bo‘lgan ishdan
qidiradilar
qochadilar.
- Ijobiy emotsiyalardan
- Ish bilan bog‘liq bo‘lgan
foydalanadilar
salbiy emotsiyalar
15-chizma.
Bunda o‘qituvchining vazifasi - o‘quvchilarda muvaffaqi- yat qozonishga ishonchni rivojlantirish, eng kichkina yutuqni ham rag‘batlantirishlari kerak boiadi. Diqqatni muvaffaqiyatsizlikka qaratmasliklari kerak boiadi. Bundan tashqari A.K. Markovaning motivlami klassifikatsiya qilish varianti ham bor. Bu quyidagicha ko‘rinishga ega:
16-chizma.
Motivni bundan tashqari yana quyidagicha ham klassifikatsiya qilish mumkin. Bu quyidagicha:
17-chizma
Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqqan holda о‘quv faoliyati bo‘yicha quyidagi xulosalami ko‘rsatamiz: 1.0‘quv faoliyatining yetakchi motivi bo‘lib tashqi yoki ichki motivlar boiishi mumkin. Motivlar rivojlanishini motivlami bilish bilan bogiiq eng muhim jarayonlardandir. Shuni ham kuzatish joizki tashqi ijobiy motivlar tashqi salbiy motivlarga aylanmasligi kerak.
Har bir o‘quvchi tashqi motivlar ta’sirida boiadi, chunki o‘quv faoliyati har doim yarim motivlashgandir.
Takrorlash uchun savollar Kasb psixologiyasi va kasbga yo‘naltirishda о‘quv faoliyati motivlari.
0‘quv motivlarining klassifikatsiyasi Kasbga o‘qitishda pedagog faoliyatining psixologik muammolari Kasbga o‘qitishda pedagog faoliyati va uning psixologik muammolari
Pedagogning o‘qitishdagi roli hamma umumpedagogik fanlarda tan olingan va bu soha egalarini faoliyati muhimligi ko‘rsatib berilgan. “Pedagogika ” termini ikki xil ahamiyatga ega. Birinchisi - bu fan, ilmiy izlanish makoni. Ikkinchisi - bu amaliy faoliyat,kasb, san’atdir. Mashhur insonlaming nomini ko‘pincha uning tarbiya- chisi bo‘lgan pedagoglar nomi bilan bog‘laydilar. Kasbga o‘qitishda pedagog faoliyatining muhim tomonlaridan biri bu uning, ya’ni o‘qituvchi shaxsi nomi bilan bog‘liqligi hisoblanadi. Uning u yoki bu xususiyatlari o‘qitish davomida ko‘tarilishi yoki pasayishi mumkin bo‘ladi. Eng awalo bu “maxsus o‘qituvchilik xu- susiyati” hisoblanib, bunga“o‘qituvchining ilmiy tayyorgarligi ” va “o‘qituvchining shaxsiy talanti” kiradi. Kasbga o‘qitishda pedagog faoliyatining birinchi obyektiv xarak- teri bu pedagogning o‘zi o‘qitayotgan fanini yaxshi bilishi, Ya’ni bu mutaxassislik bo‘yicha ilmiy tayyorgarligi yaxshi bo‘lishi, unga yaqin fanlami ham bilishi, keng ma’lumot egasi bo‘lishi, fanning metodologiyasini bilishi, didaktik prinsiplarga ega bo‘lishi va ni- hoyat o‘zi ishlayotgan bolalami yaxshi bilishi kerak bo‘ladi. Ikkin- chi xususiyati - bu subyektiv xarakterga ega bo‘lgan va pedagoglik san’atini, pedagoglik mahoratini, pedagog ijodini qamrab oluvchi xususiyatdir. Ikkinchi tomon pedagoglik taktni, pedagogik mus- taqillikni va pedagoglik talant,san’atni o‘ziga qamrab oladi. Bu ja- rayonda pedagogni o‘zi mustaqil bo‘lishi,erkin ijodkor, yaratuvchi bo‘lishi, har doim harakatda, izlanishda va taraqqiyotda bo‘lishi kerak bo‘ladi. Kasbga o‘qitishda pedagog faoliyatida bundan tashqari “aqliy” xususiyatlarga kiruvchi “maxsus” xislatlardan tashqari shaxsiy
“irodaviy - ahloqiy” xususiyatlar ham muhim rol o‘ynaydi. Bunga o‘qituvchining e’tiborliligi, ziyrakligi (ayniqsa kuchsiz o‘quvchilarga) halolligi, chidamliligi, o‘zini ushlab tura olishi, o‘z -o‘zini tanqid qila olishi bolalarga boigan muhabbati kiradi.
Kasbga o‘qitishda pedagog faoliyatida uning ijtimoiy roli, o‘mi, vazifalari va unga boigan talablari,unga boigan ijtimoiy mu- nosabatlar ham muhim hisoblanadi. Bundan kelib chiqqan holda o‘qituvchining kasbiy - pedagogik tayyorgarligi va o‘zini tayyorlashi pedagogik faoliyatining psixologik muammolari qatoriga kiradi. 0‘qitish jarayonida pedagog faoliyatining uchta komponentini ajratish mumkin. Bular konstruktiv (tuzulishi), kommunikativ (aloqa yoii) va tashkil qilish faoliyati. Pedagog faoliyatining konstruktiv komponenti - bu o‘qituvchi faoliyatida darsni tuzilishini shakllantirish, konstruktivlash hisoblanadi. Bunda o‘qituvchi darsni tuzilishini tashkil etishi, o‘quvchilami darsdan tashqaridagi tadbirlarini shakllantirishi, maktab dasturi asosida о‘quv materiallarini tanlab olish, bulami darsliklardan va har xil metodik ishlanmalardan olgan holda o‘quvchilarga yetkazib berishi kabilarda ko‘rinadi. Bulaming hammasi bir butun dars jarayonini tuzilishini, darsdan keyingi qili- nadigan ish faoliyatlarini ham tuzilishini konstruktivlab berishda ko‘zga tashlanadi.Ayniqsa kasbga o‘qitishda pedagogning bu faoliyati muhim hisoblanadi. Albatta kasbga o‘qitish davomida, darsni konstruktivlash, ya’ni tuzilishini shakllantirish davomida o‘qituvchi shaxsini oldida о‘ziga xos psixologik muammolar va ulami yechi- mi yotadi. Bunda o‘qituvchiga qo‘yiladigan talablar,o‘quvchida sodir boiadigan psixologik jarayonlar, ular o‘rtasidagi o‘zaro munosabat- larda ko‘zga tashlanib, o‘ziga xos boigan psixologik muammolami vujudga keltiradi. 0‘qituvchi faoliyatining ikkinchi muhim qismi bu kommunikativ (aloqayo‘li) hisoblanadi. Bu pedagog faoliyatidagi muhim jarayon- lardan biri hisoblanadi. Bu pedagog faoliyatida ko‘plab psixologik muammolar kelib chiqadi. 0‘qituvchi bujarayonda o‘quvchi bilan, uning ota - onasi bilan, maktab adminstratsiyasi bilan va o‘qituvchilar bilan o‘zaro aloqada bo‘ladi. Aynan o‘qituvchining o‘quvchiga bo‘lgan munosabati va ular o‘rtasidagi o‘zaro munosabat konstruk- tivlik va tashkilotchilik munosabatida ko‘plab psixologik muammolar yuzaga chiqadi. 0‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasidagi munosabat- larda, o‘qitish bilan bog‘liq jarayonlarda emotsional kechinmalar o‘qitishning o‘ziga xos emotsional tomonlarini ko‘rsatib beradi. 0‘qituvchining o‘quvchiga bo‘lgan emotsional munosabatini besh tipi mavjud. Bular ijobiy - emotsional faol munosabat; ijobiy - emotsional passiv munosabat; salbiy - emotsional faol munosabat; salbiy
emotsional passiv munosabat va bir xil bo‘lmagan munosabatlar.
Kasbga o‘rgatishda pedagog faoliyatidagi o‘quvchilar bilan bo‘ladigan emotsional - ijobiy faol munosabatlarga o‘qituvchining o‘quvchiga bo‘lgan ochiq ko‘ngilli munosabati, o‘quvchida yaxshi shaxsni ko‘rish, unifaol rag‘batlantirib borish natijasida ulami bir birlariga yordam berishlarini, tashabbuskorliklarini, sinfda o‘rtoqlik xissini shakllantirib boriladi. Albatta bu ko‘rsatilgan jarayonlaming ham o‘ziga yarasha psixologik muammolari va yechilishini talab qi- ladigan tomonlari bor. 0‘qituvchi faoliyatidagi tashkilotchilik tomonlari. 0‘qituvchi faoliyatida tashkilotchilik faoliyati muhim jarayonlardan biridir. Uni konstruktivlikdan ajratib bo‘lmaydi, ular bir butun jarayon hisoblanadi. 0‘qituvchi dars davomida nimani mo‘ljallagan bo‘lsa, u o‘qituvchining bilishi, uddalashi, tashkil qilish qobiliyati bilan bog‘liqbo‘ladi. Faqat shundagina o‘quvchi bilim bilan ta’minlanadi.
Tashkiliy komponent o‘zida uchta yo‘nalishni qamrab oladi: o‘zini aytmoqchi bo‘lgan fikrlarini tashkil etishda; darsda o‘zini tutishni tashkil etishda; bolalami faoliyatini tashkil etishda, ya’ni ulami bilish jarayonlarini har doim faollashtirib turishda ko‘rinadi. Rossiyalik psixolog A.I.Sherbakov pedagog faoliyatining bu komponentlaridan tashqari qo‘shimcha tomonlarini ham kiritadi. Bu informatsiya - maiumot bemvchi tomonlar ( materiallami bilish va yetkazib bera olish san’ati) Rivojlantiruvchi ( maktab o‘quvchini bir butun holda rivojlanishini boshqaradi) yo‘nalish bemvchi (shaxsni yo‘nalishlari,uning motivlari), izlanuvchanlik (pedagogik jarayonda ijodiy izlanish, eksperiment o‘tkazishni uddalay olish, o‘zini mahora- tini va tajribasini umumlashtira olish). Pedagogik ixlos va uni kasbga yo‘naltirishdagi ahamiyati 0‘qituvchi mehnatining jamiyat uchun juda katta ahamiyatga egaligi hamisha, hamma zamonda e’tirof qilib qilib kelingan, Hozirda 0‘zbekistonda olib borilayotgan taiim sohasidagi islohot- larda o‘qituvchining roli va ahamiyati juda kattadir. 0‘qituvchilar o‘z faoliyatlarini yoshlarni to‘g‘ri tarbiyalashga va jamiyatga yetuk mutaxassisi sifatida tayyorlab berishni oldilariga maqsad qilib qo‘yganlar. Bu sohada ular o‘z kasblariga ixlos qilgan holda yon- doshib, jamiyat qo‘ygan maqsadlar sari ildam bormoqdalar. Buning uchun ular pedagogik ixlos asosida yoshlarni о‘zlari qiziqqan kasblarga yo‘naltirib borib ulami kelajakda yaxshi kasb egasi boiishlari uchun tayyorlab bormoqdalar. Pedagogik ixlos-bu pedagogni o‘z kasbiga boigan sodiqligi, uni taiim berish va tarbiyalash ishlaridagi jonkuyarligi, o‘z ishiga berilganligi, faolligi, xolisligi, ishiga vafodorligi, undagi qobiliyatlar va bag‘ri kenglikning cheksizligi kabilar hisoblanadi. Pedagogik ixlos tushunchasi keng qamrovli tushuncha bo‘lib, u pedagog shaxsini, pedagog ahloqini, pedagogik qobiliyatlami, pedagog nutqini , pedagog psixologiyasi kabi qator tomonlami o‘zida qamrab olgandir. Pedagogik ixlos pedagogni uzoq yillar davomida pedagogik faoliyatga chin qalbidan xizmat qilish bilan bog‘liqdir. Pedagogik ixlos bu pedagogning sabr - toqati, chidam bilan yosh avlodni tarbiyalash jarayoni bo‘lib, pedagogni oldiga qo‘yilgan barcha talablarni o‘zvaqtida bajarib borib obro‘ga ega bo‘lish jarayonidir.
Pedagogning bu faoliyati juda qiyin, ko‘plab mehnatni talab qila- digan faoliyat turi hisoblanadi. Pedagogni o‘z kasbiga mavjud boMgan ixlosi uni kasbga yoshlami yo‘naltirishda ahamiyati juda katta bo‘ladi. Pedagogik ixlos eng awalo pedagogni o‘z kasbni sevishdan boshlanadi. Pedagog yoshlar bilan ishlashdan charchamaydi, ulami sevadi va ulami malakali bo‘lishlariga yordamlashadi. Pedagog o‘z kasbiga sadoqatli boMish bilan birga u jamiyat oldidagi mas’uliyatni ham sezib turadi. Qa- dimgi grek filosoflaridan biri boigan Platon, agar kavishdo‘z yomon usta boisa, davlat bundan unchalik ko‘p zarar ko‘rmaydi
fuqarolar bir muncha yomonroq kiyinib yuradilar, xolos, ammo bolalami tarbiyalovchi kishi o‘z vazifalarini yomon bajarsa, mam- lakatda nodon va yomon odamlaming butun bir avlodi vujudga keladi, deb yozgan edi. Demak, pedagogni o‘z kasbiga boigan ixlosi orqali, jamiyatga yaxshi insonlar etishib chiqadi va ular jamiyat manfaatlari uchun xizmat qiladilar.
0‘z kasbiga ixlos qilgan pedagoglar tanlagan kasblaridan no- limaydilar, uzlarini har doim shu kasbga loyiq tutishga intiladilar. Pedagogik ixlos bu o‘ziga yarasha chidam va sabr - toqatni talab qiladi. Yillar davomida pedagogda o‘z kasbini ardoqlash, kasbga tegishli boigan mahoratni o‘sib borishi, kasbga ijodiy yondoshish kabi xislatlar shakllanib boradi. Taniqli pedagoglardan biri kasbiga boigan ixlosni quyidagicha ko‘rsatib beradi. Mening butun hayo- tim o‘zim uchun yorqin hayot boidi. Umrimda zerikkan vaqtim boiganini bilmayman... 0‘z ota - onalariga nisbatan meni ko‘proq yaxshi ko‘radilar. Yaxshi ko‘rishlarining boisi shuki, men ularga butun hayotimni tikkanman. Meni ko‘z o‘ngimda ular o‘sib rivoj- lana boshlaydilar, ulaming fikrlari tarkib topadi, ularda eng yaxshi odatlar vujudga keladi. Ular kitob bilan ishlashni o‘rgana boshlaydilar, kitob esa insonning eng katta xazinasidir. Bu fikrlami aytayotgan muallim o‘z kasbini sodiq insoni, o‘z kasbiga ixlos qo‘ygan ulug‘ zotdir. Pedagogik ixlos - bu о ‘ qituvchining о ‘ z kasbiga bo ‘ Igan sodiqligi vashuyoidagi doimiy izlanish hisoblanadi. Ixlos bu psixologik tushuncha boiib insonni biror bir kasbga, hodisaga boigan sodiqligi, bu kasbni o‘zgartirmasligi, har doim shu kasbni ulugiashi bilan bogiiq jarayondir. Insondagi ixlos o‘ziga eng awalo ehti- yojni, manfaatni qamrab olib, shundan kelib chiqqan holda unda shakllanadigan qiziqishlar, motivlar, ustanovkalarga asoslanadi. Insondagi ixlos uning faoliyatini barcha sohalarida ko‘zga tashlanadi. Inson biror kasbga ixlos qilishi uchun bundan tashqariunda iroda kuchi, diqqatning o‘ziga xos tomonlari, hayol, tafakkur, o‘ziga xos bo‘lgan individual - psixologik xususiyatlar shakllantirilib borilishi kerak bo‘ladi. Pedagogik ixlos - bu pedagogni o‘z kasbiga bo‘lgan irodaviy tomonlami mujassamlantirgan jarayon bo‘lib, yoshlami kasbga tayyorlashda juda katta kuchni sarf qilishni talab qiladi. Pedagog o‘z qobiliyatlaridan kelib chiqqan holda yoshlami kasb - hunarga yo‘naltirib turadi, ularga bilimlar berib borib, malakalarini tarbiyalaydi, kasbga xos bo‘lgan layoqatni shakllantirishga ko‘maklashadi. Pedagogning o‘z kasbiga bo‘lgan sadoqati, yoshlami kasbga yo‘naltirishda irodaviy kuchni, aqliy salohiyatni sarf qilishni talab qiladi. Bizga ma’lumki yoshlar o‘ziga xos bo‘lgan xulq - atvorga egadir. Ulami shu kasblarga yo‘naltirish uchun esa pedagog o‘z kasbini yaxshi bilishi va boshqa fanlar, kasblar haqida bilimga ega bo‘lishi kerak bo‘ladi. Albatta pedagogdagi qat’iylik, chidam, mehnatkashlik, bolalami о‘zini ketidan ergashtira olishlik kabi qobiliyatlar pedagogni mehnatini ro‘yobga chiqaradi. Ko‘rinib turibdiki, pedagogik ixlosni yoshlami kasbga yo'nalti- rishdagi ahamiyati nihoyatda katta va bu ixlos pedagogni faoliyatini yuzaga chiqishi uchun zarurdir. Pedagogni ixlosini taqdirlab turilishi, ya’ni uni moddiy va ma’naviy rag‘batlantirish pedagogdagi ixlosni yanada oshiradi. 0‘qituvchidagi pedagogik ixlosni shakllantirshda uning shaxsiy va qisqacha xarakteristikasini quyidagicha tasawur qilish mumkin.
Yuksak darajadagi fuqarolikjavobgarligi va ijtimoiy faollik;
Ilmiy - pedagogik tafakkuraing innavatsion stili, yangi qad- riyat va ijodiy qirralami yaratishga tayyor boiish, yuksak kasbiy mahoratni ko‘rsata olish;
Jismoniy va psixologik sogiomlik kasbiy layoqatlilik;
Mustaql o‘z - o‘zini ta’lim olishi uchun boigan ehtiyoj va unga tayyor boiish.
0‘qishga munosabat va intellektual sifatlar. Axloqiy - irodaviy fazilatlar. Ishbilarmonlik xislatlari Pedagog o‘z faoliyati davomida yoshlarga taiim va tarbiya berib boradi. Yoshlarni o‘qitish, bilim va malaka berish vazifasi o‘qituvchini doimo o‘z ustida ishlashiga, malakasini oshirib borishni talab qiladi. Shu bilan birga o‘qituvchi yosh- lami o‘qitish masalasiga juda katta mas’uliyat bilan munosabat qiladi. Pedagog yoshlarni bilim va malakalar bilan ta’minlash uchun avvalam bor o‘zi va o‘quvchilami o‘qishga boigan qiziqishlarini shakllantirib boradi. 0‘qituvchi o‘quvchilami o‘qishga boigan qiziqishini shakllantirish uchun ularda intellektual sifatlami vujudga keltiradi, shakllantiradi va ularda o‘qishga boigan yetuk munosabatlami tarbiyalaydi. 0‘quvchilami intellektual - ijodiy faoliyati ma’zmuniga quyidagi guruhiy sharoitlar kiradi:
Tashkiliy sharoit: ijodiy yondoshuvchi o‘qituvchilar gu- ruhini tuzish;
Maiumot bemvchi sharoit:
Izlanish faoliyatini tashkil qilish bilan bogiiq kataloglami yaratish;
Qobiliyatli va izlanishga moil bo‘lgan bolalar haqida baza yaratish;
Izlanish ishlari bilan shug‘ullanayotgan o‘qituvchilar bazasini yaratish;
0‘quvchilami izlanish bilan bog‘liq ma’lumotlar ba’zasini yaratish;
0‘quvchi va o‘qituvchilami o‘tkazilishi kerak bo‘lgan konkurslar bilan, ularga qo‘yiladigan talablar bilan tanishtirish;
Ota - onalar majlisini o‘tkazish va ota - onalarga maslahatlar berish
Ijodiy guruh haqidagi qoidalami ishlab chiqish va izlanish ishini yozish haqida yo‘riqnoma yaratish
Metodik sharoit:
1.0‘quvchi va o‘qituvchilami izlanish faoliyatiga munosabatla- rini, ta’limni rivojlantirib boruvchi texnologiyaga, innavatsion ja- rayonlarga tayyorgarligini diagnostika qilish; Rivojlanib boruvchi texnologiyani o‘qituvchilar tomonidan foydalanishni o‘quv- tarbiyaviy jarayonlardagi holatini tahlil qilish;
0‘qituvchilami rivojlanib boruvchi yangi texnologiyalar haqidagi ma’lumotlarga ega bo‘lishi;
Ta’lim berishda izlanishning nazariy asoslari bilan o‘qituvchini tanishtirish;
0‘quvchilami izlanish faoliyatiga rahbarlik haqida tanishtirish;
Metodikani yaratishni asosini shakllantirish;
0‘qituvchilami qobiliyatli bolalar bilan ishlash kurslarida o‘qitish;
Ta’limni rivojlanib boruvchi texnologiyalar asosidagi tajri- balami umumlashtirish;
Kasbiy o‘sib borayotgan o‘qituvchini rag‘batlantirish tizimini ishlab chiqish.
Psixologik sifatlar:
0‘quvchilami intellektual - ijodiy qobiliyatlarini diagnostika qilish, izlanish faoliyatiga iqtidori bor boigan bolalami aniqlash;
Izlanish bilan shug‘ullanayotgan bolalar bilan treninglar o‘tkazish;
Korreksion rivojlanib bomvchi darslami tashkil etish;
0‘quvchilar, ota - onalar va o‘qituvchilar uchun maslahatlar tashkil etish;
Pedagogik sharoit:
Maktab ilmiy jamiyatini tashkil etish;
0‘quvchilar darajasida izlanish ishlarini olib borishga nazariy tayyorgarlik kiritish;
Maktab ilmiy anjumanini tashkil etish va o‘tkazish;
0‘quvchilami shahar,viloyat, respublika konferensiyalarida ishtirok etishlarini rag‘batlantirish;
Fan kunini o‘tkazish;
Bilish bilan bogiiq boigan o‘yinlar, konkurslami tashkil etish va o‘tkazish va sh.k.
Intellektual amaliy ishlami olib borishda o‘qituvchiga zamr boigan amallarga shulami kiritish mumkin.Albatta bu yerda moli- yaviy xarajatlar ham bordir. 0‘qituvchilar bugungi o‘quvchiga barcha fanlardan yaxshi bilimlar olishlarini imkoniyatlarini yaratishlari kerak. Ulardagi intellektual imkoniyatlami tarbiyalab borishlari, ulami o‘qishga boigan munosabatlarini qiziqtirishlar orqali shakllantirib borishlari zamr boiadi. Bu bilimlar bilan tanishgan o‘quvchilar aniq hollarda yaxshi fikrlar ayta olishlari, o‘zlarini qobiliyatlarini ko‘rsata olishlari mumkin boiadi. 0‘quvchiga berilayotgan bilimlaming hamma- sini unga yetkazib bermasdan uni muammoli vaziyatlarga qo‘yish orqali o‘ylashga, xulosa qilishga, o‘zicha yangiliklami yaratishga majburlanadi. Bunday ishlami olib borish ularda tafakkur qilishni, fikrlashni shakllantiradi. Psixologlar bunday jarayon hamma bo- lalarda mavjudligini va uni tarbiyalab borib yaxshi ta’lim olgan insonlami yaratish mumkinligini ko‘rsatib o‘tganlar. Intellektni qiyoslashni har xil bir biridan farq qiluvchi tomonlari bor. Bugungi kunda intellektni universal hodisa sifatida psixologik tushuntirish mumkin. Buning asosida ma’lumotni ma’lum bir tezlikda va aniqlikda qayta ishlay oluvchi genetik tarzda asoslangan nerv tizimining xususiyati yotishi mumkin. Bu fikmi X.Ayzenk aytish bilan insondagi intellektni nerv tizimi bilan bog‘liqligini ko‘rsatib o‘tadi. Insondagi nerv tizimi va uning fiziologik xususiyatlari shaxsning intellektual imkoniyatlarining asosini tashkil etadi. Bu sohada ko‘plab mutaxassislar o‘z tadqiqot ishlarini olib borganlar. 0‘quvchining intellektual imkoniyatlari va uni ro‘yobga chiqishi albatta unga meros bo‘lib qolgan nerv tizimi va uning imkoniyatlari bilan ham bog‘liqdir. 0‘qishga munosabat va intellektual sifatlar bu pedagogni va o‘quvchini imkoniyatlari va birgalikdagi harakatlari bilan bog‘liq bo‘ladi. Intellektning tizimiga quyidagi qobiliyatlar kirishi mumkin: verbal, sonli, ma- konga xos. Bulaming hammasi birgalikda konvergent tafakkumi xarakterlaydi. 0‘qituvchi bolalar bilan ish olib borib ulardagi intellektual imkoniyatlami bilib borishi uchun ulardagi tafakkurga xos bo‘lgan jarayonlarni o‘zlashtirgan bo‘lishi zarurdir.