F. R. Xolboyev, D. A. Azimov, E. Sh. Shernazarov z o o g e o g r a f I y a


Indo-M alay oblasti faunasining xos turlari: 1 - jun-



Yüklə 352,6 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə71/92
tarix25.12.2023
ölçüsü352,6 Kb.
#195941
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   92
Indo-M alay oblasti faunasining xos turlari: 1 - jun-
qanot; 2 - uchuvchi tulkicha (qo ‘Iqanotlilardan); 3 - Lar gibboni;
4 - orangutan; 5 - qisqa dumli nektarchi; 6 - tupayya;
7 -
Viktoriya
yelkanlisi; 8
-
uchuvchi baqa; 9 - uzun tovon; 10 —t о ‘rt shoxli antilo
pa ; 11 - y i r i k hind olmaxoni; 12 - tovus; 13 - garpiya; 14 - karkidon
qush; 15 — gurial ко ‘к targ ‘og
7; 
1 6 - argus qirg ‘ovuli; 17 - pakana
buyvol; 18 - gimnura; 19 - M alay ayig ‘i; 20 - nilgau antilopasi;
21 - zam bar bug ‘usi; 22 - bangkiv xo ‘rozi; 23 - M alay viverrasi.
105


Yirtqichlardan endemik avlod hisoblangan qizil bo‘rilar (Cion) 
ning 2 turi Hindiston, Hindi-Xitoy va Katta Zond orollarida uchray­
di. Hind mangusti, binturong kabi yirtqichlar oblast uchun xos turlar 
sanaladi. Mushuksimonlardan (10 tur) yo‘lbars, gepard, qoplon va 
bir qancha mayda turlar uchraydi. Gepardlar keyingi yillarda Hindis 
tonda qirib tashlangan. Hindiston, Shri-Lanka va Hindi-Xitoyda hind 
fili-ning soni kamayib ketgan bo‘Isa, hozircha Sumatra va Klimantan- 
da uning qirilib ketish xavfi yo‘q.
Tuyoqlilar faunasi bo‘yicha Indo-Malay oblasti Efiopiyadan anti- 
lopalaming nisbatan kamligi, ammo buqalaming ko‘pligi bilan farq 
qiladi. Buqalardan gaur, gayyal, kuprey va banteng kabi yirik turlami 
uchratish mumkin. Cho‘chqalar juda ko‘p. Toq tuyoqlilardan targ‘il 
tapirlar Tailand va Birmaning nam o‘rmonlaridan tortib Sumatraga 
cha b o igan hududda tarqalgan. XIX asming boshigacha zoologlar 
Janubiy Amerika tapiri turini bilishgan, xolos. Tapirlaming tarqalishi 
mazkur oila arealining bo‘linib ketganligiga yaqqol misoldir. Neark­
tika va Palearktikada qazilma holdagi tapirlaming topilishi mazkur 
gumhning qadimda katta arealda tarqalganligi, keyinchalik qirilib ke 
tishi tufayli arealining o‘zgarganligidan dalolatdir. Karkidonlaming
3 turi uchraydi. Hozirda ulaming soni kamaygan. Jumladan, jiddiy 
muhofaza qilish choralari ko‘rilmasa, sovutli karkidonning yo‘qolib 
ketish xavfi kutilmoqda. Yava va Sumatra karkidonlari deyarli qirilib 
bitgan.
Omitofaunasi 
66
oiladan (dengiz omitofaunasi bundan mustasno), 
600 dan ziyod avloddan tashkil topgan. Shundan 14 turdan iborat 
Irenidae oilasi endemiklardan sanaladi. Bu oila turlari oblastning bar- 
cha hududlarida keng tarqalgan bo‘lib, uncha katta bo‘lmagan, yo- 
qimli sayrovchi, tilining uchida nektar yig‘ish uchun kichkina popugi 
bo‘lgan, chumchuqsimonlarga tegishli qushlardir. Umuman, omito 
faunasi tarkibida jami 150 turdagi endemiklar mavjud. Indo-Malay 
oblasti omitofaunasi Efiopiya, Avstraliya va Palearktika omitofaunasi 
bilan u yoki bu darajada bogiangan. Bunday bog‘lanishlaming biri 
qushlaming migratsiyasi bilan tushuntiriladi. Oblastning janubi-shar-
106


qida ko‘krak tojsizlardan kazuarlarning (Casuariidae) bir necha tur­
lari uchraydi. Ular xas tovuqlar bilan birgalikda Avstraliyadan kirib 
kelgan turlardir. Qirg‘ovullar, tovuslar va haqiqiy tovuqlar turli-tu- 
manligi bilan ajralib turadi.
Oblastdagi sudralib yuruvchilar faunasi tarkibida turlar soni ko‘p. 
Bu yer ko‘p turdagi ilonlarning kelib chiqish markazidir. Sudralib 
yuruvchilar endemizm oila darajasida namoyon boigan. Jumladan, 
katta boshli toshbaqalar oilasi (yagona turi Hindistonda yashaydi), 
quloqsiz echkemarlar oilasi (bir turi Kalimantan orolida yashaydi), 
qalqondumli ilonlar (45 tur, Hindiston va Shri-Lankada yashaydi) va 
gaviallar oilasini (yagona turi Gang gaviali Hind, Gang va Braxmaput- 
ra daryolarida yashaydi) ko‘rsatib o‘tish mumkin. Ayniqsa, gekkonlar, 
agamalar, ssinklar oblastda juda ko‘p. Agamasimon kaltakesaklardan 
o‘ziga xos tuzilishga ega b o ig an uchuvchi ajdarlar alohida ahamiyat- 
ga ega. Ular tanasining yon tomonida joylashgan keng teri burmalari 
daraxtdan pastga tomon 20-30 metrga sakrashga imkon beradi.
Indo-Malay faunasi tarkibidagi echkemarlar orasida gigantizm 
yaqqol namoyon boiadi. Komod echkemari 3 metrgacha yetadi. Yirik 
to‘rsimon pitonning uzunligi esa 
10
metrgacha b o iib , ajoyib suzish 
hamda daraxtda o ‘rmalash qobiliyatiga ega. Zaharli ilonlar orasida 
aspidlar oilasiga mansub hind kobrasi oblast chegarasidan tashqarida 
ham uchraydi, qirol kobrasi esa faqat mazkur oblastgagina tegishli.
Oblastda amfibiyalaming barcha turkumlariga (dumlilar, dumsiz- 
lar, oyoqsizlar) mansub boigan turlar tarqalgan. Ammo ular orasida 
endemik oilalar uchramaydi, avlod darajasidagi endemiklar esa qayd 
etiladi. Bir necha turdagi oyoqsizlarga mansub chuvalchangsimon 
amfibiyalar (ilonbaliqlar) materikda va Katta Zond orollarida tarqal­
gan. Dumli amfibiyalardan yashirin jabralilar oilasining mavjudligi 
oblast faunasining Nearktika, salamandralaming mavjudligi esa Pa­
learktika va Neotropik oblastlari bilan aloqalaridan dalolat beradi. 
Dumsizlardan aylana tillilar, qurbaqalar va boshqalar uchraydi. Haqi­
qiy baqalardan eshkak oyoqlilarning 150 turi tarqalgan. Ulardan ay 
rim turlari hatto uchuvchi baqalar degan nomni ham egallashgan. Tor
107


og‘izli baqalar oilasi turlarining ko‘pligi va butun oblast miqyosida 
tarqalganligi bilan ajralib turadi.
Chuchuk suv baliqlari umumiy xususiyatlari bilan Efiopiya oblasti 
baliqlariga o‘xshash. Bu joyda ulaming 3 ta endemik oilasi tarqalgan. 
Indo-Malay oblasti keng tarqalgan karplar va laqqalaming turli-tu- 
manlik markazi sanaladi. Bu yerda birgina karplaming 2000 dan ortiq 
turlarini uchrashi qayd etiladi.
Indo-Malay oblasti hasharotlar faunasining juda xilma-xilligi bi 
lan ajralib turadi. Oblastda 4000 dan ortiq avlodga mansub bo‘lgan 
turlar uchraydi. Ulaming 40%i endemiklardan tashkil topgan. Ay 
niqsa, beshiktevratarlar, qo‘ng‘izlar va kapalaklar turkumlarining va 
killari nisbatan turli-tuman. Tangachaqanotlilardan kavalerlar oilasi 
vakillari juda chiroyliligi bilan ajralib turadi. Hindistonda murak- 
kab mimikriyaga ega bo‘lgan dongdor kallima kapalagi uchraydi. 
Qo‘ng‘izlardan bargxo‘rlar, tilla qo‘ng‘izlar, mo‘ylovdorlar, karkidon 
qo‘ng‘izlar, bug‘u qo‘ng‘izlar va boshqalar tipik sanaladi. Boshqa 
bo‘g ‘imoyoqlilardan solpuglar va yirik qushxo‘r o‘rgimchaklami 
(yava paxmoq qushxo‘ri 9 sm ga yetadi) qayd etish mumkin. Termit- 
lar va chumolilar faunasi tarkibida turlar soni juda ko‘p bo‘ladi.
Indo-Malay zoogeografik oblastida bir-biridan u yoki bu darajada 
farqlanuvchi 3 ta hududni kuzatish mumkin (Hindiston, Hindi-Xitoy, 
Malayziya).
Hindiston hududi butun Old Hindistonni va Shri-Lanka orollarini 
o‘z tarkibiga oladi. G ‘arbiy va shimoliy chegarasi oblastning chega- 
rasiga mos keladi. Sharqiy chegarasi Ganga daryosining deltasidan 
Braxmaputraning yuqori oqimigacha cho‘ziladi.
Mazkur hudud geografik joylashuvi va o‘ziga xos iqlimiy xu- 
susiyatlaridan kelib chiqqan holda, turlicha tarkib va zichlikka ega 
bo‘lgan o ‘simlik qoplamlaridan iborat. Bu yerda siyrak o ‘t va alohida 
butalardan iborat o ‘simlik qoplamlari, to‘qaylar, palma va bambuk 
daraxtlaridan iborat zich o‘simlik qoplamlari, botqoqlashgan jung
li, nam tropik o‘rmonlar, savanna va boshqa floristik xilma-xillikni 
ko‘rish mumkin.
108


Hindiston, Pokiston va Shri-Lankada qishloq xo‘jaligiga yaroqli 
bo‘lgan yerlarning aksariyatida dehqonchilik qilinishi oqibatida 
o‘rmonlaming ancha qismi kesib tugatilgan.
Faunasi tarkibida Indo-Malay oblastiga xos turlardan tashqari 
asosan g‘arb tomondan kirib kelgan qo‘shni Efiopiya va Palearktika 
oblastlarining vakillari ham uchraydi.
Endemik guruhlarga antilopalardan nilgau, gama, to‘rt shoxli anti- 
lopani hamda labdor ayiq va gulman maymunlarini kiritish mumkin.
Yirik yirtqichlardan yo‘lbars va arslonlar yarim orolning turli ra- 
yonlarida tarqalgan. Hindiston davlatining muhofaza chora-tadbirlari 
natijasida yoibarslar soni oshib bormoqda. Arslonlar Hindistonning 
chekka shimoli-g‘arbidagi milliy bogiarda juda kam sonda uchray 
di. Ta’kidlanishicha, bu yerga Old Osiyodan y o i- y o i sirtlon, chiya 
bo‘ri, arslon, karakal va xaus kabi mushuksimonlar kirib kelgan. Efi- 
opiyadan kirib kelgan turlarga gepardni misol qilish mumkin.
Kelib chiqishi Palearktika va Efiopiyaga xos b o ig an turlar bi­
lan mahalliy turlaming chatishishi natijasidagi aralashuvni qushlar 
faunasi tarkibida kuzatish mumkin. Omitofaunasidagi tipik turlarga 
tovus, ko‘k to‘rg‘ay, jannat pashshaxo‘ri va boshqalar kiradi. Ko‘k 
to‘rg‘ay va jannat pashshaxo‘ri allaqachon 0 ‘rta Osiyo daryolarining 
vodiylarigacha tarqalgan. Keyingi yillarda ekologik qayishqoqligi va 
agressivligi tufayli areali kengayib, zichligi ortib borayotgan, turli 
muammolami keltirib chiqarayotgan maynaning ham kelib chiqishi 
Hindiston bilan bogiiq.
Reptiliyalardan buqalamunlar va gavial timsohi keng tarqal­
gan. Hindistonning chekka janubida va Shri-Lanka orolining tog‘ 
o ‘rmonlarida uya qazib yashovchi shaqildoq dumli ilonlar oilasi tar­
qalgan b o iib , ulardan 45 turi endemiklardir. Bu yerda uzunligi 
1,5 metrga yetadigan yirik chuvalchanglardan megaskoletsidlar ham 
tarqalgan.
Hindi-Xitoyga Osiyo materigining chekka janubi-sharqiy hududi 
(Malakk yarim oroli bundan mustasno) hamda Tayvan va Xaynan 
kabi ikkita yirik orol tegishli. U g‘arbda Hindiston, shimoli-sharqda
109


esa Palearktika bilan chegaralanadi. Nam va tropik iqlimga ega. Flo- 
rasi tarkibida bargini to‘kuvchi o‘rmonlar, gileyalar va katta maydonni 
egallagan qishloq xo‘jalik ekinlari va boshqa o‘simlik qoplamlar 
uchraydi.
Hindi-Xitoyning faunasi tarkibida turlar soni ko‘p va faunaga xos 
xususiyatlar bu yerdagi qator iqlimiy omillar bilan belgilanadi. Doimiy 
yuqori harorat, nam va quruq mavsumning keskin o‘rin almashinuvi 
fauna tarkibi va dinamikasini boshqarib turadi. Quruq mavsumning
2-5 oygacha davom etishi, deyarli barcha turlarda hayotiy sikllaming 
(ko‘payish davrining nam mavsumga to ‘g‘ri kelishi, qurg‘oqchilik 
davrida aktivlikning to iiq yoki qisman to‘xtashi, noqulay quruq 
mavsumda hayvonlaming migratsiya qilishi) kechishini boshqaradi.
Endemiklarga tipratikanlarga qarindosh boig an gimnurasimonlar 
misol boiadi. Bulardan yirik (deyarli 50 sm) oddiy gimnur nisbatan 
keng tarqalgan. Bu yerda maymunlar (makak, gibbonlar va chala 
maymunlardan tupay) ko‘plab uchraydi. Xuddi shunday karkidonlar 
va fillar ham bu hudud uchun xos. Boshqa sutemizuvchilardan bam- 
buk o‘rmonlarida yashaydigan yenotlarga kimvchi kichik panda, anti­
lopalardan echkilarga o‘xshash b o ig an goral va takin hamda may da 
bug‘u elafodus xarakterli turlar hisoblanadi.
Hindi-Xitoyda o ‘ziga xos omitofauna shakllangan. Ayniqsa, 
tovuqsimonlardan qirg‘ovullar ko‘p. Qirg‘ovullardan arguslar en 
demik sanaladi. Bankiv tovuqlari ham endemiklardan b o iib , hozir- 
cha ko‘p sonda saqlanib kelmoqda. Bu yerda Palearktikadan kelib 
chiqqan qaychitumshuqlar, qizilbosh chumchuqlar va boshqalami 
uchratish mumkin.
0 4 va barglaming yigilishidan shakllangan xazonlar saprofaglar- 
dan tashkil topgan ko‘plab umurtqasizlaming yashashi uchun qulay 
lik yaratagan.
Malayziya hududi Malakk yarim oroli, Katta Zond orollari va 
Filippin arxipelagini egallaydi. Iqlimi nam tropik b o iib , asosiy 
o ‘simlik qoplamlarini nam o ‘rmonlar (gileya) tashkil etadi, floristik 
tarkibida turlar soni juda ko‘p.
110


Hududning ko‘pchilik qismi orollardan tashkil topganligiga qara 
may, bu joydagi fauna materik xususiyatiga ega. Bu esa ushbu hudud 
ning yaqin o‘tmishda materik bilan aloqada bo‘lganligidan dalolatdir.
Sutemizuvchilardan targ‘il tapir, ikki turdagi karkidon (Sumatra 
va yava karkidonlari), fil va banteng buqasi kabilar xarakterli. 
Yirtqichlardan viverralar oilasining ko‘pgina turlari uchraydi 
(binturonglar, sivettalar, mangustlar). Mushuksimonlardan qoplon va 
yo‘lbarsni qayd qilish mumkin. Primatlardan gibbonlar, orangutanlar 
va Kalimantanda esa martishkalaming ajoyib vakili sanalgan burun- 
dor maymun uchraydi. Malakk va Sumatrada endemik yirik gibbon 
siamong tarqalgan. Chala maymunlar turkumidan uzun tavonlilar 
oilasining 3 turi Sumatra, Kalimantan va Filippinda tarqalgan. Bu 
yerda olmaxonlar juda ко‘p.
Qushlaming zoofag turlari ancha xilma-xil va ular o ‘rmonlaming 
barcha yaruslarini egallagan bo‘lib, ayniqsa, hasharotlami ush 
lash qulay bo‘lgan yuqori yaruslarda ko‘plab uchraydi. Bularga 
pashshaxo‘r qushlar, drongalar, lichinkaxo‘rlar, trogonlar va qizilish- 
tonlami misol qilish mumkin. Ko‘k qarg‘asimonlardan bo‘zdoqlar 
va ko‘k targ‘oqlar keng tarqalgan. Ko‘k targ‘oqlaming ayrim tur­
lari suv havzalarida baliq va boshqa suv hayvonlari bilan oziqlansa, 
ko‘pchiligi suvdan ancha uzoqda kaltakesaklar, mayda kemiruvchilar 
va hasharotlar bilan oziqlanadi. Oziqa tarkibining asosi o‘simliklardan 
tashkil topgan qushlarga karkidon qushlar, kaptarlar, qirg‘ovullar va 
tovuslami misol qilish mumkin. Qushlaming endemik turlari Kali 
mantan orolida nisbatan ко‘p.
Sudralib yumvchilardan uchuvchi ajdarlar, echkemarlar, yirik 
yassidumli gekkon va boshqalar uchraydi. Daraxtlarda yashashga 
nisbatan turli moslanishlami yirik yassidumli gekkon, bronza ilon 
lari, o‘tkir boshli ilonlar, pitonlardan to‘rsimon piton va boshqalarda 
yaqqol kuzatish mumkin. Qora ilonlar kam va ulardan keng tarqal­
gan zanjirli qora ilon o‘ziga xos baland vishillashi, o ‘tkir zahari bilan 
ajralib turadi. Timsohlardan gavialsimonlar va boshqalar uchraydi.
I l l


Amfibiyalardan eshkak oyoqlilar ko‘pchilikni tashkil etadi. Ular- 
dan ayniqsa, old va orqa oyoqlaridagi barmoqlari orasida keng par- 
dalari bo‘lgan va ular yordamida sakrashga moslashgan uchuvchi 
baqalar keng tarqalgan.
Umurtqasizlar orasida asosiy o‘rinlardan birini termitlar egallaydi. 
Ular nam tropik o‘rmonlarda katta massadagi o ‘simlik qoldiqlarini 
qayta ishlash va minerallashtirishda muhim ahamiyatga ega. Mazkur 
jarayon bu yerdagi nematodalar, kanalar, qo‘ng‘izlar, o‘simlik bitlari, 
ko‘p oyoqlilar va megaskoletsidlar faoliyatida ham kuzatiladi.
Filippin arxipelagi faunasi tipik orol xususiyatiga ega b o iib , un 
dagi turlar soni Zond orollariga nisbatan kam boiadi. Filippin arxi 
pelagida uchrovchi endemiklarga mindor buyvoli, bir necha turdagi 
bug‘ular, Filippin junqanoti va Filippin uzuntovonini misol qilish 
mumkin. Bu yerda bir necha turdagi viverralar hamda primatlardan 
barcha orollarda tarqalgan krabxo‘r maymunlar uchraydi. Faunaning 
Avstraliya faunasi bilan munosabatlari xas tovuqlar, kakadu va lori 
toiilari misolida yaqqol namoyon boiadi.

Yüklə 352,6 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin