F. R. Xolboyev, D. A. Azimov, E. Sh. Shernazarov z o o g e o g r a f I y a


Palearktika oblasti faunasining xos turlari: 1-gen-



Yüklə 352,6 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə76/92
tarix25.12.2023
ölçüsü352,6 Kb.
#195941
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   92
Palearktika oblasti faunasining xos turlari: 1-gen-
etta; 2-muflon; 3-lan bug'usi; 4-oqbosh qumoy; 5 - k o ‘k z a g iz g 'o n ;
6-m a rva rid kaltakesak; 7 -grek toshbaqasi; 8-protey; 9—
g ‘o r sala-
mandrasi; 10-arxon kapalagi; 11-fenek tulkisi; 1 2-izabell ipakqurti.
131


14-rasm. 
Palearktika oblasti faunasining xos turlari: l-k a tta
qumsichqon; 2 -k a tta qo ‘shoyoq; 3-ingichka barm oqli yumronqoziq;
4-xaus; 5 -q o r qoploni (ilvirs); 6-arxar; 7-jayron; 8-yak; 9 -su v
bulduruq; 10-ular; 11-quloqli yum aloqbosh; 1 2 - k o ‘Ivor ilon;
13—kurakburun; 14-sternodes qo'ng'izi.
132


Yevropa-Sibir hududining tabiiy sharoiti va faunistik xususiyatla- 
rini uning landshaft mintaqalari orqali tavsiflash maqsadga muvofiq.
Tundra mintaqasi. M azkur mintaqa tipik tundrani, y a’ni Shimoliy 
Muz okeanining qirg‘oq qismini va ayrim orollami hamda o ‘rmon 
tundrani egallaydi. Tundraning o ‘simlik qoplami tarkibida 800 tur 
atrofida moxlar va lishayniklar uchraydi va ular gulli o ‘simliklarga 
k o ‘ra (200-300 tur) ancha ustunlik qiladi. 0 ‘simliklar qoplamining 
o ‘ziga xos yashash shakliga egaligi bu yerda tuproq hayvonlarining 
(chuvalchanglar, hasharot lichinkalari va boshq.) yashashi uchun 
qulaylik yaratadi.
Sutemizuvchilar kamchilikni tashkil etadi. Tuyoqlilardan shimol 
bug‘usi, yirtqichlardan pessa (Alopex lagopus) uchraydi. Pessalar- 
da mavsumiy demorfizm shakllangan, ular qishki k o ‘chish davrida 
Shimoliy Muz okeanining orollarigacha yetib borishadi. Asosan lem 
minglar bilan oziqlanadi. Oq ayiqlar, gomostay oqsuvsar, latcha, 
rosomaxa kabi yirtqichlar ham tundra uchun xos turlardan sanaladi. 
Rosomaxa o‘lgan shimol bug‘ulari bilan oziqlanish yoki kasalmand 
va yarador hayvonlami ovlash orqali muhim sanitarlik vazifasini ba 
jaradi.
Kemimvchilardan nisbatan tipik hayvonlar qatoriga lemminglami 
(Lemmus avlodi) kiritish mumkin (Norvegiya lemmingi - L. lem- 
mus va ob lemmingi - L. obensis). Bu turlar muayyan vaqt oralig‘ida 
juda ko‘p sonda bolalashi va qisqa muddatda uzoq migratsiya qilishi, 
bunda daryolar va hatto dengizlaming tor bo‘g ‘ozlarini kechib o ‘tishi 
mumkin.
Tundra m intaqasida um urtqalilar m assasining asosini qushlar 
va asosan, hayoti suv havzalari bilan b o g ‘liq b o ig a n turlar tashkil 
etadi. U lam ing asosiy qismi bu yerga yilning iliq mavsum ida uya- 
lash uchun uchib kelishadi. Yoz oylarida yovvoyi g ‘ozlar, kichik 
oqqush, tuleslar va boshqa balchiqchi qush turlari uchraydi. Hayoti 
suv havzalari bilan b og‘liq b o ‘lmagan turlardan oq kaklik, tundra 
kakligi, oq yoki qutb yapaloqqushi, shumkar va boshqalarni misol 
qilish mumkin.
133


Chuchuk suv baliqlaridan losossimonlar keng tarqalgan b o ‘lib, 
tipik turlarga semga, goletslar, sigalar, xariuslar misol b o iad i. 
Cho‘rtan, olabug‘a va tovonbaliqlar ham bu mintaqa uchun xos tur- 
lardir.
Umurtqasizlar faunasidagi turlar soni kam va o ‘zaro o ‘xshash. 
Biomassasi jihatidan eyzeniya y o m g ir chuvalchangi birinchi o ‘rinni 
egallaydi. Tundrada b o ‘g ‘imoyoqlilar boshqalarga nisbatan keng 
tarqalgan b o iib , ularga mayda qalqonli kanalar, birlamchi qanotsiz 
hasharotlar, qonxo‘r pashshalar, chivinlar, tukli arilami misol qilish 
mumkin. Kunduzgi kapalaklar kam. Perlamutrovkalar nisbatan k o ‘p 
uchraydi.
Arktika qirg‘og‘ida dengiz qushlari hayvonot dunyosining alohida 
guruhini tashkil etadi. Uya qurishda qush bozorlarini hosil qiluvchi 
bunday turlarga kayra, baliqchi moyevkalar, tupiklar, chistiklar, po 
m om iklar kabi turlami misol qilish mumkin.
Tayga mintaqasi. Bu mintaqa nina va mayda bargli o ‘rmonlardan 
iborat Atlantikadan Tinch okeanigacha b o ig a n keng yaxlit polosani 
egallovchi hududni o ‘z ichiga oladi. Hayvonot olami tarkibidagi tur­
lar soni tundraga nisbatan ancha ko‘p va bu holat o ‘rmonlaming k o ‘p 
yamstliligi, ozuqaning m o ilig i va iqlimiy xususiyatlarning nisbatan 
qulayligi bilan tushuntiriladi.
Tayga mintaqasi uchun o ‘rmon suvsari, norka, qora sassiqqo‘zan, 
sobol, letyaga, o ‘rmon lemmingi, burunduk (olasichqon) kabi turlar 
tipik turlar sanaladi. Q o‘n g ‘ir ayiq, kosulya, suv qunduzi, oddiy ol 
maxon, belyak tovushqoni, rosomaxa va boshqalar ham bu mintaqada 
uchrab turadi.
Tayga qushlari boshpana va oziqa sifatida o ‘rmon va botqoq for- 
matsiyalarini tanlashadi. Tovuqsimonlarga mansub b o ig a n karqur bu 
joylar uchun xos turlardan biridir. Bulduruq, qaychitumshuq, bo‘zdoq, 
qarag‘ay qarg‘a, kuksha, sviristel, oqqush qorayaloq, vyurok, chittak, 
burgut, paxmoq oyoqli yapaloqqush, uzun dumli pungqush, uch bar- 
moqli qizilishton, churrak, katta cherag, qoratamoq gagara kabi turlar 
ham ushbu hudud uchun xos.
134


Bu yerda hukmron b o ‘lgan sovuq iqlim reptiliya va amfibiyalar- 
ning uchrashini cheklaydi va shu sababli bu yerda ular kam sonda 
uchraydi. Bularga tirik tug‘uvchi kaltakesak (Lacerta vivipara), o ‘tkir 
tumshuqli baqa (Rana terrestris) va triton (Triturus vulgaris)ni misol 
qilish mum kin. Tayganing chuchuk suv baliqlari tundra baliqlariga 
o ‘xshash b o ‘lib, ixtiofauna tarkibidagi turlar soni sig (Coregonus) 
baliqlari hisobiga ko‘paygan.
Bu yerdagi o ‘simlikxo‘r hasharot turlarining aksariyati ochiq 
urug‘li daraxtlarda yashaydi va ular ommaviy ko‘payish davrida da 
raxtlarga jiddiy zarar yetkazadi. Bunday hasharotlarga monashenka 
ipak qurti (Ocneria monacha), qarag‘ay ipak qurti (Dendrolimus pini) 
va boshqalami misol qilish mumkin. Taygada daraxtlaming p o ‘stlog‘i 
bilan oziqlanadigan qo‘ng‘izlar ham k o ‘pchilikni tashkil etadi. Qon 
so ‘ruvchi pashshalar, mayda chivinlar, eshakqurtlar ham uchraydi, 
ular hayvonlar va odamga yopishib qiyinchiliklar tug‘diradi.
Bargli o ‘rmonlar mintaqasi. Mazkur mintaqa keng bargli 
o ‘rmonning g ‘arbiy massivlarini egallab, Yevropada va qisman G ‘arbiy 
Sibirda tayga va o ‘rmon dasht mintaqasi oralig‘ida polosa shaklida 
joylashadi hamda o ‘rmon va o ‘tchil mintaqalar oralig‘idagi o'tkinchi 
mintaqa sanaladi. M o4adil kengliklardagi keng bargli o ‘rmonlar k o ‘p 
yarusli va boy jam oaga ega. Floristik tarkib taygaga qaraganda xilma- 
xil va unda eman, jo ‘ka, shumtol, zarang, qora qayin (buk) kabi turlar 
k o ‘pchilikni tashkil etadi. Bu kabi o ‘rmonlarda urug‘ bilan oziqla­
nadigan hayvonlar hamda xazon bilan oziqlanadigan pedobiontlar 
(yom g‘ir chivalchanglari, ikki qanotlilar va qo‘n g ‘izlaming lichinka- 
lari, mayda nematodalar) keng tarqaladi. Hasharotlar hasharotxo‘r 
qushlar va boshqa hayvonlami jalb etadi.
Keng bargli o ‘rmonlaming faunasi tarkibida turlar soni juda k o ‘p. 
Bu mintaqada sutemizuvchilardan o ‘z arealida k o ‘p kenja turlami ho 
sil qiluvchi asl bug‘u, kosulya, yovvoyi cho‘chqa, qadimdan yashab 
kelayotgan zubr uchraydi. Zubrlaming katta b o ‘lmagan populatsiyasi 
ayni vaqtda Rossiya, Beloms va Polshadagi qo‘riqxonalarda saqlanib 
qolgan.
135


Yirtqichlardan yaqin yillargacha yovvoyi o ‘rmon mushugi (Felis 
silvestris) tipik tur sanalgan. Endilikda bu tur kamayib ketgan va 
arealining ayrim joylarida esa butunlay y o ‘qolgan. Bo‘ri, tulki, 
bo‘rsiq, qora sassiqqo‘zan va Yevropa norkasi kabi turlar ham ushbu 
mintaqa uchun xos turlardan sanaladi.
Bu yerda kemiruvchilar juda ko‘p. Ayni vaqtda rusak tovushqoni 
(Lepus europaeus) keng bargli o ‘rmon mintaqasi orqali shimolga tar­
qalib, belyak tovushqonini siqib chiqarmoqda. Bu holat o ‘rmonlaming 
kesilishi natijasida ochiq maydonlami tanlaydigan rusak tovush 
qoni uchun qulay sharoit yaratilayotganligi bilan bog‘liq. Bargli 
o ‘rmonlar uchun aynan xos b o ‘lgan turlarga sonyalar (bog‘ sonyasi, 
o ‘rmon sonyasi)ni misol qilish mumkin. Ularning barchasi tunda ha- 
yot kechirishga va qishda uyquga ketishga moslashgan bo‘lib, turli 
yong‘oqlar va mevalar bilan oziqlanadi. Hayoti suv bilan b o g iiq , 
daraxt p o ‘stlog‘i va novdasi bilan oziqlanuvchi suv qunduzi (Castor 
fiber) arealining asosiy qismi ham ushbu mintaqada joylashgan. Turli 
sichqonlar, tipratikan va rus suv kalamushlari ham mazkur mintaqa 
uchun xos.
Keng bargli o ‘rmonlardagi xilma-xilligi oshib borayotgan turlarga 
qushlami misol qilish mumkin. U lar qatoriga qizilishtonlarning bir 
necha turlari, govkaptar, klintux, g ‘urrak, pungqush, sog‘ (ko‘rqush), 
arixo‘r qush, pakana burgut, ilonxo'r burgut, miqqiy, o ‘rmon to ‘rg‘ayi, 
qizil boshli qarqunoq, sayroqi qorayaloq, qorayaloq, bulbul, zaryanka, 
penochka-treshotka, lazorevka (chittak), boltatumshuq, ko‘k chum- 
chuq, zarg‘aldoq, g o ‘ng qarg‘a, ola va qora qarg‘a, zog‘cha kabilami 
kiritish mumkin.
Xuddi shunday hozirgi paytda bu mintaqada reptiliya va amfibi- 
yalaming ham xilma-xilligi va zichligi yildan-yilga oshib borayot 
ganligi qayd etiladi. Botqoq toshbaqasi (Emys orbicularis) keng tar- 
qalishga ega. Kaltakesaklardan yashil kaltakesak (Lacerta viridis), tez 
kaltakesagi (Lacerta agilis), urchuqsimon kaltakesak (Anguis fragi- 
lis) uchraydi. Oyoqsiz kaltakesaklarga mansub urchuqsimon kaltake­
sak suv shilshiqlari va hasharotlaming lichinkalari bilan oziqlanib,
136


foyda keltiradi. Ilonlardan qora ilon, chipor ilonlar uchraydi. Am 
fibiyalardan daraxt baqasi, jerlyanka (Bombina), povituxa qur- 
baqasi (Alytes obstericans), hovuz (Rana esculenta) va k o ‘l (Rana 
ridibunda) baqalari uchraydi. Povituxa qurbaqasining erkaklari 
urg'ochisi q o ‘ygan tuxum larni itbaliqlar chiqqunga qadar o ‘zining 
sonida olib yuradi.
‘ Chuchuk suv baliqlaridan osetrsimonlar (nemis osetri, beluga, 
sterlyad) hamda karpsimonlar (gustera, plotva, lesh, golavl, Yevropa 
gorchagi va boshq.) uchraydi.
Umurtqasizlardan hasharotlaming xilma-xilligi yuqori dara 
jada emas. Kapalaklardan perlomutrovkalar, satirlar, qo‘ng‘izlardan 
o ‘tloq sassiq qo‘ng‘izi, bug‘u qo‘n g ‘izi, m o‘ylovdor qo‘ng‘iz, uzun 
tumshuqlar, ko‘p sonli bargxo‘r qo‘ng‘izlar uchraydi.
Keng bargli o‘rmon mintaqasi faunistik prinsip b o ‘yicha ikkita, 
ya’ni G ‘arbiy Yevropa va Sharqiy Yevropa provinsiyalariga ajratiladi. 
M azkur provinsiyalar faunalari orasidagi farq quyidagilarda namo­
yon bo‘ladi. G ‘arbiy Yevropa provinsiyada kosulya, o ‘rmon mushugi, 
kichik burgut, g ‘arb sori, sipuxa, qizilbosh qarqunoq, kanareyka 
simon vyurok, oqbo‘yin pashshaxo‘r, olachipor salamandra, po 
vituxa qurbaqasi, nemis baqrasi va ko‘pgina endemik hasharotlar 
uchraydi. Sharqiy Yevropa provinsiyasi aralash faunaga ega b c ‘lib, 
ayrim G ‘arbiy Yevropa provinsiyasiga xos turlar va hatto Sibir fauna 
elementlari ham bu yerga kirib keladi. Sharqiy Yevropa provinsiya 
sida vixuxol (suv kalamushi), elik (yovvoyi echki), qora kalxat, sharq 
bulbuli va tegishli hasharot turlari uchraydi.
0 ‘rmon-dasht o‘tkinchi polosa va o ‘rmon mintaqasini ochiq dasht 
mintaqasidan ajratib turuvchi kenja mintaqa sifatida bir qator xususi- 
yatlari bilan ajralib turadi. Bunday xususiyatlar chegara effekti sifa 
tida uning fauna tarkibida ham namoyon b o ‘ladi.
Dasht mintaqasi. Mazkur mintaqa inson ta’sirida o ‘z qiyofasini 
butkul o ‘zgartirgan. Dasht mintaqasi Venger pasttekisligidan boshlab 
Sibirdagi Barabin pasttekisligigacha bo‘lgan maydonda tor polosada 
joylashgan. Qora dengiz qirg‘og‘i, Qrim va Kavkaz to g ia ri hamda
137


Qozog‘iston va 0 ‘rta Osiyoning chala cho‘l va cho‘llari dasht min- 
taqasining janubiy chegarasini tashkil etadi.
Dasht faunasi 
birinchi navbatda haqiqiy o‘rmon turlarining 
yo‘qligi bilan xarakterlanadi. Hayoti daraxtlar bilan bog‘liq b o ig an
ayrim mezofil guruhga mansub turlar - daryolar bo‘yidagi qayir 
o ‘rmonlarda, o‘rmon soylarida va shu kabi joylarda uchraydi.
Sutemizuvchilardan tuyoqlilar inson ta’sirida ayni paytda dasht 
lardan to iiq siqib chiqarilgan. Ammo bir paytlar bu joylarda yov 
voyi otlar (tarpan)ning yirik to‘dalari, sayg‘oqlar, yovvoyi buqalar 
(tur) yashagan. Yirtqichlardan evritop bo‘ri va tulki hamda dasht 
sassiqqo‘zani, bir necha turdagi yumronqoziqlar va ba’zan Yevropa 
dashtlaridagi eng yirik kemiruvchi baybak yoki dasht sug‘uri (Mar- 
mota bobak), qo‘shoyoqlar, yumronqoziqlar, ko‘rsichqonlar, rusak 
tovushqonining alohida g ‘arbiy kenja turi, oddiy tipratikan, quloqli 
tipratikan va boshqalar uchraydi.
Dashtlar omitofaunasi tarkibida keng tarqalgan evritop turlardan 
tashqari, bu mintaqa uchun tipik boig an boshqa turlar (kul rang kak- 
lik, bedana, tuvaloq, bizg‘aldoq, go‘zal tuma, dasht burguti, dasht 
bo‘ktargisi, dasht miqqiysi, tilla rang bo‘zdoq, sassiqpopishak) ham 
uchraydi. Ayniqsa, to‘rg‘aylaming bir necha turlari (so‘fito‘rg‘ay, dala 
to‘rg‘ayi, kichik va qora to‘rg‘ay) keng tarqalgan.
Reptiliyalardan yirik chipor ilonlar va ayniqsa, 2 metrgacha yeta- 
digan sariq qorinli chipor ilon (Coluber jugularis), dasht qora iloni, 
amfibiyalardan ko‘l baqasi va yashil qurbaqa uchraydi.
Qora va Kaspiy dengizlari chuchuk suv ixtiofaunasi keng bargli 
o ‘rmon mintaqasidagi havzalar ixtiofaunasi bilan o‘xshash. Bu joy 
uchun asosan baqrasimonlar xarakterli.
Dasht mintaqasi umurtqasizlar faunasiga quyidagilami misol qilish 
mumkin: solpug, biy, qoraqurt, xilma-xil chigirtkalar, beshiktevratar- 
lar, suvaraklar, qora qo‘ng‘iz, tilla qo‘ng‘iz, m o‘ylovdor qo‘ng‘iz, 
sassiq qo‘ng‘iz, tunlam kapalaklar, bir necha turdagi chumolilar. Yer 
usti mollyuskalarining 71 turi uchraydi.
138


. Dashtlar landshafit tipi sifatida hayvonlaming faol ishtiroki nati- 
jasida shakllangan. Bu, birinchi navbatda, tuproq hosil bo‘lishi bilan 
b o g iiq bo‘lib, bu jarayonda yomg‘ir chuvalchanglari, hasharotlar, 
o ‘rgimchaklar va kemimvchilar ishtirok etgan.
Sharqiy Sibiming tundra mintaqasida sutemizuvchilardan lem 
minglaming o ‘ziga xos kenja turi, sariq qorinli lemming, dumsiz 
shimol sichqoni, qoraqalpoqli sug‘ur (Marmota camschatica), uzun 
dumli yumronqoziq, oq ayiq va bo‘ri uchraydi. Qushlardan katta g‘oz 
(Anser canagicus), oq g‘oz (A. coerulescens), qora kazarka (Branta 
bemicia), dutish-moshak (Calidris melanotus) mazkur mintaqaga 
xos.
Yevropa-Sibir hududiga tegishli b o ig a n Sharqiy Sibiming tay 
ga mintaqasidagi katta maydon daur tilog‘ochidan tashkil topgan 
o ‘rmonlar bilan qoplangan. Fauna tarkibida maral bug‘usi, los, shi 
mol bug‘usi, kabarga, sobol (suvsar)ning kenja turlari, kolonok, si- 
lovsin, burunduk (olasichqon), lemminglar, olmaxon, letyaga, krot, 
daur tipratikani, bir necha turdagi endemik buramatishli yerqazar­
lar, omitofauna takibida esa tosh qarqur, kakliklardan dikusha, Sibir 
to‘rg‘ayi, kul rang snegir, pushti chechevitsa, Sibir pashshaxo‘ri va 
boshqalar uchraydi. Sharqiy Sibir taygasida sovuq iqlim tufayli am 
fibiya va reptiliyalar juda kam tarqalgan. Bularga Sibir burchaktishlisi 
yoki to ‘rt barmoqli triton, oddiy qurbaqa, qora dasht iloni, qalqon 
tumshuq ilon va tirik tug‘uvchi kaltakesaklami misol qilish mumkin. 
Chuchuk suv baliqlari orasida Baykalga xos endemik oilalar (golom- 
yankalar, bichoklar) mavjud. Baykalda golomyankalaming 2 ta, 
bichoklaming esa 24 turi uchraydi. Bundan tashqari, Sharqiy Sibir 
daryolarida chukuchan, keta, gorbusha, chavicha, nerka va semga 
kabi turlar uchraydi.
Ushbu hududga tegishli boig an yirik tog‘ tizmalari (Oltoy tiz- 
malari) landshaftlaming zonalliligini buzadi va faunistik inversiyaga 
(odatdagidan boshqacha tarqalish) olib keladi. Mazkur tog‘ tizmala- 
rining alp mintaqalari o‘zining o‘simliklari bilan tundra mintaqasiga 
o‘xshaydi.
139


Hududning janubidagi baland tog‘larda argali qo‘yi (Ovis ammon) 
uchrasa, uning sharqiy qismida esa qor qo‘yi yoki chubik (Ovis 
canadensis) uchraydi. Tog‘ echkisi (Capra sibirica) yuqorida qayd 
etilgan rayonlardan tashqari, 0 ‘rta Osiyo, Afg‘oniston va Shimoli- 
g‘arbiy Xitoy tog‘larida ham tarqalgan.
Qadimgi 0 ‘rta Yer hududi. Shimoliy tropikning shimolida joy lash 
gan bo‘lib, 0 ‘rta Yer dengizini o ‘rab olgan hamda 0 ‘rta Osiyo va 
Markaziy Osiyo tarkibiga kiruvchi arid va subarid hududni o ‘z 
ichiga oladi. Uning tabiiy sharoiti iqlimining quruqligi bilan bog‘liq 
holda shakllangan bo‘lib, yog‘inlar asosan yilning sovuq mavsumida 
kuzatiladi, yozi esa quruq bo‘ladi. Bunday sharoit Shimoliy Afri 
kadan to Markaziy Osiyogacha bo‘lgan keng polosada cho‘llaming 
rivojlanishiga sabab bo‘lgan.
Ushbu hududning g‘arbida ( 0 ‘rta Yer dengizi atrofidagi davlatlar) 
doimiy yashil, qattiq bargli o ‘rmonlar shakllangan. Janub va sharqiy 
qismida kserofil chala butalar va daraxtsimon (saksovul, qum akatsi- 
yasi) o‘simliklar bilan egallangan chala cho‘llar va cho‘llar uchray­
di. 0 ‘simliklar orasida efemeroidlar (kavraklar, lolalar, piyozlar, 
qo‘ng‘irboshlar) va efimerlar uchraydi. Relyefida tog‘lar va pastqam- 
liklaming navbatlashib joylashuvi bu yerda o ‘simliklaming juda xil 
ma-xil bo‘lishiga imkon yaratgan va bu holat hayvonot dunyosining 
tarqalishida ham o‘z aksini topadi. Bu yerda hayoti ochiq landshaftlar 
bilan bog‘liq turlar ko‘pchilikni tashkil etadi.
Sutemizuvchilardan selevinalar va qo‘shoyoqlar oilasi, juda 
ko‘p qumsichqonlar, kemiruvchilardan ko‘rsichqonlar, viverra 
simonlar, gienasimonlar, mushuklar (dasht mushugi, qum mushugi, 
mamil, qoraquloq), tuyoqlilardan eshaklar, tog‘ qo‘ylari, antilopalar, 
qo‘lqanotlilar va boshqalar uchraydi.
Omitofauna tarkibida bulduruqlar, tuvaloqlar, to‘rg‘aylar, cho‘l 
soykalari, kanareykasimon vyurok (uy kanareykalarining avlod 
boshisi), ispan chumchug‘i, qarqunoqlar, moyqutlar, toshsirchum- 
chuqlar, tasqaralar, tog‘ kakliklari, qizil g ‘oz va saqoqushlar kabi tur­
lar uchraydi.
140


Qadimgi 0 ‘rta Yerda reptiliyalar faunasi tarkibida turlar soni ancha 
ko‘p. Bularga gekkonlar oilasi, agamalar, yumaloqboshlar, haqiqiy kal 
takesaklar, sariq ilon, suv ilonlar, chipor ilonlar (eskulap chipor iloni, 
uning idishga o‘ralgan tasviri tibbiyotda emblema sifatida foydalanil 
gan), qum bo‘g‘ma iloni, dasht qora iloni, Kavkaz qora iloni, koivor 
ilon, charx ilon, kapcha ilonlar va ko‘r ilonni misol qilish mumkin.
Amfibiyalardan dumlilar turkumiga mansub Yevropa proteyi, 
haqiqiy salamandralaming bir necha avlodlari, tritonlaming endemik 
avlodlari, dumsiz amfibiyalardan Suriya va ispan chesnochnitsalari, 
Kavkaz orti va Kichik Osiyo baqalari va qurbaqalar tarqalgan.
Daryolar va ko‘llarda chuchuk suv baliqlari ko‘p. 0 ‘rta Yer den 
gizida tropik baliqlardan karptishlilar (afanilar, sixiidlar) uchraydi. 
Umuman, bu yer uchun karpsimonlar, losossimonlar, baqrasimonlar 
(sevryuga, baqralar, soxta kurakburunlar) va laqqalar xos.
Umurtqasizlar tarkibida issiqsevar janub guruhlariga mansub turlar 
ko‘pchilikni tashkil etadi. Bu yerda janubdan kirib kelgan tropik gu 
ruhlar, ya’ni chayonlar, solpuglar, tarantullar va boshqalar uchraydi. 
Hasharotlaming ko‘pgina tipik avlodlari Qadimgi 0 ‘rta Yer dengiziga 
xos bo‘lib, ularga kapalaklardan (Zerynthia), qo‘ng‘izlardan (Bros- 
cus, Duvalius, Pimelia,'Lethrus, Dorcadion, Lachnaia va Stylosomus) 
kabilar tegishli.
Qadimgi 0 ‘rta Yerda 0 ‘rta Yer dengizj ,v^ Saxar-Cj^biy гауопЦр 
farq qilinadi.
0 ‘rta Yer dengiziga Janubiy Yevrppaning jtogii rayonjari (Pireney, 
Apennin va Balqon yarim orollari), Afrikaning shjrnoH (Aljir, Tunis va 
Marokkoning to g ii qismi) hamda Kichik Osiyo va Yaqin Sharqning 
0 ‘rta Yer dengiziga tutashgan qismlari tegishli. 0 ‘rt^ Yer dengizi 
asosan o‘rmonlar bilan qoplangan.
Sutemizuvchilardan Ovis avlodi (mufionlar), lan (Cervus dama), 
viverralar, mayda mushuklar, ayiqlar, pireney vixuxoli (Calemus 
pyrenaica) xarakterlidir.
Qushlardan zangori zag‘izg‘on (Cyanopica cyanea), Petronia av- 
lodiga mansub chumchuqlar, kanareykasimon vyuroklar, moyqutlar,
141


kurgalak, toshsirchumchuq, to‘qay bulbuli, marmar churrak, tasqara 
lar, jo ‘rchilar, oqbosh qumoy, qizil g ‘oz va saqoqushlar uchraydi.
Reptiliyalardan toshbaqalar, xameleonlar, ko‘pgina gekkonlar, 
agamalar, ssinklar, haqiqiy kaltakesaklar, sariq ilon, suv ilonlar, chi 
por ilonlar va haqiqiy qora ilonlar tipik turlar qatoriga kiradi. Amfibi 
yalarga Yevropa proteyi va g‘or salamandralarini misol qilish mumkin.
Umurtqasizlar faunasi tarkibida turlar soni ко‘p. Kapalalar ora 
sida endemiklari ko‘p, ularga kavalerlar (Papilio hospiton, Zerynthia 
rumina, Archon apollinus) hamda blyankalar (Pieris atlantica, Euch- 
loe belimnia, Anthocharis belia, Gonepterus cleopatra)ni misol qi­
lish mumkin. Qo‘ng‘izlar orasidagi endemiklarga Carabus avlodiga 
mansub yirik sassiq qo‘ng‘izlar, qora qo‘ng‘izlar, go‘ng qo‘ng‘izlar 
kiradi. Bu yerda kelib chiqishi Efiopiyaga mansub bo‘lgan termitlar 
ham uchraydi.
Saxar-Gobiy g ‘arbda Saxaraning Atlantika sohilidan tortib, sharq- 
da to Alashan cho‘ligacha bo‘lgan juda katta maydonni egallaydi. 
Shunday qilib, uning chegaralari doirasiga to Marokkodan Misrga 
cha bo‘lgan Shimoliy va Markaziy Saxara, Sinay yarim oroli, Shi 
moliy Arabiston hamda Suriya, Palastin, Mesopotamiya, 0 ‘rta va 
Old Osiyo, Markaziy Osiyoning katta qismi, Kichik Osiyoning ichki 
qismidagi cho‘llar, Sharqiy va Janubi-sharqiy Kavkaz orti, Shimoliy 
va qisman G'arbiy Kaspiy oldi kiradi. Bu yerda tekislik, past tog'lik, 
yassi tog‘lik va alohida tog‘ tizmalaridan iborat landshaftlar cho‘lga 
xos xususiyat kasb etadi. Ammo to g ii o ‘lkalarda ekstromintaqal 
o‘simlik formatsiyalari ham ko‘p.
Saxar-Gobiyda sutemizuvchilardan mahalliy biotsenozlarda 
ihuhim rol o ‘ynovchi kemiruvchilar va tuyoqlilar tarqalgan. Bu yerda 
tuzilishi bilan olmaxonlarga o‘xshash, ammo yerda qazilgan uyalar- 
da yashaydigan Afrika yumronqoziq olmaxoni asl avlodining turlari 
va yumronqoziq olmaxonlarga qarindosh bo‘lgan, qumli cho‘llarda 
yashovchi ingichka barmoqli yumronqoziq uchraydi. Qo‘shoyoqlar 
tipik bo‘lgan turlar bo‘lib, cho‘l va chala cho‘llaming xususiy sha 
roitlariga yaxshi moslashgan. Ular tuproqqa va o ‘simlik qoplamlariga
142


kuchli ta’sir ko‘rsatishi va yirtqichlarga oziqa bo‘lib xizmat qilishi 
bilan cho‘l biotsenozlarida muhim ahamiyat kasb etadi.
G ‘arbdan sharqqa tomon sistematik tarkibning o‘zgarishi yuz 
beradi: Saxarada qo‘shoyoqlardan faqat bitta avlod, ya’ni qum 
qo‘shoyoqlarining (Jaculus) turlari uchrasa, 0 ‘rta Osiyo va Eron- 
da ularga yana taroq barmoqli, yo‘g ‘on dumli va paxmoq oyoqli 
qo‘shoyoqlar hamda yer tovushqonlari (Allactaga) qo‘shiladi. Marka­
ziy Osiyoda esa uch barmoqli pakana qo‘shoyoqlar (Salpingotus), 
uzun quloqli qo‘shoyoq (Euchoreutes naso) va pakana beshbarmoqli 
qo‘shoyoq (Cardiocranius paradoxus) va juda keng tarqalgan sakrov- 
chi_qo‘shoyoq (Allactaga saltator) ko‘pchilikni tashkil etadi.
Yirtqichlardan yo‘lbars ( 0 ‘rta Osiyoda 1940-yillarda yo‘qolib ket- 
gan), qor barsi (Tyanshan, Pomir-Oloy tog‘ larida kam sonda saqlanib 
qolgan), leopard (Afrika, Osiyoning janubiy yarmi va ba’zan 0 ‘rta 
Osiyoda uchraydi), mayda yovvoyi mushuklar (Felis) va gepard 
uchraydi. Viveralardan genetta (Genetta) va asalxo‘r (Mellivora 
capensis) tarqalgan. Asalxo‘r Janubiy va Markaziy Afrika, Old va 
0 ‘rta Osiyo hamda Hindistonda tarqalish arealiga ega. Mazkur tur 
Turkmanistonda ham tarqalgan va davlat muhofazasiga olingan. 
0
‘zbekistonda ham juda kam sonda hind asalxo‘ri tarqalgan bo‘lib, u 
0 ‘zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan.
Saxar-Gobiyda tulki, fenek, afg‘on tulkisi, qorsak, yo‘l-yo‘l sirtlon 
va antilopalaming 6 ta avlodiga mansub turlar (oq oriks, qilichshox- 
li antilopa, addaks, 3 turdagi gazellalar, jayron, orongo, sayg‘oq va 
boshq.) tarqalgan. Bu yerdagi tog‘ qo‘ylari va echkilari Shimoliy 
Afrika va Arabistondan tortib Tibetgacha bo‘lgan tog‘ tizmalarida 
uchraydi. Tog‘ qo‘ylaridan yolli qo‘y (Ammotragus lervia), muflon, 
arxar va argali kabi tog‘ qo‘yi (Ovis ammon)ning bir nechta kenja 
turlari uchraydi. Tog‘ echkilariga nubiy echkisi (Capra nubiana), be- 
zoarov echkisi (S. aegagrus), burama shoxli echki (S. falconeri) va 
sibir tog‘ echkisi yoki tog‘ takasi (S. sibirica)ni misol qilish mumkin.
Saxar-Gobiydagi tekislik va tog‘lar omitofaunasi o‘ziga xos tarqa 
lishga ega. C hoilar va shu kabi boshqa tekisliklarda xo‘jasavdogar,
143


bulduruqlar, tuvaloq, yo‘rg‘a tuvaloq, kakliklar, to‘rg‘aylar, c h o i 
qarqunogi, 
saksovul 
chum chugi, 
c h o i 
toshsirchumchugi, 
qirg‘ovullaming kenja turlari, ispan chumchugi, ingichka tumshuqli 
to‘qaychumchuq, buxoro chittagi, ko‘ktarg‘oqlar, ilonxo‘r burgut, 
jannat pashshaxo‘ri, ko‘k shaqshaq, soch, oq laylak, musicha va 
boshqalar keng tarqalgan. T ogii hududlarida esa Kaspiy ulari, Himo 
lay ulari, Tibet ulari, Alp zag‘chasi, klushitsa, qora tasqara, qumoy, 
boltayutar va boshqalar uchraydi.
Reptiliyalar faunasi tarkibidagi turlar soni Palearktikaning boshqa 
hududlariga nisbatan ko‘pligi bilan ajralib turadi. Bu yerda asosan 
kaltakesaklar va ilonlar keng tarqalgan. Ular orasida eng xarakterli- 
lariga gekkonlaming bir necha turlari, Eron eublefari, ssink gekkon 
lari, taroq barmoqli gekkon, agamalar, yumaloqboshlar, bo‘z echke- 
mar, ko‘rilon, bo‘g‘ma ilonchalar, aspidlar, qora ilonlar (dasht qora 
iloni, k o iv o r ilon, qum charxiloni), shaqildoq ilonlar, suvilonlar (chi­
por ilonlar, o‘q ilon) va boshqalami misol qilish mumkin.
Amfibiyalar faunasi tarkibida turlar soni kam. Ularga dumlilardan 
burchaktishlilami, salamandrani va tritonni, dumsizlardan baqalar va 
qurbaqalami misol qilish mumkin.
Chuchuk suv baliqlaridan Amudaryo va Sirdaryo endemiklari sanal 
gan Orol kurakburunlari (Sirdaryo kurakburuni, Amudaryo kichik 
kurakburuni, Amudaryo katta kurakburuni), Orol sulaymonbaligi, 
Amudaryo gulbaligi (forel), xariuslar, karpsimonlaming bir necha 
turlari, qumbaliqlar, mo‘ylovli baliqlar, xramulyalar, laqqalar, qora- 
baliqlar, yalangbaliqlar va boshqalar uchraydi.
Hasharotlaming tur tarkibi va zichligi yuqori hamda ular orasida 
endemiklar ko‘pchilikni tashkil etadi.
Zoogeografik jihatdan 0 ‘zbekistonning Palearktika oblastiga te- 
gishliligini hisobga olgan holda, quyida 0 ‘zbekistonning faunasi va 
uning muhofazasiga oid ayrim m aium otlam i berishni lozim topdik.
0 ‘zbekiston faunasi va uning muhofazasi. Har bir tirik orga 
nizm, jumladan, hayvon turlari tabiatning tarixan betakror va gene 
tik jihatdan yagona b o ig an boiagidir. Shu bilan bir qatorda, har bir
144


hududning hayvonot dunyosi tabiiy resurs sifatida uning moddiy va 
ma’naviy boyligi hamdir. Xuddi shunday 0 ‘zbekistonning hayvonot 
dunyosi ham o‘zining betakrorligi va ahamiyati bilan ajralib turadi.
Oxirgi ma’lumotlarga qaraganda, 0 ‘zbekistonda turlar bioxilma- 
xilligi 27000 dan oshadi. Shundan 15000 dan ortig‘ini hayvonlar tash­
kil etadi. Respublikamiz faunasidagi turlaming 714 tasi umurtqali, 
14000 dan ortig‘i umurtqasiz hayvonlar bo‘lib, umurtqalilaming 53 
turi (sudralib yuruvchilaming 30 turi, qushlaming 8 turi, sutemizuv- 
chilaming 15 turi), umurtqasizlaming 18 turi endemiklardir (5-jad- 
val).

Yüklə 352,6 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin