F. R. Xolboyev, D. A. Azimov, E. Sh. Shernazarov z o o g e o g r a f I y a


asosan, hozirda o ‘xshash turlar yashayotgan ikki va undan ortiq ma



Yüklə 352,6 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə42/92
tarix25.12.2023
ölçüsü352,6 Kb.
#195941
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   92
asosan, hozirda o ‘xshash turlar yashayotgan ikki va undan ortiq ma
teriklar bir paytlar o ‘zaro tutash bo‘lgan. Gondvana yeming janubiy
yarim sharida paleozoy va qisman mezazoy erasida mavjud bo‘lgan
materik bo Tib, uning tarkibiga Janubiy Amerika, Afrika, Madagas
kar, Arabiston, Hindiston, Avstraliya va qisman Antarktida kirgan.
Bunday ulkan materikning mavjudligi va keyinchalik uning boTinib
ketishini tuyaqushlaming Amerika, Afrika va Avstraliya kabi uchta
materikda hamda xaltalilaming Avstraliya va Janubiy Amerikada tar­
qalishi bilan tushuntirish mumkin. Ayni vaqtda hayvonot olamining
yer yuzida tarqalishidagi boshqa qator misollar ham buni tasdiqlaydi.
- Uzilgan areallaming hosil boTishiga turning qachonlardir turli
to‘siqlami yengib o ‘tishi va o ‘zi uchun yangi hududga joylashishi ham
sabab boTishi mumkin. Bunday to‘siqlami ishg‘ol qilish albatta katta
qiyinchiliklar tug‘diradi va ko‘pgincha inson yordamida, uning tur­
lami bir hududdan ikkinchisiga o ‘tkazishi natijasida sodir bo‘ladi va
71


oqibatda uzilgan areallar shakllanadi. Masalan, Avstraliyaga inson to
monidan Yevropa quyonlarining keltirilishi tufayli quyonning uzilgan
areali shakllangan. Mazkur tur Avstraliyada juda tez ko‘payib ket
gan va ko‘pchilik hollarda qishloq x o ‘jaligi va tabiiy komplekslarga
jiddiy zarar yetkazgan. Bunday misollami iqlimlashtirilgan turlarda
yana ko‘plab uchratish mumkin.
Inson ko‘pchilik hollarda turlami ongli yoki ongsiz ravishda bir
hududdan ikkinchisiga o ‘tkazadi va dastlab yaxlit bo‘lgan tur arealini
uzilgan holatga keltiruvchi asosiy omilga aylanadi. Ba’zi hollarda ay
rim turlar inson ishtirokisiz ham arealini kengaytirishi yoki uzilgan

Yüklə 352,6 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin